1-мавзу Tarbiyaviy ishlarni boshqarishning nazariy aspektlari


Download 0.56 Mb.
bet1/8
Sana31.01.2024
Hajmi0.56 Mb.
#1818488
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-ma\'ruza


1-мавзу
Tarbiyaviy ishlarni boshqarishning nazariy aspektlari.
Мавзу режаси:
1.Tarbiyaviy ishlar va ularni tashkil etish hamda boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari.
2.O‘quvchilar faoliyatining darsdan tashqari tizimini loyihalash.
3.Darsdan tashqari faoliyat tizimi o‘kitishning nazariy va amaliy tizimini to‘ldiradi.
4.Uiing asosiy vazifasi uquvchilarning o‘qishdan tashqari vaqti mobainida o‘zini-o‘zi tarbiyalash va ijtimoiy foydali ms’hnat bilan shug‘ullanish uchun oqilona taqsimlashga yordam berish.


Tayanch so‘zlar: Tarbiyaviy ish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi, insonparvarlik, tadqiqot ob’ekti, tadqiqot predmeti, pedagogik munosabat, axloqiy tarbiya, oila, maktab, mahalla, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, urf-odat, qadriyatlar, an’analar, erkin fikr, jismoniy rivojlanish, shaxs xususiyatlari, komil inson fazilatlari.

Ma’lumki, mamlakatimiz mustaqilligi milliy ta’lim sohasida tub islohotlarni amalga oshirish uchun zamin yaratdi. Zamonaviy talablar inobatga olingan holda, oliy o‘quv yurtlarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirishning o‘quv dasturlarini muntazam takomillashtirib borish ishlarini tashkil etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri xisoblanadi.


Hozirgi vaqtda mamlakatimizning barcha sohalarida islohotlarni amalga oshirish, odamlarning dunyoqarashini o‘zgartirish, yetuk va zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Respublikada ta’lim tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Bunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va tarbiya berish tizimi islohatlar talablari bilan chambarchas bog‘langan bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat talablari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir.
O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlardan asosiy maqsad, yurtimizda sog‘lom va barkamol, bilimli, yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan avlodni shakllantirishdan iborat. Aynan ana shu maqsadga erishish uchun Prezidentimiz rahnamoligida yangi davrda yashaydigan, yangich fikrlaydigan, yangi ishlab chiqarish, ijtimoiy sharoitlarda faoliyat ko‘rsatadigan, zamonaviy kasbiy mahoratga ega bo‘lgan mutaxassis kadrlar tayyorlashning “O‘zbek modeli” hayotga tadbiq etilmoqda.
Hozirgi kunda oliy ta’lim muasasalarini boshqarish soxasida xar bir rahbar xodimlar va professor-o‘qituvchilar normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan o‘z huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini bilishi lozim.
Ushbu dasturda oliy ta’limning normativ-huquqiy asoslari jumladan: O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari bayon etilgan.
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari tomonidan ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishda: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Ta’lim to‘g‘risidagi qonun, farmonlar, qarorlar va buyruqlar kabi normativ hujjatlar qo‘llanilmoqda. Lekin shu kunga qadar ta’lim va tarbiya jarayonlarini sub’ektlari tomonidan ushbu hujjatlarni amalda qo‘llanilishining nazariy va amaliy jixatlari deyarli o‘rganilmagan. Bu holatlar oliy ta’lim muassasalarida qo‘llaniladigan oliy ta’limning normativ-huquqiy asoslarini har tomonlama nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish va tahlil etishni dolzarbligidan dalolat beradi.
O‘zbekiston Respublikasining bundan keyingi rivojlanishi bevosita ta’lim- tarbiya natijasiga bog‘liqligi barchaga ayon. Ta’lim-tarbiyani takomillashtirmay ma’naviy boy barkamol insonni tarbiyalash mushkul. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun va belgilab berilgan ijtimoiy vazifalardan kelib chiqib, yosh avlod ta’lim-tarbiyasini tashkil etishni kundalik hayotning o‘zi talab qilmoqda.
Muhtaram Prezidentimizning O‘zbekiston xalqini buguni va kelajagi asrlarga tatigulik yangi islohotlar, yangi strategik vazifalar belgilab olinadi, shu narsani aytishim mumkinki, so‘nggi 5-6 yildan buyon qilinayotgan ishlar zamirida albatta inson qadriga urg‘u berilayotganligi, insonni ulug‘lash, insonga xizmat ko‘rsatish, xalqimizga xizmat ko‘rsatish g‘oyasi ilgari suriladi. Jumladan, Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich joriy yilni, ya’ni 2023-yilni O‘zbekistonda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yili deb e’lon qildilar va albatta bu biz ta’lim sohasidagi mas’ullarni juda xursand qildi. Shu bilan birga murojaatnomada juda ko‘p masalalar keltirildiki, bu masalalar Oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va islohotlar natijasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va shu islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish ya’ni, jahon bilan bo‘ylashish masalasi ilgari surildi.
Muhtaram Prezidentimizni o‘z chiqishlarida jadid bobolarimizning ezgu- amallari, vatanparvarlik, tinchlik yo‘lidagi va xalqni mustaqilligi yo‘lida olib borgan ishlari va chekgan zaxmatlarini eslatib, ularning fikrlarni aytib, iqtiboslar keltirdilar. Najot tarbiyada, najot ta’limda, najot bilimda ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.
Respublikamiz hukumati xalq ta’limi sohasida o‘rtaga qo‘yayotgan vazifalarni bajarish ko‘p jihatdan o‘qituvchiga bog‘liq. Yangi iqtisodiy siyosatga o‘tish sharoitida ta’lim-tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o‘quvchilarning xilma-xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, mehnatsevar, ma’naviy barkamol inson qilib o‘stirish o‘qituvchi zimmasiga yuklatilgan.
Yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan odamlarning yetishmasligi bizning olg‘a siljishimizda hamon katta to‘siq bo‘lib turibdi. Bunday kadrlarni, avvalambor, yosh kadrlarni topish, o‘stirish, tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalasiga aylanmoqda. Haqiqattan ham bunday fazilatlarga ega bo‘lgan kishini shakllantirish pedagogika va psixologiya fani va shu sohada ishlaydigan mutaxassislari zimmasiga yuklatilgan.
Tabiat, ijtimoiy hayot haqidagi barcha tajribalar asosida muayyan bilimlar ortib bordi. Ta’lim-tarbiya ishlari bilan shug‘ullanuvchi tarbiyachilar kasb-hunar vakillari sifatida ajralib chiqa boshladi. Ularning ta’lim-tarbiya borasidagi faoliyatlari va to‘plangan tajribalaridan o‘rinli foydalanishlari pedagogika fanining vujudga kelishiga olib keladi. Shu asnoda dastlabki maktab ko‘rinishidagi muassasalar vujudga keldi, taraqqiy etdi. Shunday qilib, pedagogika ta’lim- tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari haqida ma’lumot beruvchi fanga aylandi. Demak, pedagogika fani o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson etib tarbiyalashda ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik bilimlar inson faoliyatining maxsus yo‘nalishlarida yosh avlodni ijtimoiy hayotga tayyorlashda va tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham pedagogika va psixologiya fani jamiyatning rivojlanishida, odamlarning ijtimoiy ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma’naviy tajribalarini keyingi avlodga yetkazishini hal qiluvchi va jamiyatning rivojlanishini ta’minlovchi fan deyish mumkin. Bu haqda AQShning buyuk pedagogi Bendjamin Spok “Mening oldimda ikki asosiy vazifa aniq bo‘la boshladi. Bu bir tomondan, pedagogikani asrimizning ma’naviy darajasiga ko‘tarish bo‘lsa, ikkinchi tomondan, men tarbiyaning psixologik- pedagogik qonuniyatlarini falsafiy anglab yetish bilan birga ota-onalarga aniq tavsiyalar berish, ularning savollariga aniq javob berishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim” - degan edi. Haqiqatan ham psixologiya va pedagogika fani inson shaxsini ma’naviy kamolotini ta’minlaydigan fan bo‘lmog‘i darkor.
Tarbiya jarayonining mohiyati inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlari va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi sifatida qaralmoqda.
Avvalambor, tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga suyanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, huquqshunoslik, psixologiya fanlari ma’lumotiga asoslanadi.
Hozirgi zamon psixologiya va pedogogikasida tarbiya, tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy shunchalik ta’sir ko‘rsatish emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir-biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi ekanligi alohida ta’kidlanadi.
Yaxshilik fazilati ikkala tomonning ham yaxshi niyatli, xayrixoh, mehribon bo‘lishini taqozo qiladi. Shaxs axloqini xarakterlaydigan belgilaridan biri mas’uliyatdir. Uning mas’uliyati – mas’uliyat tushunchasining butun mazmunini saqlagan holda muallimning faoliyati va ta’lim-tarbiya jarayonining aniq vazifalarini ham o‘z ichiga oladi. O‘qituvchi zimmasiga bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish mas’uliyati yuklanadi.
Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g‘oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik hislari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi.
Hamma davrlarning ilg‘or kishilari tabiatga yuqori baho berganlar. Xalq donishmandlari va mutafakkirlaridan Zardo‘sht, Muhammad al-Xorazmiy, Imom al- Buxoriy, Imom Termiziy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Mahmud Qoshg‘ariy, Shayx Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Burhoniddin Zarnudjiy, Bahouddin Naqshband, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahriddin Bobur, Zavqiy, Furqat, Avaz O‘tar, Hamza, Abdulla Avloniy inson kamolotini ilm fan va tarbiyada deb bildilar.
Tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlarini shakllantirishga uning atrofdagi dunyoga, jamiyatga, odamlarga, o‘ziga nisbatan munosabatlari doirasini vujudga keltirishga va kengaytirishga qaratilgandir.
Shaxsning turmushdagi turli jihatlarga munosabatlari tizimi qanchalik keng, xilma-xil va chuqur bo‘lsa, uning ma’naviy dunyosi shunchalik boy bo‘ladi. Tarbiya shaxsni ijtimoiylashtirish uning aniq hayotiy mavqeini shakllantirish jarayonidir. Tarbiya shaxsning ongliligi, faolligi, doimiyligi, vatanparvarligi, insonparvarligi va boshqa fazilatlarini shakllantiradigan jarayondir. Tarbiya o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p faktorli, xarakterga ega. Buning ma’nosi shuki, bola shaxsning qaror topishi maktab, oila, jamoatchilik, ijtimoiy muhit va yaqin atrofdagi vaziyatning bevosita yoki bilvosita ta’siri ostida ro‘y beradi. Hamma narsa: odamlar, ashyolar, hodisalar, voqealar avvalo ota-onalar va pedagoglar tarbiyalaydilar.
Tarbiya jarayonini mashhur pedagog Abdulla Avloniy “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, - yo mamot, - yo najot, - yo halokat, - yo saodat, - yo falokat masalasidir” deb ta’riflagan. H.H.Niyoziy: “Agar yaxshi tarbiya kishining qimmatbaho boyligi bo‘lsa, yomon tarbiya uning uchun haqiqiy baxtsizlik hisoblanadi va ko‘pincha uni halok etadi”, - deb tushungan.
Ta’lim orqali nazariy kamolotga erishiladi. Tarbiya esa Forobiy fikricha bu kishilar muloqotda etnik qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo‘ldir deb ta’rif bergan, hamda “Insoniy maqsad - oliy baxt-saodatga erishuvni o‘ziga g‘oya va oliy maqsad qilib olishi kerak”.
Qur’oni karimdagi va Hadisi sharifdagi axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar, hikmatlar, maqollar asrlar davomida ota-bobolarimiz hayotida tarkib topgan milliy urf-odatlar, ma’naviyatimiz durdonalari - Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, Sa’diy Sheroziy va boshqa siymolar, yozuvchilarning axloq haqidagi fikr mulohazalarni hozir ham qimmatini yo‘qotmagan va yoshlar tarbiyasida manba bo‘lib xizmat qilaveradi.
Imom Al-Buxoriy “Axloqning yaxshi bo‘lishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik - mana shu to‘rt xislatni Olloh Taolo senga bergan bo‘lsa, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo‘lsang ham zarari yo‘qdir” - degan edi.
A.Avloniy “Insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi yomonlardan qaytaruvchi bir ilmdir. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurg‘on kitobni axloq deyilur.”
Yu.X. Xojib “Kimning odobi yaxshi, va axloqi to‘g‘ri bo‘lsa, u kishi o‘z maqsadiga yetadi va baxt unga kulib boqadi, Zero, “Yaxshi axloq jamiyatning yaxshiliklarning zaminidir” va yana “Halol, haqgo‘y, axloq-odobli kishi har qanday qimmatbaho narsadan qimmatlidir,”-deb bejiz ta’kidlamagan.
Axloq kishining xulq-atvorida, e’tiqodida, yurish-turishida, fikr- mulohazasida, mushohada va muloqotida ko‘rinadi. Axloqli odam o‘zini qattiq hurmat qiladi, unda ichki intizom kuchli bo‘ladi.
Yuqoridagi fikrlar shundan dalolat beradiki, jamiyatimizning kuchli, fan- texnika taraqqiyoti, moddiy boyligimiz va ma’naviy o‘sishimiz, axloqiy kamolotdandir.
Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga, mashqqa degan edi, Arastu. Tarbiya ko‘pgina sabablarga, o‘quvchilarning individual-tipologik tafovutlariga, ularning hayotiy va ma’naviy tajribasiga, shaxsiy faolligiga bog‘liq.
Qadimgi Sharq maqollaridan birida shunday deyilgan: “Agar o‘zingni bir yilga ta’minlamoqchi bo‘lsang - sholi ek, o‘n yilga ta’minlamoqchi bo‘lsang - daraxt ek, yuz yilga ta’minlamoqchi bo‘lsang - odam tarbiyala”. Bu ta’riflarning barchasi shaxs tarbiyasining u yoki bu qirralarini ilmiy jihatdan asoslashga qaratilgandir.
Pirovard natija har tomonlama kamol topgan, yetuk, barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgandir. Tarbiya jarayonining eng asosiy maqsadi har tomonlama va uyg‘un kamol topgan, yangicha fikrlaydigan shaxsni shakllantirishdir. Bu qiyin jarayon ikki tomonlama bo‘lib, uyushtirishni va rahbarlikni boshqarishni ham, tarbiyalanuvchi shaxsining faollik ko‘rsatishni ham taqoza qiladi. Ammo bu jarayonda pedagog yetakchi rol o‘ynaydi va tarbiyaning umumiy maqsadini amalga oshiradi.
Tarbiya jarayonining mohiyati tartibga kompleks yondashishni talab etadi. Tarbiyani qurilishga qiyoslash mumkin. Kompleks yondashish ob’ektiv ravishda aqliy, g‘oyaviy, axloqiy, mehnat, estetik, jismoniy, iqtisodiy, huquqiy, ekologik, ma’naviy va hakozolarning birligini, tarbiya jarayonini tashkil etishning: individual, guruhli va ommaviy shakllarini qo‘shib olib borishini, usullari hamda vositalarini maqsaddan kelib chiqib olib borilishini ta’minlaydigan pedagogik tizimni keltirishni va ularni amalda qo‘llashni talab etadi.
Xulosa o‘rnida shuni ayishim mumkinki, ta’lim va tarbiya shaxsning shakllanishi uzoq davom etadigan va aslida uzluksiz jarayon bo‘lib bu jarayon bola maktabga kelishidan ilgariroq boshlanadi va butun umr bo‘yi davom etadi.
Yuqorida asoslangan psixologiya va pedagogika fanining asosiy kategoriyalari o‘zaro uzviy bog‘liq holda olib borilib, barkamol insonni shakllantiriradi. Demak, tarbiya jarayoni umuminsoniy miliy va har bir shaxsnining o‘ziga xos qobiliyatlarini rivojlantiruvchi ijtimoiy jarayonlardir deb xulosa chiqarish mumkin.
Tarbiyaviy munosabatlar jarayonini tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish unga qo‘yilgan talablarni hisobga olgan holda tanqidiy tahlil qilish hamda yangilash bilan bir qatorda, mazkur tarbiyaviy jarayonlarni tashkil etish va boshqarish tizimini mazmun jihatdan boyitishni talab qilmoqda. Chunki, bugungi kunda tarbiyaviy munosabatlarni tashkil etishda va boshqarishda yaratilayotgan sharoitlar, zamonaviy o‘zgarishlar barcha imkoniyatlardan foydalana oladigan, o‘ziga va o‘z faoliyatiga nisbatan talabchan, ta’lim muassasalari va ota- onalar hamkorligini yo‘lga qo‘ya oladigan, o‘z ishining ustasi bo‘lgan, o‘z sohasining sirlarini har tomonlama chuqur o‘zlashtirgan, o‘zini o‘zi rivojlantiruvchi hamda o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini to‘la ishga sola biladigan tarbiyachi-pedagoglarga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirmoqda.
Tarbiyaviy munosabatlar jarayonini sifat jihatdan takomillashtirishga qo‘yilayotgan talablar sirasiga: pedagogik jarayonlarda bo‘lajak pedagog tarbiyachilarni shaxslararo muloqotga tayyorlash, subyekt-subyekt munosabatlariga kirishish; kompetensiyaviy diagnostika; tarbiyaviy jarayonlarni tashkil etish va boshqarishning innovatsion texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etishga oid bilimlar bilan qurollantirish; ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirish; tarbiyaviy jarayonlarni sifatli tashkil etish va boshqarishga oid zamonaviy yondashuvlarni egallashlariga shart-sharoit yaratish va mazkur jarayonni muntazam takomillashtirish metodlarini o‘zlashtirishlarini ta’minlash kabilarni kiritish mumkin.
Ma’lumki, axborot texnologiyalarining hayotimizning turli jabhalariga keng va jadal kirib kelishi axborotlashgan jamiyatni shakllantirishga zamin yaratmoqda. Ta’lim muassasalarida innovatsion pedagogik texnologiyalar va o‘qitishning zamonaviy elektron vositalarining qo‘llanilishi esa kadrlar sifatiga salmoqli ta’sir ko‘rsatadi. Milliy kadrlarni tayyorlash talablari asosida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini axborot- kommunikatsiya texnologiyalari asosida rivojlantirish bevosita hozirgi kunning dolzarb vazifasidir.
Talabalarda tarbiyaviy-munosabatlar jarayonlarini tashkil etish va boshqarishda ularning faolligini ta’minlashga qaratilgan motivlashtirish kasbiy faoliyat uning mazmun- mohiyati, ahamiyati va zaruriyatini, umummilliy qadriyatlarni, milliy urf-odatlarni, Davlat ramzlarini, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalarini, fan- texnika yutuqlarini, milliy tariximizni o‘rganishga undashning ko‘p darajali va murakkab tizimi hisoblanib, ehtiyojlar, qiziqishlar, intilishlar, vositalar, e’tiqod, maqsad, orzu-istak, manfaatlar, talablar va boshqalar mazkur tizimning komponentlari sifatida xizmat qiladi.
Shunday ekan, talabalarda tarbiyaviy-munosabatlar jarayonlarini tashkil etish va boshqarishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy tushunchalarni faol o‘zlashtirishga qiziqishni shakllantirish, ya’ni ta’lim-tarbiya jarayonlarida faol ishtirok etishga talabalarni motivlashtirish yo‘nalishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan shaxs-faoliyat yondashuvini tatbiq etish ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Bizga ma’lumki, Konfutsiyning bundan 3500 yil oldin "eshitganimni yodimdan chiqaraman, ko‘rganimni eslab qolaman, mustaqil bajarsam tushunib yetaman", degan fikrlari hozirga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ta’limda informatsion hamda pedagogik texnologiyalarni qo‘llaganda tinglovchi eshitish, ko‘rish, ko‘rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni tashkillashtirish uchun ma'lum bir shart-sharoitlar mavjud. Birinchidan, axborot resurslari bo‘lishi kerak.
Bularga,

  • shaxsiy kompyuter;

  • proektor;

  • multimediya vositalari;

  • skaner (murakkab sxemalar va chizmalarni, negativ plyonkadagi tasvirlarni kompyuterga o‘tkazish uchun);

  • raqamli fotoapparat;

  • videokamera (videokonferensiyalar o‘tkazish uchun va yana boshqa maqsadlarda) kiradi.

Ikkinchidan, maxsus dasturiy ta’minotlar mavjud. Ta’lim tizimida multimediya elektron o‘quv adabiyotlar, ma’ruzalar, virtual laboratoriya ishlari, har xil animatsion va yana boshqa ishlarni yaratishda kerak bo‘ladigan maxsus dasturlar hisoblanadi.
Bu dasturlar juda ko‘p bo‘lib, misol uchun: animatsion roliklar yaratish uchun Macromedia Flash MX dasturidan foydalaniladi. Multimediyali taqdimot ma’ruzalarini yaratishda hammamizga ma’lum bo‘lgan Power Point va Macromedia Authorware dasturidan foydalaniladi. Elektron o‘quv adabiyotlarini yaratish davomida keng foydalaniladigan tahrir qiluvchi dasturlar ham mavjud bo‘lib, ulardan, Adobe Photoshop dasturi yordamida rasmlarni tahrir qilish, sifatini oshirish uchun foydalaniladi.
Multimediya vositalari (multimedia - kыpvositalilik) – bu insonga o‘zi uchun tabiiy muhit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqotda bo‘lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir.
Multimedia vositalari asosida tinglovchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo‘lga qo‘yish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida hayotimizga kirib keldi. Multimedia – bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya (ob’yektlarining fazodagi harakati) effektlari asosida o‘quv materiallarini o‘quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir.
Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish quyidagi afzalliklarga ega:

  1. berilayotgan materiallarni chuqurroq, va mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyati bor;

  2. ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi:

  1. ta’lim olish vaqtining qiskarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;

  2. olingan bilimlar o‘quvchi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo‘lganda amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishiladi.

Ta’limni axborotlashtirish– ta’lim-tarbiyaning pedagogik-psixologik maqsadlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish va ularni yaratish amaliyoti va metodologiyasi bilan ta’lim sohasini ta’minlash jarayonidir.
Bu jarayon birinchidan, ilmiy-pedagogik ma’lumotlar bazasidan foydalanish asosida ta’lim tizimini boshqarish mexanizmini takomillashtirishni, ikkinchidan, zamonaviy axborot jamiyatida shaxsni rivojlantirish maqsadlarida ta’lim-tarbiyaning tashkiliy shakllari va metodlari, mazmunini tanlash va metodologiyasini takomillashtirishni, uchinchidan, o‘quv- chini intellektual salohiyatini rivojlantirishga, unda mustaqil bilim olish malakasini shakllan- tirishga yo‘naltirilgan o‘qitishning metodik tizimini yaratishni, to‘rtinchidan, o‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholashning diagnostik metodlari va kompyuter testlardan foydalanishni va ularni yaratishni tezlashtiradi.
Sodda qilib aytganda, belgilangan maqsadlarga va ko‘zlangan natijalarga erishish uchun mos keluvchi metodlar va yondashuvlardan oqilona foydalangan holda tashkil etilgan ta’lim-tarbiya va tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarida kasbiy faoliyatga tayyorlash , uning mazmun-mohiyati, ahamiyati va zaruriyatini anglagan, aynan shu jarayondan boshlab o‘z tushunchalari, qobiliyati va imkoniyatlarini boshqacha yo‘naltiruvchi, boshqalar bilan erkin suhbat qura oladigan, mustaqil va erkin fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan shaxs, ya'ni keng dunyoqarashga ega bo‘lgan talaba shaxsi shakllanadi.
Bizning fikrimizcha, zamonaviy kompyuter texnologiyalari orqali tarbiyaviy- munosabatlar jarayonlarini tashkil etish va boshqarishda ta’lim berish va qayta tayyorlash jarayonida keng foydalanish, kelajakda yetuk va yuqori malakali mutaxassislarni kamol toptiradi.
Ta’lim – boshqariladigan jarayon bo’lib, uning natijasi, ko’p jihatdan, tayyorlangan didaktik loyihaga bog’liq. Didaktik loyiha esa ta’lim texnologiyasining mahsulidir. Talabalarning bilish faoliyatini didaktik loyihaga ko’ra boshqarish ta’lim texnologiyasining pedagogik asosi sanaladi. Har qanday jarayonning boshlanishi va yakuni mavjud bo’lganidek, didaktik loyihani amalga oshirishning ham kirish va chiqish nuqtalari bor. Ikki nuqta orasiga juda ko’p nuqtalarni joylashtirish mumkin bo’lganidek, didaktik loyihani amalga oshirish ibtidosi bilan intihosigacha bo’lgan masofada ta’limning samarali usullari, vositalari ko’p topiladi. Bu yerda ta’lim texnologiyasi eng samarali usul bo’lib, ta’limning samarali shaklini tanlashda o’qituvchiga yordamga keladi.
Ta’lim jarayoni bo’yicha qilinadigan ishlar ikki qismdan iborat: ta’lim loyihasini tayyorlash va loyihani amalga oshirish.
1. Ta’lim loyihasini tayyorlash. Loyiha o’qituvchi yoki ekspert a’zolari tuza olish faoliyatining mahsuli bo’lib, qator umumiy xususiyatlarga ega. Loyiha asosida pedagog va talabalarning kelajakda birgalikda amalga oshiradigan faoliyati yotadi.
Ta’lim loyihasi ma’lumot mazmunini davlat standartlari talablari asosida tahlil etishdan boshlanadi. Tahlil ma’lumot mazmuni elementlari (bilimlar, ko’nikma va malakalar, ijodiy faoliyat tajribasi, munosabatlar) dasturlarda qanday berilganligi, darsliklarda qanday aks ettirilganligiga qaratiladi. Keyin ta’lim mazmuni o’rganiladi, u yoki bu mavzuni o’rganishdan ko’zda tutilgan maqsad, ta’limning didaktik maqsadi, pedagog va talabalar maqsadi, maqsadlarni amalga oshirish va hisobga olish varaqalari, beriladigan uy ishlari miqdori, mavzular bo’yicha o’tkaziladigan test savollari, reyting nazorati bosqichlari, etalon darajasida o’zlashtirish usuli oldindan belgilab qo’yiladi. Bu ishlarning barchasi ongda ta’lim modelini yaratishga olib keladi.
2. Ta’lim loyihasini amalga oshirish. Ta’lim loyihasi bevosita ta’lim sharoitida amalga oshiriladi. Bu jarayonda quyidagi ishlarga alohida e’tibor qaratiladi:
- o’rganilayotgan mavzu bo’yicha maqsad, vazifalar bilan talabalarni oldindan tanishtirish, muammo, topshiriqlarni, shuningdek, uy vazifalari, mustaqil bajariladigan ishlarni, ularni bajarish tartibi, paytini e’lon qilish, mavzuni to’liq o’zlashtirish bo’yicha ko’rsatmalar berish, o’zlashtirish me’yorlarini aytib berish;
- talabalarni faol, mustaqil faoliyatga rag’batlantirish, ular diqqatini bo’lim yoki mavzu mazmuniga tortish, uni qanday o’rganish zarurligini aytib berish, bilishga qiziqish uyg’otish, o’qish-o’rganishga havas, muammolarni bajarishga ehtiyoj uyg’otish, emostiyalar, tafakkur hodisalari, bilimlarni o’quv holatlariga tatbiq etish yo’llari orqali mavzu bo’yicha ma’lumotlar to’plash, to’plangan ma’lumotlar yuzasidan joriy nazoratni tashkil etish, mavzuni to’liq o’zlashtirishga oid o’zgarish, qo’shimcha, tuzatishlarni belgilash;
- bo’lim yoki mavzu bo’yicha to’plangan bilimlarga ishlov berish.
Ta’lim jarayoni stoxastik xarakterga ega. Unda kutilgan va kutilmagan, rejalashtirilgan, favqudlodda va tasodifiy hodisalar ham uchrab turadi. O’rganilgan bilimlarga ishlov berish jarayonida ham joriy nazorat natijalariga asoslanib loyihaga yangi o’zgarish, qo’shimcha va tuzatishlar kiritiladi;
- bo’lim yoki mavzu bo’yicha umumiy xulosalar chiqarish, chiqarilgan xulosalarni murakkab o’quv holatlariga tatbiq qilish, oraliq nazorat natijalariga ko’ra mavzu yoki bo’lim bo’yicha axborot to’plash, to’plangan axborotlarga ishlov berish jarayonlarida talabalar erishgan yutuqlarni tahlil qilish, talabalarning bilim va malakasi, ijodiy faoliyat tajribasidagi kamchiliklarini ko’rsatish, guruhdagi har bir talabaga yakuniy nazoratgacha bajariladigan qo’shimcha topshiriqlarni berish, ularni o’quv materialini yanada atroflicha o’zlashtirishga rag’batlantirish;
- yakuniy nazoratning asosiy vazifasi talabalarning ma’lumot va ta’lim mazmuni elementlarini etalon darajasida o’zlashtirishlarini aniqlash, etalon darajasidan past o’zlashtirgan talabalarni ogohlantirish, qo’shimcha topshiriqlar berish kabilardan iborat.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling