Mavzu:Ilmiy va ijtimoiy bashoratning o’zaro aloqadorligi
Reja:
Kirish.
Bashorat tushunchasi.
3. Bashorat va hozirgi zamon iqtisodiyoti.
3. Bashoratning turlari.
4. Ilmiy bashorat ijod shakli sifatida.
5. Ijtimoiy bashorat: turlari, tiplari, metodlari.
6. Xulosa
7. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
O‘zining, o‘z farzandlarining, o‘zi yashayotgan mamlakatning kelajagi haqida bilishni istamagan odam bo‘lmasa kerak. Shu sababli, qadim zamonlardan boshlab turli xalqlarda ertangi kunga nazar tashlash, kelajakni bashorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar katta izzat-ikromga sazovor bo‘lgan. Forslar ularni afsungarlar, bobilliklar va assiriyaliklar – xaldeylar, qadimgi Misr aholisi – kohinlar deb atagan. Bashoratgo‘ylar qadimgi Yunoniston aholisining hayotida alohida o‘rin egallagan. Kelajakni bashorat qilishga falsafa tarixida ham, ijtimoiy tafakkurda ham turli ko‘rinishlarda alohida e’tibor qaratilgan. Tarixning o‘tish davrlarida, keskin ijtimoiy konfliktlar yuz bergan davrlarda bashoratning ahamiyati ayniqsa, oshgan. Bu insoniyat hayotining barcha jabhalarida olamshumul o‘zgarishlar yuz berayotgan hozirgi davrga ham xos. Yuzaga kelgan sharoitda ijtimoiy bashorat masalalari o‘ta muhim nazariy va metodologik ahamiyat kasb etmoqda, ularni ishlab chiqish esa falsafiy tafakkurning dolzarb vazifalaridan biriga aylanmoqda. Darhaqiqat, kelajak bilan shug‘ullanmagan falsafaning kelajagi yo‘q.Ushbu mavzuning maqsadi bashoratga umumiy tavsif berish, uning asosiy turlarini ko‘rib chiqishdan; ijtimoiy prognoz nimaligini, uning metodlari va tiplarini aniqlashdan; davrimizning olamshumul muammolar bilan belgilangan asosiy futurologik konsepsiyalarini tahlil qilishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |