Mavzu: Inflatsiyaga qarshi siyosat mundareja kirish Bob. Inflatsiya ijtimoiy-iqtisodiy muammo


Manba: Markaziy banklar ma’lumotlari asosida hisob-kitoblar


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/23
Sana28.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1009653
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
IQT-4 Kabulov Jumadullo. Kurs ishi. Inflatsiya

Manba: Markaziy banklar ma’lumotlari asosida hisob-kitoblar 
Katta 20 lik markaziy banklarining yuqori inflyatsiyaga javob choralari 
Dunyoda inflyatsiyaning o'sishi ortidan G20 a'zoligiga kiruvchi rivojlangan 
davlatlarning markaziy banklari inflyatsiyaning asosiy omillari monetar omillar 
bo’lmasada, pul-kredit siyosatini qat'iylashtirish va miqdoriy yumshatish siyosatini 
qisqartirishga qaror qila boshlashdi. 


44 
Shunday qilib, may oyining boshida AQSH Federal zaxira tizimi o'zining 
bazaviy stavkasini 0.5 foiz bandga (0.75-1% oralig’iga) ko’tardi. Federal ochiq 
bozor qo’mitasining (FOMC) 15 iyundagi yig’ilishida esa stavka 0.75 foiz bandga 
(1,5-1,75% oralig’iga) ko'tarildi. Joriy yil iyun oyi yakunlari bo’yicha so’nggi 40 yil 
ichidagi eng yuqori inflyatsiyaga duch kelgan Federal zaxira tizimi 27 iyuldagi 
yig'ilishida federal stavkani yana bir bor 0.75 foiz bandga (2.25-2.5% oralig’iga) 
ko’tarishga qaror qildi. Shuningdek, Federal zaxira tizimi 2022 yil 1 iyundan 
boshlab o'z balansini oyiga 47,5 mlrd dollarga (3 oydan so’ng 95 mlrd dollarga) 
qisqartirish boshlanganini e'lon qildi. 
7-rasm. Federal zaxira tizimi foiz stavkasi va inflyatsiya 
Angliya bankining pul-kredit siyosati qo‘mitasi 2022-yil 15-iyundagi 
yig‘ilishida bank stavkasini 0,25 foiz bandga (1% dan 1.25%ga) oshirishni yoqlab 
ovoz berdi. Shu bilan birga, qo’mitaning 3 a’zosi stavkani 0,5 foiz bandga 
(1,5%gacha) oshirish zarurligini bildirishgan. Iyun oyida Buyuk Britaniyada 
inflyatsiya darajasi 8.2%ga yetganidan so’ng, Pul-kredit siyosati qo’mitasi 4 
avgustdagi yig’ilishida bank stavkasini 0.5 foiz bandga (1.75%gacha) ko’tarishga 
qaror qildi. 


45 
8-rasm. Angliya banki foiz stavkasi va inflyatsiya 
Manba: Angliya bank ma’lumotlari asosida hisob-kitoblar 
Yevro hududda inflyatsiyaning tezlashishiga javoban, 2022 yil 21 iyulda 
Yevropa Markaziy banki o'zining asosiy stavkasini 0.5 foiz bandga oshirdi. Natijada, 
asosiy qayta moliyalash operatsiyalari uchun foiz stavkasi, marjinal kredit liniyasi 
va depozit liniyasi bo‘yicha foiz stavkalari mos ravishda 0,5%, 0,75% va 0,0%gacha 
oshirildi. 
Shuni ta'kidlash kerakki, rivojlangan mamlakatlarda pul-kredit sharoitlarining 
qat’iylashtirilishi bosqichi ma'lum xavflarni vujudga keltirishi mumkin. Xususan, 
rivojlangan mamlakatlarda foiz stavkalarining keskin oshishi rivojlanayotgan 
mamlakatlardan kapitalning chiqib ketishiga, qarz yukining oshishiga va ko'chmas 
mulk bozoriga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Xalqaro valyuta jamg’armasi 
ma’lumotlariga ko’ra, dollar indeksining 1 birlikka oshishi va natijada AQSHda foiz 
stavkalarining ko’tarilishi rivojlanayotgan mamlakatlarga (Xitoyni hisobga 
olmaganda) kapital oqimining 0.67%ga kamayishiga sabab bo’ladi. 
 
 


46 
9-rasm. Dollar indeksi o'zgarishi va rivojlanayotgan mamlakatlarda portfel 
investitsiyalari oqimi 
Xalqaro moliya instituti (IIF) va Reuters xalqaro agentligi maʼlumotlariga 
koʻra, 2022-yilning iyun oyida rivojlanayotgan bozorlardan 4 mlrd dollar, may oyida 
5.1 mlrd dollar, aprelda 4 mlrd dollar va mart oyida 9.8 mlrd dollar miqdorida kapital 
chiqib ketgan. Taqqoslash uchun, ushbu mamlakatlarga fevral oyida 17,6 mlrd 
dollar, yanvar oyida 1,1 mlrd. dollar miqdorida kapital yo’naltirilgan edi. 
Shunday bo’lsada, rivojlangan mamlakatlar markaziy banklari asosiy foiz 
stavkalarini oshirishda davom etsa, ushbu mamlakatlarda retsessiya xavfi ortib 
boradi. Natijada, qimmatli qog’ozlar bozorlarida investorlarning retsessiya bo’yicha 
kutilmalarining oshishi aksiyalar va obligatsiyalar daromadlilik egri chizig’ining 
pasayishiga olib keladi. Masalan, joriy yil 15 iyun kuni Federal zaxira tizimi 
tomonidan foiz stavkasining 0.75 foiz bandga ko’tarilishi ortidan G’aznachilik 
obligatsiyalari barcha muddatlari bo’yicha daromadlilik ko’rsatkichlari pasaya 
boshladi. 27 iyul kuni federal stavkaning yana bir bor 0.75 foiz bandga oshirilishi 
jarayonni yanada tezlashtirdi. Xususan, 2022 yil 15 avgust holatiga 5 yillik 
obligatsiyalar bo’yicha foiz stavkasi 15 iyundagi 3.38%dan 2.91%ga tushgan bo’lsa, 


47 
10 yillik obligatsiyalar bo’yicha stavka 3.33%dan 2.79%ga, 20 yillik obligatsiyalar 
bo’yicha stavka 3.64%dan 3.31%ga pasaydi. 
10-rasm. AQSH G’aznachilik obligatsiyalari daromadlilik egri chizig’i 
AQSH va boshqa rivojlangan davlatlarda foiz stavkalari o’zgarishidagi ushbu 
tendensiyalar bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan va rivojlanayotgan davlatlardan 
kapital oqim chiqib ketishini sekinlashtiradi yoki kapitalning yana ushbu davlatlarga 
yo’naltirilishini ta’minlashi mumkin. Retsessiya xavfining ortishi esa yaqin 
kelajakda markaziy banklarni asosiy foiz stavkalarini tushirish bo’yicha qarorlar 
qabul qilishga undaydi. Hozirgi sharoitda rivojlangan mamlakatlarda foiz 
stavkalarining oshirilishi 
O’zbekiston iqtisodiyotiga asosan bozor shartlarida olingan tashqi qarz 
(masalan, suveren yevrobondlar va tijorat banklari yevrobondlari) kanallari orqali 
ta’sir ko’rsatadi. So’nggi 3 yilda davlat ulushi mavjud banklarning xalqaro tijorat 
banklari, rivojlanish banklari va xalqaro moliya tashkilotlaridan olingan qarz 
miqdori ko’paydi, bu esa bank sektori tashqi qarzini 2018 yildagi YaIMning salkam 
2% miqdoridan 2021 yilda YaIMning qariyb 10.5%gacha oshirdi (Xalqaro valyuta 
fondi, 2022 yil iyun). 


48 
Global kapital bozorida foiz stavkalarining oshishi tijorat banklarining tashqi 
qarzlariga xizmat ko’rsatish xarajatlarini oshirib, ushbu mablag’lardan olinadigan 
daromadlarini kamayishiga olib kelishi mumkin.
O’zbekiston uchun takliflar Hozirgi geoiqtisodiy hodisalar shuni 
ko'rsatmoqdaki, O'zbekiston global inqirozlar davrida tashqi omillarning 
iqtisodiyotimizga ta'sirini kamaytirish va iqtisodiy o'sishni moliyalashtirishda 
"yashirin" ichki imkoniyatlardan foydalanish bo’yicha islohotlarni davom ettirish 
zarur. Keng ko’lamli islohotlar doirasida chora-tadbirlarni amalga oshirish 
maqsadga muvofiq hisoblanadi:
- kapital bozorini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasini ishlab 
chiqish va bunda institutsional investorlar, ya'ni pensiya fondlari, sug'urta 
kompaniyalari va o'zaro fondlar faoliyatini takomillashtirish va iqtisodiyotdagi uzoq 
muddatli jamg'armalarni jalb qilish orqali mahalliy kapital bozorida talab yaratishni 
nazarda tutish; mahalliy kapital bozorlari kompaniyalarga milliy valyutada ichki 
qarz olish imkoniyatlarini oshirib, valyuta nomuvofiqligi va tizimli risklarni 
kamaytirishga imkon beradi. 
- xususiy pensiya jamg'armalarini tashkil etish orqali institutsional 
investorlarning katta va xilma-xil bazasini yaratish va moliyaviy liberallashtirish 
orqali bozorni xususiy va chet ellik investorlar uchun ochish va investorlar bazasini 
yanada kengaytirish va diversifikatsiya qilish; 
- moliya sektorini isloh qilish (jumladan, banklarni xususiylashtirish) 
jarayonlarini jadallashtirish orqali xususiy sektor jamg'armalari hajmini oshirish, 
xususan aholidan jalb qilingan depozitlarning bank tizimi majburiyatlaridagi 
ulushini 2025 yilga qadar 50%ga yetkazish (2022 yil 1 iyul holatiga 11.7%). 


49 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling