Mavzu: Ilmiy tadqiqot metodologiya faniga kirish
Magistirlik dissertatsiyasini tanlash uchun xalq xo’jaligi ishlab chiqarishida dolzarb muammoni yoritish talab qilinadi. Buning uchun avvalo tanlab olingan yo’nalishni (UDK) tanlab olinadi. Tanlab olingan temaning so’zlari 14 so’zdan oshmasligi talab qilinadi (mavzular qisqa yozilishi talab qilinadi va ko’rib o’tilayotgan muammoga mosligi maqsadga muvofiq). Tanlab olingan tema bo’yicha albatta chuqur adabiyotlar sharhi bajariladi. Bunda barcha conferecelarda mavzuga oid ko’rilgan maqolalar, adabiyotlar avtori bilan qisqacha yoziladi, va bularning hammasi 2 ta yoki unda ko’proq slaydga kiritiladi.
Dissertatsiyaning qisqacha ma’nosi yoki anotatsiyasi 2 xil tilda bo’ladi. Undan so’ng quyidagi tartib talab qilinadi: Mundarija, kirish, asosiy qism (Boblar va bo’limlar keltiriladi, 3 ta bob bo’lishi talab qilinadi), xulosa (raqamlanmaydi, har bir bobdan so’ng ham kichik xulosalar yozilsa asosiy xulosani yozishga oson bo’ladi), foydalangan adabiyotlar ro’yxati, ilovalar(umumiy songa kirmaydi).
Kirish quyidagi savollarni o’z ichiga olishi zarur:
Magistrlik dissertatsiyasini mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi:
Tadqiqot ob’ekti va predmeti
Tadqiqot maqsadi va vazifalari (bu savollarga albatta alohida alohida slayd va javoblar aniq bo’lsa maqsadga muvofiq va zarur)
MDning ilmiy yangiligi
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari(tavsiya)
Tadqiqotda qo’llanilgan metodikalarning tavsiflari
MDning natijalarini nazariy va amaliy ahamiyati
Ish tuzilmasining tavsifi (Betlar, jadvallar, formulalar, rasmlar va ilovalar soni, har bir jadval, rasm va formulalarga izohlar bo’lishi talab qilinadi)
Magistrlik dissertatsiyasi 3 bobdan iborat bo’lib, u quyidagilarni o’z ichiga oladi:
I BOB -- umumiy ma’lumotlar, kerakli formulalar , adabiyotlarning kengaytirilgan taxlili. Tadqiqot ishini amaliy ahamiyati qisqa beriladi
II BOB – olib borilgan hisob-kitoblar, nazariy formulalar, ishlab chiqarishdagi holatlar, olingan vazifa va maqsadlarni keng yoritish talab qilinadi.
III BOB – barcha olingan natijalar, amaliy ishlar va tahlillar xulosalar (maqtanish) bilan beriladi.
A4 yuqori va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o’ngdan 2 sm, abzas 1,25 sm, Times New Roman, rasmlarni tagi 12, jadval ichi 12, jadval usti 12
Do'stlaringiz bilan baham: |