Mavzu: ilmiy tadqiqot ishlarining samarali natijalarini amaliyotda qoʻllash


Download 55.89 Kb.
bet2/16
Sana22.02.2023
Hajmi55.89 Kb.
#1221615
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Ilmiy tadqiqot ishlarining samarali natijalarini amaliyotda qoʻllash

MAQSAD: Oliy o’quv yurtlarida magistraturani bitirib chiqayotgan mutaxassisni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, o’quv-tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalana oladigan qilib hamda o’zidagi pedagogik faoliyat mahoratini va ko’nikmalarini yanada takomillashtirish, rivojlantirish ustidagi faoliyatni ilmiy tashkil qilaoladigan qilib shuningdek, ularni mustaqil ilmiy – tadqiqot, ilmiy – pedagogik va kasbga doir boshqaruv faoliyatiga tayyorlash.
Bunday muhim muammoni (maqsadni) – amalga oshirish uchun mazkur fanni o’qitish davomida quyidagi VAZIFALAR yechimlari izlanadi:
bo’lajak mutaxassislarni ilm-fanning mohiyati, uni tashkil qilish va ularning jamiyatdagi o’rni bilan tanishtirish;
bo’lajak mutaxassislarga ilmiy xodim va ilmiy tadqiqot hamda ularning mazmun – mohiyati haqida tushuncha berish;
ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish, o’tkazish va ularning tajriba – sinov ishlari hamda ularning tahlili haqida tushuncha berish;
bo’lajak mutaxassislarni tanlangan mutaxassisligi bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarnini bajarishga, shuningdek, fan – texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlarini amaliyotda joriy etishga yo’naltirilgan kasb tayyorgarligiga ega qilish;
bo’lajak mutaxassislarning kasb vazifalarini avtomatlashtirish va kompьyuterda modellashtirish metodlarini, optimal yechimlar topishning ratsional usullarini topishni o’rgatish;
ilmiy tadqiqot ishlari olib borishda zamonaviy axborot tizimlaridan foydalanadigan innovatsion ta’lim texnologiyalar va interaktiv ta’lim usullaridan foydalanishni o’rgatish;
dissertatsiya tayyorlash va uni rasmiylashtirish hamda himoya qilish haqidagi ma’lumotlarni yetkazish.
“Ilmiy tadqiqot asoslari” fanining maqsadi: Oliy o’quv yurtlarida magistraturani bitirib chiqayotgan mutaxassisni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, o’quv – tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalana oladigan qilib hamda o’zidagi pedagogik faoliyat mahoratini va ko’nikmalarini yanada takomillashtirish, rivojlantirish ustidagi faoliyatini ilmiy tashkil qila oladigan, shuningdek, ularni mustaqil ilmiy – tadqiqot, ilmiy – pedagogik va kasbga doir boshqaruv faoliyatiga tayyorlash;
“Ilmiy tadqiqot asoslari” fanining vazifalari: bo’lajak mutaxassislarni ilm-fanning mohiyati, uni tashkil etish asoslari va ularning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati bilan qurollantirish asosida ularga ilmiy xodim, ilmiy tadqiqot va ular faoliyati mazmun – mohiyati haqida tushuncha berish; Ilmiy tadqiqot ishlari (ITI)ni rivojlantirish, tashkil etish, uyushtirish va ularning tajriba-sinov ishlari hamda ularning tahlili haqida tushuncha berish; bo’lajak mutaxassislarni tanlangan mutaxassisligi bo’yicha ITI ni bajarishga, shuningdek, ilm-fan va texnika-texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini amaliyotda joriy etishga yo’naltirilgan kasb tayyorgarligiga ega qilish; bo’lajak mutaxassislarning kasb vazifalarini avtomatlashtirish va kompьyuterda modellashtirish metodlarini, optimal yechimlar topishning ratsional usullarini topishni o’rgatish; ITI olib borishda zamonaviy axborot tizimlaridan foydalaniladigan innovatsion ta’lim texnologiyalari va interaktiv ta’lim usullaridan foydalanishga o’rgatish; dissertatsiya tayyorlash va uni rasmiylashtirish hamda himoya qilish haqidagi ma’lumotlarni yetkazish.
tadqiqotchi ITI ni boshlash va uni olib borish davomida yuqoridagi ifoda qilingan kurs maqsadidan foydalanish mumkin. Bu yerda umumiy maqsad qo’yilgan. Bunda tadqiqotchi o’z oldiga qo’yilgan muammoga qarab uning ma’lum (kerakli) qismidan foydalanish mumkin;
tadqiqotchi qo’yilgan muammo bo’yicha bajariladigan ishlar ketma-ketligi, algortmik tizimi, ya’ni ITI vazifalarini belgilab olishda yuqorida keltirilgan fanning vazifalarini asos qilib olishi mumkin va hattoki ushbu qismga tegishli innovatsion yondashuv qilishga ham harakat qilinsa yaxshi bo’lar edi.

Download 55.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling