0 ‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini liberallashtirish va
Download 13.71 Kb.
|
kirish pul bank
KIRISH 0 ‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini liberallashtirish va modernizatsiya qilish jarayonlari va mamlakatimizni Yevro Osiyo iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a ’zo bo‘lishi hamda Umumjahon savdo tashkilotlari bilan olib borayotgan aloqalari bevosita amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosatiga bog‘liq. Chunki pul-kredit tizimi mamlakat iqtisodiyotini mablag‘ bilan ta ’minlovchi va iqtisodiy islohotlarning samarasini belgilovchi infratuzilma bo‘Iib hisoblanadi. Shuning uchun ≪oldimizga qo‘yilgan bunday maqsadlarga erishish, awalo, o ‘z imkoniyat va resurslarimizni qay darajada safarbar etishimizga, hamon katta xavfi saqlanib qolayotgan inqiroz oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha 2009—2012-yillarga mo‘ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni so‘zsiz bajarishni nechog‘lik ta ’minlay olishimizga bog‘liq≫‘. Ushbu muammolarni hai etish bevosita ≪Pul, kredit, banklar≫ fanini o ‘rganishga bog‘liq. ≪Pul, kredit, banklar≫ fani ≪Bank ishi≫ yo‘nalishidagi talabalar uchun mo‘ljallangan. Bu fan orqali talabalar zamonaviy pul, bank nazariyasi va moliyaviy boshqaruv, qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar, banklar tomonidan pul muomalasini boshqarishning nazariy asoslarini va amaliy uslublarini o'rganadilar. Bundan tashqari, zamonaviy moliya-kredit nazariyasida 0 ‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiya qilish jarayonlari bo‘yicha qabul qilinayotgan qarorlar samaradorligini baholashning yo'llari va metodlari ko'rib chiqiladi. ≪Pul, kredit, banklar≫ fanining maqsadi talabalami pul-kredit sohasi qonuniyatlari, uning ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi tutgan o'rnini o‘rgatishdan iborat. Shu bilan birga ≪Pul, kredit, banklar≫ fanining vazifalari bo‘lib talabalarga zamonaviy pul, kredit va moliya nazariyasini o‘rgatish, pul-kredit munosabatlarini va rivojlanish yo‘nalishlarini o‘rgatish, hozirgi zamon pul-kredit tizimi qonuniyatlarini tahlil etish; inflatsiya va uni keltirib chiqaruvchi omillarni o'rganish va ularni boshqarishni ko'rsatib berish hisoblanadi. Download 13.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling