1-мавзу Tarbiyaviy ishlarni boshqarishning nazariy aspektlari


Download 0.56 Mb.
bet8/8
Sana31.01.2024
Hajmi0.56 Mb.
#1818488
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-ma\'ruza

O‘quvchilarni fuqarolik ruhida tarbiyalashda davlat ramzlaridan foydalanish. Davlvt ramzlari muayyan millat, elatning etnopsixologik xususiyatlari, qarashlari, orzu-umidlari, intilishlari hamda maqsadi, hududiy, ijtimoiy-g‘oyaviy birlik mohiyatini anglatishga xizmat qiluvchi tasviriy belgilar majmuidir. Muayyan davlatning bayrg‘oi, gerbi (tamasi) hamda madhiyasi davlat ramzlari majmuini ifodalaydi.
Davlat ramzlari o‘zlarida chuqur siyosiy va ijtimoiy-g‘oyaviy mazmunni ifoda etadi. Davlat ramzlari (bayroq, gerb)da tasvirlangan ranglar, tasvirlar muayyan xalq, millat o‘tmishi, qadim an’analari, xalqning turmush tarzi, orzu-umidlari, maqsadi, hayotiy intilishlarini ifoda etishga xizmat qiladi. Davlat madhiyasida esa xalq, millat, davlat va jamiyatning yagona maqsadi, birligi g‘oyalari tarannum etiladi.. Davlat ramzlari davlatning mavjudligini ko‘rsatuvchi belgilar sanaladi. Ramzlar - bu shartli belgilar bo‘lib, ular qadim davrlardayoq turli xalqlarda u yoki bu hodisa, olam, mavjudot, odamlar tasvirini, ularning qarashlarini ifodalagan.
O‘zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligining e’lon qilinishi ijtimoiy- siyosiy mustaqillikni ifoda etuvchi ramzlarni yaratishni taqozo etdi. Shu munosabat bilan 1990-yil 30-martda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi Qaror qabul qilindi va bu borada amaliy ishlar boshlab yuborildi. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrda bo‘lib o‘tgan XII sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi qabul qilindi. Ushbu madhiya mualliflari O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripov va taniqli bastakor Mutal Burxonovdir.
Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling