Mavzu: ilmiy tadqiqotlarning asosiy turlari va bajarilish bosqichlari


Download 122.25 Kb.
bet2/5
Sana15.03.2023
Hajmi122.25 Kb.
#1271030
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-AMALIY MASHG

2.1-rasm. Ilmiy-tadqiqotlarning fan – ishlab-chiqarish integratsiyalangan tizimida texnik takliflarga aylanishi sxemasi
Fundamental va amaliy ITI bajarish jarayoni ma`lum mantiqiy tartibda joylashuvchi qator asosiy bosqichlardan tashkil topadi.
1-bosqich. Tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash va nomini shakllantirish (belgilash):

  • mo`ljallangan tadqiqot muammosiga oid bo`lgan, o`zimizda va chet ellarda chop etilgan manbaalarda mavjud ilmiy-texnik ma`lumotlar bilan tanishish, ularni o`rganish, uning dolzarbligini asoslash;

  • muammo bo`yicha eng muhim tadqiqotlar yo`nalishlarini aniqlash va tasniflash;

  • mavzuni shakllantirish va tadqiqot annotatsiyasini tuzish;

  • texnik topshiriqni ishlab chiqish va ITIning umumiy sanaviy rejasini tuzish;

  • kutilayotgan iqtisodiy yoki boshqa samarali foydani boshlang`ich tarzda aniqlash.

2-bosqich. Tadqiqotning maqsad va vazifalarini belgilash:

  • tanlangan mavzuga oid ilmiy-texnik hisobotlar, Vatanimiz va chet ellarda chop etilgan adabiyotlarni to`plash va bibliografik ro`yxatlarini tuzish (monografiyalar, darsliklar, qo`llanmalar, maqolalar, patentlar va ixtirolar va b.);

  • mavzuga oid manbaalarning annotatsiya va referatlarini tuzish;

  • tadqiqotning maqsad va vazifalarini belgilash.



3-bosqich. Nazariy tadqiqotlar:

  • tadqiqot ob`ekti va predmetini tanlash, tadqiqot vazifalariga asosan fizik mohiyatini o`rganish va ishchi gipotezani shakllantirish;

  • ishchi gipotezaga asosan modelni aniqlash va uni tadqiq etish;

  • tadqiqot natijalarini tahlil qilish va tekshirilayotgan muammoning nazariyasini ishlab chiqish.

4-bosqich. Eksperimental tadqiqotlar (nazariy tadqiqotlarni tasdiqlash, tuzatish yoki rad etish uchun o`tkaziladi):

  • eksperimental tadqiqotlarning maqsad va vazifalarini aniqlash;

  • eksperimentni rejalashtirish va uni o`tkazish metodikasini ishlab chiqish;

  • eksperimentni o`tkazish uchun zarur bo`ladigan qurilma va boshqa vositalarni yaratish;

  • o`lchash usullarini asoslash va vositalarini tanlash;

  • eksperimental tadqiqotlarni o`tkazish va ularning natijalariga ishlov berish.

5-bosqich Ilmiy tadqiqotlarni analiz qilish va rasmiylashtirish:

  • nazariy va eksperimental tadqiqotlar natijalarini taqqoslash, ular orasidagi farqlarni tahlil qilish;

  • tadqiqot ob`ektining nazariy modeli va xulosalarni aniqlashtirish;

  • ishchi gipotezani nazariyaga aylantirish yoki uni rad etish;

  • ilmiy va amaliy xulosalarni shakllantirish, tadqiqot natijalarini baholash;

  • ilmiy-texnik hisobot tuzish va uning taqrizdan o`tkazish.

6-bosqich. Amaliyotga joriy etish va iqtisodiy samaradorlik:


Download 122.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling