Mavzu: Ilmiy tadqiqotda modellashtirish va nazariy tadqiqot usullari Reja


Download 378.79 Kb.
bet9/11
Sana21.10.2023
Hajmi378.79 Kb.
#1714841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-Mavzu Ilmiy tadqiqotda modellashtirish va nazariy tadqiqot us-www.fayllar.org

Savollar va vazifalar


1.
Modellashtirishning umumilmiy usul ekanligi nimada namoyon bo’ladi?
2.
Model nima? Model va obyekt o’rtasidagi umumiylik va farqni izohlab bering?
3.
Modeldan foydalanish ikki yo’nalishda sodir bo’ladi. Bu qanday yo’nalishlar?
4.
Modellashtirish qanday usul? Izohlab bering.
5.
Modellashtirish turlari. Mavjud turlarga izoh bering?
6.
Matematik modellashtirish usulini afzallik tomonlari nimadan iborat?
7.
Kompyuterli modellashtirish nima?
8.
Kompyuterli modellashtirish qanday xususiyatlarga ega?
9.
Mutaxassisligingizga doir muammo bo’yicha kompyuterli modellashtirishga misol keltiring?
10.
Qanday vaziyatda nazariy tadqiqot usullaridan foydalanish zaruriyati tug’iladi?
11.
Nazariy tadqiqotda nima izlanadi?
12.
Analiz qanday usul?
13.
Sintez qanday usul?
14.
Sintez usulini ta’riflang, izohlab bering?
15.
Sintez usulini qo’llab kashfiyot qilish, yangi tushuncha va g’oyalar ishlab chiqishga doir misollar keltiring?
16.
Qaysi muammoli vaziyatda analogiya usulidan foydalanadilar?
17.
Analogiya usulini ta’riflang, izohlab bering?
18.
Qanday analogiya turlari mavjud?
19.
Analogiya usulidan foydalanishda qanday qoidalarga rioya qilish kerak?
20.
Gipotetik usul nima?
21.
Qanday vaziyatda gipotetik usulidan foydalanadilar.
22.
Demokritning atomistik g’oyasi qanday gipotezaga mansub va nima uchun?
23.
Gipotezalar raqobatiga misol keltiring, izohlab bering?
24.
Formallashtirish usuli mohiyati nima?
25.
Formallashtirish va shakliy tizim ishlab chiqishda qanday qoidalarga rioya qilish kerak?
26.
Formallashtirish usulini qo’llaganda qanday muammoviy vaziyat vujudga kelishi mumkin?
27.
Mavhumlashtirish nima?
28.
Mavhumlashtirishni amalga oshirishda qanday natijaga erishiladi?
29.
Idealizasiyalashtirish mavhumlashtirishni qaysi tomonini bildiradi?
30.
Umumlashtirish usuluni mazmuni nimadan iborat?
31.
Umumlashtirish natijasida nima hosil bo’ladi?
32.
Fan tarixidan mavhumlashtirish va umumlashtirish usulidan foydalanishni namoyon qiladigan misollar keltiring.

Kazus: Ilmiy tadqiqot jarayonida gipotezalarning to’g’riligi, ziddiyatsizligi bir necha karra sinovdan o’tkaziladi. Tekshiruvlarning ijobiy natijasi gipotezaning to’g’riligini tasdiqlaydi yoki gipoteza haqqoniy ilmiy nazariyaga aylanganini ko’rsatadi. Bu tadqiqotning ilmiy yangiligi bo’lib hisoblanadi. Ilmiy gipoteza huquqiy bilimning o’sishi, yuridik fanda prognoz va bashorat qilish, ilmiy qonunni kashf etish va nazariya yaratish uchun mustahkam asos bo’lib xizmat qiladi.
Sizningcha gipoteza nimani bilishdan boshlanadi va nimani hal qilish uchun yo’naltiradi? Dissertasiya gipotezasini keltiring, bog’liqlik algoritmiga ko’ra gipotezani mavzu, muammoli vaziyat va ilmiy yangilik bilan aloqadorligini ko’rsating.
2. Har bir fan, soha taraqqiyotida nazariyalar muhim sanaladi. Xalqaro savdo nazariyalaridan dastlab merkantalistlar nazariyasi yaratilgan bo’lib, ushbu nazariya tarafdorlarining fikriga ko’ra, har bir davlat faqat eksportga yo’nalishi kerak, ya’ni ular xorijdan keltiriladigan import tovarlarni imkon qadar qisqartirish kerakligini ta’kidlaydilar. Sohaga oid yana bir nazariya «Demokratik dunyo» nazariyasidir. Ushbu nazariya maktabi hali yosh bo’lishiga qaramay, uning tarafdorlari kengaymoqda, ayniqsa G’arbda. Ularning fikricha, xalqaro xamjamiyatning demokratlashtirilishi, savdoning rivojlanishi hamda xalqaro huquqning mustahkamlanishi davlatlararo dushmanlikni (nizoni) kamaytiradi va xalqaro xavfsizlikni mustahkamlaydi.
Sizningcha nazariyalar qanday paydo bo’ladi va uning tadqiqot jarayonidagi ahamiyati qanday? Sohangizga oid qanday nazariyalarni bilasiz va ularni amaliyotga tatbiq etilayotganligini qanday asoslaysiz?

Download 378.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling