Mavzu: ilmiy tadqiqotlarning asosiy turlari va bajarilish bosqichlari
Download 122.25 Kb.
|
2-AMALIY MASHG
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-bosqich .
- 3-bosqich .
2.1-rasm. Ilmiy-tadqiqotlarning fan – ishlab-chiqarish integratsiyalangan tizimida texnik takliflarga aylanishi sxemasi
Fundamental va amaliy ITI bajarish jarayoni ma`lum mantiqiy tartibda joylashuvchi qator asosiy bosqichlardan tashkil topadi. 1-bosqich. Tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash va nomini shakllantirish (belgilash): mo`ljallangan tadqiqot muammosiga oid bo`lgan, o`zimizda va chet ellarda chop etilgan manbaalarda mavjud ilmiy-texnik ma`lumotlar bilan tanishish, ularni o`rganish, uning dolzarbligini asoslash; muammo bo`yicha eng muhim tadqiqotlar yo`nalishlarini aniqlash va tasniflash; mavzuni shakllantirish va tadqiqot annotatsiyasini tuzish; texnik topshiriqni ishlab chiqish va ITIning umumiy sanaviy rejasini tuzish; kutilayotgan iqtisodiy yoki boshqa samarali foydani boshlang`ich tarzda aniqlash. 2-bosqich. Tadqiqotning maqsad va vazifalarini belgilash: tanlangan mavzuga oid ilmiy-texnik hisobotlar, Vatanimiz va chet ellarda chop etilgan adabiyotlarni to`plash va bibliografik ro`yxatlarini tuzish (monografiyalar, darsliklar, qo`llanmalar, maqolalar, patentlar va ixtirolar va b.); mavzuga oid manbaalarning annotatsiya va referatlarini tuzish; tadqiqotning maqsad va vazifalarini belgilash. 3-bosqich. Nazariy tadqiqotlar: tadqiqot ob`ekti va predmetini tanlash, tadqiqot vazifalariga asosan fizik mohiyatini o`rganish va ishchi gipotezani shakllantirish; ishchi gipotezaga asosan modelni aniqlash va uni tadqiq etish; tadqiqot natijalarini tahlil qilish va tekshirilayotgan muammoning nazariyasini ishlab chiqish. 4-bosqich. Eksperimental tadqiqotlar (nazariy tadqiqotlarni tasdiqlash, tuzatish yoki rad etish uchun o`tkaziladi): eksperimental tadqiqotlarning maqsad va vazifalarini aniqlash; eksperimentni rejalashtirish va uni o`tkazish metodikasini ishlab chiqish; eksperimentni o`tkazish uchun zarur bo`ladigan qurilma va boshqa vositalarni yaratish; o`lchash usullarini asoslash va vositalarini tanlash; eksperimental tadqiqotlarni o`tkazish va ularning natijalariga ishlov berish. 5-bosqich Ilmiy tadqiqotlarni analiz qilish va rasmiylashtirish: nazariy va eksperimental tadqiqotlar natijalarini taqqoslash, ular orasidagi farqlarni tahlil qilish; tadqiqot ob`ektining nazariy modeli va xulosalarni aniqlashtirish; ishchi gipotezani nazariyaga aylantirish yoki uni rad etish; ilmiy va amaliy xulosalarni shakllantirish, tadqiqot natijalarini baholash; ilmiy-texnik hisobot tuzish va uning taqrizdan o`tkazish. 6-bosqich. Amaliyotga joriy etish va iqtisodiy samaradorlik: tadqiqot natijalarini ishlab-chiqarishga joriy etish; iqtisodiy samaradorlikni aniqlash. Download 122.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling