Nazariy tadqiqot (o’rganilayotgan jarayon va hodisaning, ya’ni muammoning nazariy jihatdan yechimini topishga bag’ishlangan ilmiy faoliyat jarayoni).
Nazariy tadqiqotda tadqiqot manbaini o’rganishning ilmiy-nazariy asoslari qaraladi va ilm- fanning tadqiqot manbaiga qo’llaniladigan tadqiqot usullari va vositalari yordamida olingan yangi, ya’ni hali ma’lum bo’lmagan qonuniyatlarini tahlil va sintez qilinadi. Nazariy tadqiqotning maqsadi o’rganilayotgan manbani, ularning turli aloqalarini to’liqroq, chuqurroq umumlashtirish ishchi farazga iloji boricha ko’proq bog’lanishdan iboratdir. Bunda ishchi faraz yanada takomillashtiriladi va tekshirilayotgan ma’lumot nazariyasini ishlab chiqishga imkon yaratiladi, ya’ni o’rganilayotgan muammoni yechimlarini topish tizimini yaratish imkoni topiladi. Bularning ichidan eng samarali yechimni topish esa tadqiqotchining ilmiy salohiyatiga bog’liq bo’ladi.
Amaliy tadqiqot (dastlabki aprior va asosiy tajribani o’tkazish).
Amaliy tadqiqot ilmiy tadqiqotning eng ko’p mehnat talab qilinadigan qismi bo’lib, u tadqiqotning xususiyati va bajarilish ketma-ketligi bilan uzviy bog’liqdir. Bu holda tajriba, tajriba- sinov ishlari nazariy tadqiqot natijalarini tasdiqlamog’i yoki rad qilmog’i lozim. Agarda o’tkazilgan tadqiqot natijalari ishchi farazni va rejalashtirilgan muammo yechimini rad qilsa, u holda tadqiqot olib borish tartibi o’zgartiriladi. Bunda natijalarni tahlil qilish (nazariy va tajribaviy tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish ham) qaraladi.
Natijalarni tahlil qilishda asosan nazariy jihatdan ilmiy asoslangan tadqiqot usullarini qo’llash natijasida olib borilgan uslubiyat hamda ularning amaliyotda joriy etishda qo’lga kiritilgan natijalarning tadqiqot maqsadi va ishchi farazga mosligi tahlil qilinadi, shuningdek, nazariy va amaliy tadqiqot natijalarining to’g’ri kelishligini baholash imkonini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |