Mavzu: Inflatsiyaga qarshi siyosat mundareja kirish Bob. Inflatsiya ijtimoiy-iqtisodiy muammo


-rasm. 2022 yil iyun oyida rivojlangan davlatlarda yillik inflyatsiya


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/23
Sana28.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1009653
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
IQT-4 Kabulov Jumadullo. Kurs ishi. Inflatsiya

1-rasm. 2022 yil iyun oyida rivojlangan davlatlarda yillik inflyatsiya 
darajasi
Manba: Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) 
Izoh: *asosiy inflyatsiyada oziq-ovqat va energiya inflyatsiyasi hisobga 
olinmagan. 
Oziq-ovqat narxlari. Rossiya va Ukraina dunyodagi eng yirik bug‘doy ishlab 
chiqaruvchilardan bo’lib, global bug’doy eksportining qariyb 30 foizi ushbu ikki 
davlat hissasiga to’g’ri keladi. Shuningdek, mazkur davlatlarning kungaboqar yog’i 


39 
eksporti global kungaboqar yog’i eksportning 3/4 qismini tashkil qiladi. Bundan 
tashqari, Ukraina makkajo’xori eksporti bo’yicha dunyoda 4-o’rinda turadi. Jahon 
bozorida shunday ahamiyatga ega ikki davlat o’rtasida fevral oyi oxirida boshlangan 
ziddiyat oziq-ovqat narxlari prognozini keskin yomonlashtirdi. Buning natijasida
bir qator davlatlar hukumatlari tomonidan ayrim oziq-ovqat mahsulotlari 
eksportining vaqtinchalik ta’qiqlanishi (masalan, dunyodagi eng yirik palma yog’i 
ishlab chiqaruvchi Indoneziya hukumati tomonidan palma yog’i eksporti 
ta’qiqlanishi) jahonda tobora kuchayib borayotgan oziq-ovqat inqirozini yanada
 
yomonlashtirmoqda. G’arb sanksiyalari sababli ko’plab xaridorlar Rossiyadan don 
sotib olishdan qochishmoqda. Shuningdek, Ukrainadagi geosiyosiy inqiroz 
Ukrainadan don yetkazib berishga to'sqinlik qilmoqda. Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotlariga 
ko’ra, oziq-ovqat narxlari indeksi joriy yil mart oyida o’zining rekord darajasiga 
yetdi va fevral oyiga nisbatan 13.2%ga oshdi. Asosan bug’doy, boshqa don 
mahsulotlari, yog' narxlarining keskin ko’tarilishi mazkur indeksning oshishiga olib 
keldi. Xususan, joriy yil mart oyida don mahsulotlari indeksi fevral oyiga nisbatan 
17,1%ga, yog’ indeksi esa 24.8%gaoshdi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling