Mavzu: Ilmiy va ijtimoiy bashoratning o’zaro aloqadorligi Reja


Bashorat va hozirgi zamon iqtisodiyoti


Download 57.71 Kb.
bet3/7
Sana19.06.2023
Hajmi57.71 Kb.
#1626220
1   2   3   4   5   6   7
Bashorat va hozirgi zamon iqtisodiyoti.
Kundalik bashorat insonning kundalik hayot tajribasiga, tabiat va jamiyatda u yoki bu voqealarning tez-tez takrorlanishini bevosita kuzatishga asoslanadi. Kundalik bashoratlarga xalqda keng mashhur bo‘lgan ob-havo alomatlari misol bo‘lishi mumkin. Masalan, Quyosh botayotganda odatdagidan uzoqroq ushlanib qolgan bo‘lsa, yomg‘irni kutish kerak; yozda ertalab tuman tushgan bo‘lsa, demak, kunduzi havo ochiq bo‘ladi; Sharqdan shamol essa, tez orada yomg‘irlar tugaydi. Astrologik bashorat osmon jismlari harakati, Oy va Quyosh tutilishini kuzatishlarga asoslanadi. Astrologik bashorat o‘rta asrlarda keng tarqalgan bo‘lsa-da, keyinchalik unga munosabat o‘zgargan. Lekin, XX asrda ezoterik bilimlarning rivoji astrologik bilimlarning asosli ekanligini tan olmoqda.
Intuitiv bashorat ilmiy dalilarsiz va mantiqiy mushohadasiz haqiqatning tagiga bilvosita etishdir. Bashoratning bu turi hali yaxshi o‘rganilmagan va ko‘pincha unga etarlicha baho berilmaydi. Holbuki, aqlni lol qoldiradigan dalillar ma’lum. Masalan, to‘rt yuz yil oldin yashagan fransuz tabibi Mishel Nostradamus misli ko‘rilmagan bashoratgo‘ylik qobiliyatiga ega bo‘lgan. O‘zining mashhur «Senturiyalari» va boshqa asarlarida, u XX asrning texnik kashfiyotlari – suv osti kemalari, samolyotlar, vodorod bombasinigina emas, balki fransuz va rus inqiloblarini, shuningdek, de Goll, Franko, Lenin, Stalin, Gitler, Mussolini kabi shaxslarning paydo bo‘lishini ham bashorat qilgan. O‘z davrining mashhur folbini Aleksandra Filippovna Kirxgof buyuk shoirAleksandr Pushkinga, uning hayotidagi muhim voqealarni: tez orada ko‘p pul olish, ikki surgun, uylanish, mashhurlik, 38 yoshda hayotni tark etish ehtimolini bashorat qilgan. Afsus ki, bu bashorat to‘la ro‘yobga chiqqan. Ukrainalik atoqli faylasuf va shoir Grigoriy Skovoroda ham bashorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan. U o‘z qishlog‘i – Ivanovkaga oxirgi marta kelganda kasal bo‘lmagan. Hammaga o‘zining o‘limi yaqinligini e’lon qilgan, o‘zi o‘ziga qabr qazgan, o‘z «xonaqosi»ga qaytib kelgan, ich kiyimini almashtirgan, boshiga o‘z asarlarini qo‘ygan va vafot etgan. G‘arb mamlakatlarida ijtimoiy prognoz qilish ilmiy bashoratning turi sifatida «futurologiya» (lot. «futurum» – «kelajak» va yunoncha «logos» – «ta’limot») degan nom bilan vujudga kelgan. Bu atamani ilk bor G‘arbiy Berlin Erkin universiteti huzuridagi Otto Zur nomidagi institut professori O.Flextgaym ishlatgan. Shuni qayd etish lozimki, «futurologiya» atamasi umumiy e’tirof etilgani yo‘q. Misol uchun, bashorat muammolari bo‘yicha fransuz mutaxassislarining aksariyati futurologiya insonning kelajakni ishonch bilan bashorat qilish qobiliyati haqida xom xayol qilish uchun asos bo‘ladi, deb hisoblaydi. Futurologiya o‘rniga «fyutyuribli» atamasi taklif qilingan bo‘lib, u «ehtimol tutilgan kelajak», degan ma’noni anglatadi. Bunda, kelajakning shartliligi, ko‘p variantliligiga urg‘u beradi. Mamlakatimizda ijtimoiy bashorat bilan bog‘liq tadqiqotlar «prognostika» degan nom olgan. Bu yosh fan prognoz qilish qonunlari, tamoyillari va metodlarini o‘rganadi, mantiq muammolarini va har xil tipdagi prognostik tadqiqotlarning tasniflarini ishlab chiqadi. U endigina shakllanish davrini boshdan kechirmoqda, lekin hozirning o‘zidayoq kelajakning ilmiy muqobillarini yaratishning muhim vositasi hisoblanadi.

Download 57.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling