Mavzu: Ilmiy tadqiqotda modellashtirish va nazariy tadqiqot usullari Reja
Download 378.79 Kb.
|
6-Mavzu Ilmiy tadqiqotda modellashtirish va nazariy tadqiqot us-www.fayllar.org
g) formallashtirish usuli; Obyektdagi xossalar, miqdoriy qiymatlar va
strukturaviy shakllarni simvollar (belgilar) bilan ifodalab, shu simvollar bilan ishlash, ular orqali ma’lum tuzilish, munosabat va modellarni tadqiq qilish mumkin. Simvollar, ularning tuzilmalari bilan obyektni xossalari va tomonlarini ifodalab, keyin faqat shu simvollar bilan ishlash vositalari va qoidalari tizimi formallashtirish usulini tashkil qilaid. Simvollar qatori tartiblashtirilganda shakl hosil bo’ladi. Predmetda mazmunli bildiradigan unsurlar mavjud bo’ladi. Shakl tuzilganda unsurlar simvollar bilan almashtiriladi. Shu tarzda mazmunni ifodalaydigan formulalar, tenglamalar, belgilardan tuzilgan shakllar ishlab chiqiladi.Mazkur shakllar bilan ishlashning matematik,strukturaviy,modelli qoida va usullari mavjud bo’lib,ular orqali obyektning topologik,tizimli va substrat xislatlari aniqlanadi. Formallashtirish usulidan foydalanish asosida barqaror xolatda turgan, mazmundan ajratib olingan shaklni simvollarda belgilash, simvollar tizimida berilgan matematik, lingvistik va shakliy ifodalar bilan ishlash yotadi. Mazmun o’zgargan taqdirda tizimga yangi simvollar kiritiladi, tadqiqot davom etadi. Formallashtirishning birinchi tarixiy ko’rinishi matematik ifodalarni qo’llashda, matematik amallarni bajarishda namoyon bo’ldi. Formallashtirish usulidan foydalanishda, qayd qilinganidek, simvollar tuzilmasidan iborat bo’lgan shakliy tizim ishlatiladi. Mantiqda qo’llaniladigan sillogistik figuralar (masalan, - c), matematikada ifodalash vositasi bo’lgan differensial tenglamalar, strukturaviy lingvistikada tilning simvolik modeli, kompyuter texnologiyasida algoritm va dastur shakliy tizimlar namunasini bildiradi. Tadqiqot obyektini ifodalaydigan (yoki modellashtiradigan) shakliy tizimni ishlab chiqish uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak: 1. ma’lum belgilardan iborat bo’lgan alfavitni tuzish; 2. belgilardan «so’zlar» va «formulalar» tuzish uchun qoidalar ishlab chiqish; 3. bir turdagi ifoda va formullardan boshqa ifodalar va formulalarga o’tish imkoniyatini beradigan qoidalarni ishlab chiqish Keng tatbiq qilish sohasiga ega bo’lgan formallashtirishni turi mantiqiy formallashtirish bo’lib, bu usul tafakkur mazmunini mantiqiy shakllarida ifodalash imkoniyatini beradi. Sun’iy til va sun’iy intellekt mantiqiy shaklni namoyon bo’lishidir. Tafakkurni modellashtirish, uning bir ko’rinishi bo’lgan ekspert tizimini tuzish formallashtirish usulini nihoyatda samarali tatbiq qilingan sohasi hisoblanadi. To’g’ri, formallashtirish usulidan foydalanish mutlaq ko’lam xarakteriga ega bo’la olmaydi. Shakl mazmunni to’la qamrab olish imkoniyatiga ega emas. Buni sosiologiyada shakliy maktab namoyondalari olib borgan tadqiqotlarda ko’rish mumkin. Mazkur yo’nalish doirasida xukmdorlik,bo’ysinish,raqobat,mehnat taqsimoti va boshqa ijtimoiy jarayonlarni formallashtirish ishi olib borildi. Lekin, bunday faoliyat qayd qilsa bo’ladigan natijaga olib kelmadi. Dinamik ijtimoiy jarayonlar bilan sof shakllar o’rtasidagi farqni, ziddiyatni bartaraf qilib bo’lmaydi. Shakliy sosiologiyani ishlab chiqish loyihasi amalga oshmadi. Formallashtirish usulidan foydalanish sohasida uchrab turadigan ayrim kamchiliklarga qaramasdan uning umumilmiy samarasi va ijodiy imkoniyati shubha o’yg’otmaydigan faktdir. Download 378.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling