Integral mikrosxema (IMS) o‘ta ixcham, o‘ta pishiq, kichik tannarxga ega
bo‘lgan va kam quvvat iste’mol qiladigan radioelement yasash yo‘lidagi urinishlar
mahsulidir.
IMS elementi deb, konstruktsiyasi bo‘yicha
kristall yoki asosdan
ajralmaydigan, ERE funktsiyasini bajaruvchi IMSning qismiga aytiladi.
IMS komponenti deb, diskret element
funktsiyasini bajaruvchi, lekin
montajdan avval mustaqil mahsulot bo‘lgan IMSning bo‘lagiga aytiladi. Yig‘ish,
montaj qilish operatsiyalarini bajarishda komponentlar
mikrosxema asosiga
o‘rnatiladi. Qobiqsiz diod va tranzistorlar, kondensatorlarning maxsus turlari, kichik
o‘lchamli induktivlik g‘altaklari va boshqalar sodda komponentlarga,
murakkab
komponentlarga esa – bir nechta elementdan tashkil topgan, masalan,
diod yoki
tranzistorlar yig‘malari kiradi.
IMSlar klassifikatsiyasi
•
Integratsiya darajasiga ko‘ra: kichik, o‘rta, katta, o‘ta katta, ultra katta va giga
katta IMSlar;
•
Qabul qilinayotgan, saqlanayotgan va ishlov berilayotgan signal turiga ko‘ra:
analog va raqamli IMSlar;
•
Tayyorlanish konstruktiv-texnologik turiga ko‘ra: yarimo‘tkazgichli, pardali
va
gibrid IMSlar;
•
Aktiv element turiga ko‘ra: bipolyar tranzistorli va MDYa-tranzistorli IMSlar;
•
Iste’mol quvvatiga ko‘ra: kam quvvatli, o‘rta quvvatli, katta quvvatli IMSlar;
•
Ishchi chastotasiga ko‘ra: past chastota, o‘rta
chastota va yuqori chastota
IMSlari;
•
Elementlarni bir-biridan izolyatsiyalanish usuliga ko‘ra va x.z.