Mavzu: Inflatsiyaga qarshi siyosat mundareja kirish Bob. Inflatsiya ijtimoiy-iqtisodiy muammo
2-Bob. Inflatsiya qarshi kurash tajribasi
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
IQT-4 Kabulov Jumadullo. Kurs ishi. Inflatsiya
28 2-Bob. Inflatsiya qarshi kurash tajribasi 2.1. Infilatsiyaga qarshi kurashning tarixiy tajribasi Shunday qilib, muomila uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ishlab Pulning muomala va to‘lov vositasi sifatida o‘rtacha aylanish tezligi. chiqarish rivoji va shart- sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan turli xil omillar ta‘sir ko‘rsatadi. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ta‘sir ko‘rsatuvchi asosiy omil- bu tovarlar va xizmatlar baxosi hisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar baxosiga to‘g‘ri proporsional, ya‘ni tovarlar va xizmatlar baxosining oshishi muomalaga ko‘p pul chiqarishni talab qiladi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta‘sir ko‘rsatadi. Odatda, pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha. Bu holda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi tovarlar baxosidan oshib ketishi, ya‘ni inflyatsiya bo‘lishiga yoki pul tanqisligiga olib kelishi mumkin. Pulning sotib olish qobiliyati shu pul birligiga to‘g‘ri keluvchi tovar va xizmatlar miqdori bilan ifodalanadi. Binobarin, pulning sotib olish qobilyatini ifodalovchi ko‘rsatkich tovarlar va xizmatlar baxosi hisoblanadi. Agar tovar va xizmatlar baxosi barqaror bo‘lsa, pulning sotib olish qobiliyati ham barqaror bo‘ladi. Agar pul o‘zgarmagan sharoitda tovarlar baxosi oshadigan bo‘lsa, bu hol pulning sotib olish qobiliyati tushganini ko‘rsatadi va aksincha, tovar va xizmatlar baxosining tushishini pulning sotib olish qobiliyati oshganligidan dalolat beradi. Inflyatsiya yuqori sur‘atli sharoitda har bir ishlab chiqaruvchi resurslarni narxning oshib ketishidan cho‘chib, o‘z tovari narxini yuqori qilib belgilaydi. Keragidan ortiqcha tovar olish natijasida jamg‘arma o‘z navbatida kamayadi, kredit resurslarining kamayishi, investitsiyaning o‘sishiga to‘sqinlik qiladi, u o‘z navbatida tovar va xizmatlar taklifining qisqarishiga olib keladi. Inflyatsiyani uzoq muddat uchun izohlashda ko‘plab iqtisodchilar bilan Fridma pul massasi va narxlar darajasidan foydalanishgan. Ular―Inflyatsiya bu puldan paydo bo‘ladigan holatdir‖. Agar televidiniya orqali o‘tgan oydagi inflyatsiya darajasini e’lon qilinsa, bu ko‘rsatkich inflyatsiyani ifodalamaydi, balki narxlar darajasi qanchaga oshganligini 29 ko‘rsatadi deb tushuntirishadi. Masalan, siz oxirgi yilda inflyatsiya darajasi 1% (yil uchin 12%) bo‘lganligini eshitsangiz, unda narxlar darajasi 1%ga o‘sganligini bildiradi. Balki bu bir martalik va vaqtinchalik xususiyatga ega bo‘lgan holatdir. Agarda inflyatsiya darajasi uzoq muddat (oxirgi yillarda oyiga 1%dan yuqoribo‘lgan holat) davom etsa, unda iqtisodchilar uzoq muddati inflyatsiya haqida garirishadi. Milton Fridmanning qarashini quyidagicha tushunish kerak: Narx darajalarining o‘sishi uzoq muddat davom etsagina monetar holat hisoblanadi. Inflatsiyaning mohiyatini anglagan holda, davom etayotgan tez narxlar o‘sishini ko‘plab iqtisodchilar (monetaristlar, keynslar ham) Fridmpul massasining doimiy o‘sishi holatidagina narx darajalarining o‘sishini kuzatish mumkinligini ta‘kidlashadi. Monetaristlar nuqtai nazaridan pul taklifining doimiy o‘sishi oqibatlarini 1-rasm orqali tahlil qilib chiqsak. Tasavvur qilaylik, iqtisodiyotdagi holat boshlang‘ich 1 nuqtada bo‘lsa, yalpi talab(AD) va taklif (AS)ning kesishish nuqtasi, tabiiy emissiya F va narxlar P darajada, agar pul massasi yil davomida barqaror o‘ssa, yalpi talab o‘ng tarafga AD taklif tomonga suriladi, qisqa muddatda iqtisodiyotning barqarorlik 1´ holatga suriladi, yalpi emissiya K´(tabiiy darajaga oshadi. Ammo, ishsizlik darajasining tabiiy darajadan pastga tushishi ish haqining oshishiga olib kelib, egri yalpi talab chap tarafga suriladi. U AS2 holatga emissiya uzoq muddatli egri yalpi taklifning tabiiy holatini egallaydi. Muvozanat nuqtasi 2 holatga suriladi, narxlar darajasi Р1 dan Р2 nuqtaga suriladi. Agar kelgusi yilda pul massasi yana o‘ssa, yalpi talab o‘ng tarafga surilib, AD3 nuqtasini egallaydi, egri yalpi talab esa, ASy o'rinni egallaydi. Iqtisodiy muvozanat nuqtasi avval 2' holatga keyin 3 nuqtaga suriladi. Bu holatda narxlar darajasi Р 3 holatga suriladi. Agar kelgusi yillarda ham o‘sib borsa, iqtisodiyotdagi narxlar darajasi oshib boraveradi va inflyatsiyani yuzaga keltiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling