Mavzu: Ilmiy va ijtimoiy bashoratning o’zaro aloqadorligi Reja


ILMIY BASHORATNING GLOBALLASHUV JARAYONIDAGI AHAMIYATI


Download 57.71 Kb.
bet6/7
Sana19.06.2023
Hajmi57.71 Kb.
#1626220
1   2   3   4   5   6   7
ILMIY BASHORATNING GLOBALLASHUV JARAYONIDAGI AHAMIYATIJahon tarixiy taraqqiyotining hozirgi bosqichi insoniyat hayotining barcha jabhalarida globallashuvning vujudga kelishi bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda. Globallashuv XX asrda insoniyat faoliyati natijasida hamda taraqqiyot yuksalishi tufayli paydo bo'lib butun dunyo mamlakatlarini o'zaro bog'lab qo'ydi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bu haqda shunday fikr bildirganlar: «Totalitar tuzum yemirilgandan keyin dunyoning qutblarga bo'linishi barham topdi. Xo'sh, XXI asrda u qanday bo'ladi? Biz qayoqqa qarab ketayapmiz? Biz yashayotgan davr qanday xususiyatlarga ega? So'ngi vaqtlarda jahonda yuz bergan, dunyoning jo'g'rofiy-siyosiy tuzilishini va xaritasini tubdan yangilagan o'zgarishlar hozirgi zamon va kelajak uchun qanday tarixiy ahamiyatga molik? Bular haqida mulohaza yuritish va ularga to'g'ri baho berish juda muhim» .
«Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch» asarida esa globallashuv jarayonining mohiyati va ahamiyati haqida to'xtalib uni faqat ijobiy voqelik sifatida qarashga hali erta, u ziddiyatlarga to'la, goho esa milliy taraqqiyotga, milliy madaniyatga, ma'naviyatga salbiy ta'sir etuvchi belgilarining mavjudligini e'tirof etadilar. «Bugun biz tez sur'atlar bilan o'zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o'ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalistlar bu davrni turlicha ta'riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desakimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Dunyoda yuz berayotgan globallashuv kelajakda qanday natijalarga olib kelishini barcha siyosatshunoslar va olimlar ilmiy bashorat qilib bermoqdalar. Albatta, bu fikrlarning barchasida ham ma'lum ma'noda haqiqat, ratsional mag'iz bor. Chunki ularning har biri o'zida bugungi serqirra va rang — barang hayotning qaysidir belgi-alomatini aks ettirishi tabiiy. Ammo ko'pchilikning ongida bu davr globallashuv davri tariqasida taassurot uyg'otmoqda» . Darhaqiqat, bugungi kunda globallashuv insoniyat taraqqiyotining tarixiy-tadrijiy davomi, yangi bosqichi sifatida yuzaga kelgan real voqelik bo'lib, u turli ko'rinishda, ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab olgan mazkur jarayon iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy, ilmiy, informatsion mafkuraviy sohalarda namoyon bo'lmoqda.Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek globallashuv jarayonlarining ijobiy xususiyatlari juda ham ko'p bo'lib, davlatlar va xalqlar o'rtasida integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, ilm fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi va turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg'unlashuviga olib kelsada, uning salbiy jihatlari ham mavjud bo'lib, ekologik va ijtimoiy hayotning ko'p sohalariga salbiy ta'sirini o'tkazishi mumkin.Ekologik muammolarning globallashuvi insoniyat sivilizatsiyasining hozirgi tarixiy rivojlanish bosqichida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ya'ni ekologiya bilan bog'liq masalalar: tabiat ekotizimi yemirilishining kuchayishi, biologik xilma-xillikning qisqarishi, global iqlim o'zgarishi, turli sanoat ob'ektlardagi halokatlar, moddiy ishlab chiqarish, maishiy turmush faoliyatining biosfera ekologik muvozanatiga, aholi salomatligiga salbiy ta'siri dunyo hamjami- yatini tashvishga solmoqda. Insonning tabiatni noratsional texnogen o'zgartirishi natijasida, tabiatning insoniyatga aks ta'siri kuchayib, ijtimoiy siyosiy muammolar keskinlashmoqda. Orol dengizining qurib, yerlarimizning sho'rlanishi bizning mamlakatda ham shunday muammolarni yuzaga keltirmoqda. Hozirgi kunda dunyo bo'ylab globallashuv jarayoni keng quloch yoyib, tez sur'atlar bilan rivojlanayotgan bir davrda unda kechayotgan har bir jarayonning mazmun-mohiyatini anglab yetish uning mamlakat, qolaversa, butun jamiyat va kelajak uchun salbiy ta'sir ko'rsatuvchi
jihatlarini aniqlash uni oldindan ko'ra bilish bugunning talabidir. Jumladan, bir qancha salbiy illatlarni o'z ichiga olgan «ommaviy madaniyat» niqobi ostidagi ma'naviy tahdidlarning kirib kelishi bugungi davrda mamlakat milliy madaniyati va ma'naviyati uchun xavf soluvchi jarayondir. «Ommaviy madaniyat» niqobi ostida tarqalayotgan ahloqiy buzuqlik va zo'ravonlik, individualizm, egotsentrizmni targ'ib qiluvchi g'oyalar o'sib kelayotgan yoshlar ongiga salbiy ta'sir o'tkazmoqda. Mazkur jarayon milliy ma'naviyat, milliy qadriyatlar tizimi va yosh avlod ahloqiy tarbiyasi masalalari jiddiy xavf ostida qolayotganligini anglatadi. Milliy ma'naviyatini yo'qotgan xalq esa «ommaviy madaniyat» ummoniga singib ketadi va tiklab bo'lmas natijalar girdobida qoladi.Globallashuv jarayonida yuzaga kelayotgan yana bir xavf mavjudki, hozirgi kunda minglab odamlar va butun dunyo bundan aziyat chekmoqda. desak, mubolag'a bo'lmaydi. Bu turli informatsion xurujlar shaklida ta'sir etayotgan go'yoki demokratiya, erkinlikni va farovonlikni ilgari surish va targ'ib qilish orqali ko'proq hali hayotiy tajribaga ega bo'lmagan yoshlar va o'z nafsining quliga aylangan odamlarni turli aldovlar orqali o'z mafkuralariga ishontirib tinch hayotni izdan chiqarishga intilayotgan tashkilot va turli ekstremistik kuchlarning siyosiy harakatini ko'rsatish mumkin. Hozirda davom etayotgan Suriyada, Misrda, Liviyada, Afg'onistonda kechayotgan siyosiy ahvol bunga misol bo'la oladi, bularning barchasi bizni yana bir bor sergaklikka undaydi.Barchaga ma'lumki, jamiyat taraqqiyoti eng avvalo, fan, ilmiy bilimlarni rivojlantirish orqali erishiladi. Zero, fan, ilmiy bilimlarsiz kelajakka yo'l ochish mumkin emas. Globallashuv jarayonida ijtimoiy hayotning boshqa sohalari singari fan va ilmiy bilimlar keng taraqqiy etmoqda. Olamni bilish va uning mohiyatini chuqur o'rganishning bir qancha usullari bo'lib, ilmiy bashorat ham bilishning usuli sifatida alohida o'rin tutadi. Hozirda ilmiy bashoratning negizini izchil ilmiy nazariya tashkil etadi. Ushbu nazariya bilishning mantiqan bog'langan, bir-birini taqozo etuvchi qonunlar zanjiridan tashkil topgan bo'lib, ulardan muayyan hodisalarning xossalari, munosabatlari va boshqa xususiyatlari haqida axborotni ifodalovchi oqibatlar keltirilib chiqariladi. Kelajakka nisbatan olganda ular ilmiy bashorat tarzidaamal qiladi. Ilmiy bashorat o'z tabiatiga ko'ra noma'lum narsalarni aniqlash bilan bog'liq ob'ektiv jarayon, ya'ni kelajakka nazar tashlaydigan va uning rivojlanish qonunlarini bilish asosida ularni o'z ehtiyojlariga moslashtiradigan kuchdir.Demak, biz globallashuvning kelajakda keltirib chiqaradigan ijobiy va salbiy oqibatlarini ilmiy bashorat qilish orqali ko'ra olishimiz, ular haqidagi nazariyalarni yaratishimiz va kelajak avlodga yetkazib berishimiz, shu bilan bir qatorda salbiy oqibatlarning oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishimiz lozim. Bashoratning turlari:
1. Oddiy,
2. Induktiv,
3. Diniy,
4. Ilmiy bashoratlardir. Oddiy bashorat bu kundaiik hayotda uchrab turadigan, turmush tarzidan kelib chiqadigan bashoratdir. Oddiy bashoratlarda tafakkur orqali isbot talab qilm aydigan oddiy jarayonlar haqida fikr yuritiladi.

Download 57.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling