Mavzu: ilmiy tadqiqotlarning asosiy turlari va bajarilish bosqichlari
TKI (Tajriba konstruktorlik ishlari)
Download 122.25 Kb.
|
2-AMALIY MASHG
TKI (Tajriba konstruktorlik ishlari) ni bajarish jarayoni ham mantiqiy tartibda joylashuvchi qator asosiy bosqichlardan iborat bo`ladi:
1-bosqich. TKI mavzusini shakllantirish, dolzarbligini asoslash, maqsad va vazifalarini belgilash (ITIning 1- va 2- bosqichlari ishlari bajariladi). 2-bosqich. Texnik topshiriq va taklif: eksperimental namunani loyixalashga texnik topshiriq ishlab chiqish; texnik- iqtisodiy asoslash; patentga yaroqlilikka tekshirish. 3-bosqich Texnik loyihalash: texnik loyiha variantlarini ishlab chiqish va maqbulini tanlash; alohida tugun va bloklarni yaratish va ularning ishonchlilik ko`rsatkichlarini tekshirish; namunaning texnik darajasi va sifatini aniqlash, texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarini hisoblash; texnik loyihani kelishish. ishchi loyixani ishlab chiqish; zaruriy konstruktorlik xujjatlarini tayyorlash. 4-bosqich. Tajriba namunasini tayyorlash: ishlab-chiqarishni texnologik tayyorlash: texnologik jarayonlarini ishlab chiqish, asbob-anjomlarni loyihalash va tayyorlash; tajriba namunasining detallari, tugunlari va bloklarini tayyorlash, ularni yig`ish; tajriba namunasini ishga tushirish, sinash, sozlash; laboratoriya va ishlab-chiqarish sinovlarini o`tkazish. 5-bosqich. Tajriba namunasini sayqallash: sinovlardan so`ng tugunlar, bloklar va yaxlit tajriba namunasining ishini tahlil qilish; ishonchlilik talablariga javob bermaydigan tugun, blok va detallarni almashtirish. 6-bosqich. Davlat sinovlari: tajriba namunasini davlat sinovlariga taqdim etish; davlat sinovlarini o`tkazish va sertifikatlash. Ilmiy bilish - muammolarni hal qilish bilan bog`langan. Muammolarning yo`qligi tadqiqotlarning to`xtab qolishiga va fandagi turg`unlikka olib kelgan bo`lar edi. Download 122.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling