1-мавзу Tarbiyaviy ishlarni boshqarishning nazariy aspektlari
Download 0.56 Mb.
|
1-ma\'ruza
Masala-2. Besh og’a-inining uchinchisi biznes qilaman deb katta qarzga botib qoldi. Nihoyatda ahvoli tang bo’lgan uka akalaridan qarz so’radi. o’ziga to’q akalari qarzni qaytarib bera oladimi, yo’qmi? deb unga qarz berishmadi. Uka nima qilishini bilmay, o’zini har tomonga urdi. Oxiri noiloj bir qaltis ishga qo’l urib, qamalib ketdi. Mahallada: “Ukamning bolalarini biz boqayapmiz, hech narsaga muhtojlik joyi yo’q“,- deb ko’kragiga urib yurgan akalarni qanday baholaysiz?
Tayanch iboralar: O’quv-tarbiya, vaziyat, loyiha, loyihalash, tarbiya, ta’lim, tarbiyalash, tarbiyaviy jarayon, ta’lim oluvchi, o’quv faoliyati, ta’lim loyihasi, ma’lumot, mustaqil faoliyat, mezon, mutaxassis, oila, ota-ona, majburiyat, vazifa, burch Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi. Pedagogik adabiyotlarda "Tarbiya" atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda Tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga qaratilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig'indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g'oyalari, adabiyot, sanʼat, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi tarbiya tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot olish ham kiradi. Tor maʼnoda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, maʼnaviy-axloqiy qiyofasi, estetik didining oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila, tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Taʼlim va maʼlumot olish tor maʼnodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya taʼlim bilan chambarchas bogʻliq holdagina mavjud boʻladi. Chunki taʼlim va maʼlumot olish jarayonida shaxsningqaakat bilimi koʻpayibgina qolmay, balki axloqiy-maʼnaviy sifatlning qaror topishi ham tezlashadi. Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning , umuman, jamiyat aʼzolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shugʻullanmagan mamlakat turgʻunlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, oʻsishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va maʼnaviy boyliklar ishlab chiqarish toʻxtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va maʼnaviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va maʼnaviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat koʻrsatadigan tarbiyaviy intizomlar tizimiga ega boʻlishi lozim. Tarbiya jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha izohlab kelingan. Shoʻro zamonida hukmron kommunistik mafkura tarbiyaga sinfiy va partiyaviy hodisa sifatida yondashishni talab etgan. Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda tarbiya faqat sinfiy xususiyatga ega boʻladi va turli sinflarning tarbiyasi bir-biriga qarama-qarshi turadi degan qarash qaror topgan. Holbuki, dunyo ilmi, ayniqsa, Sharq tarbiyashunosligi va oʻzbek xalq pedagogikasi tajribasi tarbiyaning sinfiy koʻrinishga ega emasligini isbot etdi. Shuningdek, kommunistik mafkura tazyiqi tufayli tarbiyada ijtimoiy muassasalarning oʻrniga ortiqcha baho berildi, bu jarayonda irsiy va biologik xususiyatlar deyarli xisobga olinmadi. Shoʻrolar davrida tarbiya orqali har qanday odamni istagan ijtimoiy qiyofaga solish mumkin degan qarash hukmron boʻlganligi uchun ham uning shaxsni shakllantirishdagi oʻrniga oshiqcha baho berildi. Tarbiyalanuvchi shaxsining tarbiyaga berilish yoki berilmaslik xususiyatlarining hisobga olinmasligi tarbiyaviy tadbirlarga maxliyo boʻlishdek pedagogik xatolikka olib keldi. Buning natijasida tarbiya maqsadsiz boʻlib qoldi, tarbiyalanuvchilarga alohida shaxs sifatida emas, istalgan ijtimoiy yoʻnalishga solinishi mumkin boʻlgan qiyofasiz tuda, olomon tarzida qarash karor topdi, bu hol tarbiyaning samarasizligiga olib keldi. Chunki tarbiyaning asosiy obʼyekti boʻlmish shaxs va uning oʻziga xoslik jihatlari unutilgan edi. Shoʻro pedagogik tizimidagi kamchiliklarning ildizi, asosan, mana shu yondashuv tarziga borib taqaladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiya va unga bogʻliq jarayonlarga yangi hamda sogʻlom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Uni izohlashda gʻayriilmiy sinfiypartiyaviy yondashuvdan voz kechildi. Tarbiyaning milliyligiga alohida eʼtibor karatilmoqda. Buning uchun xalq ped.si boyliklari, oʻzbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlari sinchkovlik bilan oʻrganilayotir. Natijada, Oʻzbekiston pedagogikasi fani va amaliyotida oila tarbiyasining ham, ijtimoiy tarbiyaning ham oʻziga xos oʻrni borligi tan olina boshlandi. Shuningdek, tarbiyada irsiy va biologik omillar ham hisobga olinadigan boʻldi. Ayni vaqtda, shaxsning shakllanishida tarbiyaning oʻrniga keragidan ortiq baho berish ham barham topdi. Bu hol tarbiyaga doyr hodisa va holatlarni toʻgʻri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini toʻgʻri tayin etish imkonini berdi. Tarbiya- yosh avlodga ilmiy bilimlar sistemasini, malaka va ko‘nikmalarni maxsus metod va vositalar orqali rejali ravishda singdirib borish va uning natijasini har tomonlama shakllangan kishini tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yadi. Tarbiya- ma‘naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda o‘qituvchining o‘quvchi bilan, tarbiyachining tarbiyalanuvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro ommaviy va nazariy muloqotdir. Tarbiya- keng ma‘noda u yoki bu sifatlarning yoki ijtimoiy guruhlarning maqsadiga muvofiq odamlarning yangi avlodlariga , avval avlodlarning ijtimoiy-tarixiy tajribasini uzatish vositasi bilan jamiyatning rivojlanishini ta‘minlovchi vazifadir. Tarbiya jarayoni- shaxsni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini asta-sekin ko‘nikmaga aylantirib borishdagi asosiy jarayondir. Tarbiya vazifasi: ma‘naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutilgan holda tarbiyalovchi bilan tarbiyalanuvchi aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi, tarbiyaning qanday metoddan foydalanishga bog‘liqligidir. Tarbiyaning xususiyatlari: tarbiyaviy texnologiyaning komplektlik xususiyati, tarbiyaviy texnologiyaning ierarxiyalik,tizimlilik, yaxlitlilik. 2-reja. Aqliy tarbiya - bu aqlni rivojlantirish maqsadida yoshlarga muntazam va maqsadga muvofiq pedagogik ta‘sir ko‘rsatish. Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy bilimlarni o‘zlashtiribgina qolmay , har qanday vaziyatlarda o‘zini ana shu normalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy tarbiyalangan kishilardir. Estetik tarbiya -bu bolalarga voqelikdagi, san‘atdagi, tabiatdagi, turmushdagi go‘zallikni idrok qilish va ularning badiiy didini o‘stirish,go‘zallikka muhabbat uyg‘otish qobiliyatlarini tarbiyalashdir. Huquqiy tarbiya- muntazam olib boriladigan,aniq maqsadni ko‘zlagan va shaxsda huquqiy ong, huquqiy bilim va qoidalarga rioya etish jihatlarini namoyon etishga undaydigan pedagogik yo‘ldir. Ekologik tarbiya-insonni tabiatga qadam qo‘yganidan boshlab,butun hayoti davomida tabiatdan ongli ravishda foydalanishga, tabiiy boyliklarni ko‘paytirish , bog‘-u rog‘lar, gulzorlarni tashkil qilishga undashdan iboratdir. Iqtisodiy tarbiya bolalarda tejamkorlik, ishbilarmonlik,iqtisodiy hisob -kitob qilish qobiliyatini shakllantiradi.Shaxsni barkamol shakllanishining zarur shartidir. Yoshlarni iqtisodiy tarbiyalash pedegogikaning asosiy muammolaridan biridir. Mehnat tarbiyasi- kishidan ijtimoiy foydali mehnatga ichki ehtiyoj, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, ishchanlik, ishning ko‘zini bilish singari sifatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Sensor tarbiya- pedagogika fanida bolalarning aqliy,estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasining asosi hisoblanadi.Sensor tarbiya hissiy bilish qobiliyatlarini shakllantirishga,idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik ta‘sir sistemasidir. Jismoniy tarbiya-sog‘liqni mustahkamlashga, odam organizmini uyg‘un ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismidir. Sharqning qomusiy mutafakkiri Abu Nasr Farobiy insonni har tomonlama takomillashtirish, ularni umumiy baxt-saodatga yetaklash yo‘llarini o‘zining ijtimoiy-siyosiy ta‘limoti markaziga qo‘yadi. U ijtimoiy tarbiyani tartibga solish,uni boshqarish masalalariga alohida e'tibor bergan. Mehnat faoliyatini tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi degan xulosaga kelgan. Ibn Sino bola tarbiyasining barcha murakkabliklari va qiyinchiliklarini tushungan. U jismoniy jazoning me‘yoridan ortib ketishiga qarshi chiqqan. Uning fikriga ko‘ra risoladagidek tarbiyani amalga oshirish uchun bolalarga insoniy munosabatda bo‘lish darkor. Tarbiyachining o‘zi bola shaxsini hurmat qilishi, uni sevishi va bola bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi lozim. Alisher Navoiy bola shaxsini shakllantirish va tarbiyalash masalalariga juda katta ahamiyat bergan. U farzandni oilaga quvonch va baxt keltiruvchi shamchiroq, deb bilgan. Bolaga uning yoshiga qarab eng kichik yoshdan to‘g‘ri tarbiya berish zarur, fanlarni iloji boricha barvaqt boshlash lozim, deya ta‘kidlagan. Abdulla Avloniy fikriga ko‘ra, tarbiya qiluvchi muallimlarning o‘zlari ilmlariga olim bo‘lib, shogirdlariga bergan darslarini amal ila o‘rgatmoqlari lozim. Bu ta‘lim ila berilgan dars va ma‘lumot shogirdlarning diliga tez ta‘sir qilib ,ular ilmli odobli bo‘ladilar. Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydigan kishilardir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim bo‘lib , amalsiz bo‘lsa , bu shogirdlar axloqiga yomon ta‘sir ko‘rsatadi. "Tarbiya - biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir" Tаrbiya vа uni аmаlgа оshirish muаmmоsi bаrchа zаmоnlаrdа hаm dоlzаrb bo’lib kеlgаn. Chunki jаmiyatning qаy dаrаjаdа tаrаqqiy etgаnligi shu jаmiyatdа yashаyotgаn оdаmlаrning mа‘nаviy sаviyasi bilаn o’lchаnаdi. Tаlаbаlаr shахsini kаmоlgа yеtkаzish, mа‘nаviy bоylikni, ахlоqiy kоmillikni, jismоniy mukаmmаllikni o’zidа mujаssаmlаshtirgаn, jаmiyat hаyotidа fаоl ishtirоk etuvchi yoshlаrni tаrbiyalаshni tаqаzо etаdi.Bo’lаjаk pеdаgоglаr, murаbbiylаr birinchi nаvbаtdа tаrbiyachi vа jаmiyat siyosаtini hаmdа mаfkurаsini yoshlаr оngigа yеtkаzuvchi аsоsiy shахs bo’lgаnligi bоis, tаriхiy аhаmiyatgа egа bo’lgаn «Tа‘lim to’g’risidа»gi qоnun vа mоhiyatini yanа bir bоr chuqur tаhlil o’rganish zаrur. Hаr qаndаy mаmlаkаtning kuchi fuqаrоlаrning mа‘nаviy yetukligidadir. Intеllеktuаl sаlоhiyati esа tа‘lim tizimining mаzmunini shахsning hаr tоmоnlаmа shаkllаnishi uchun mоddiy vа mа‘аnаviy shаrt-shаrоitlаrning mаvjudligi, jаmiyatdа - tа‘lim vа kаdrlаr tаyyorlаsh tizimini jаmiyatdа аmаlgа оshirilаyotgаn yangilаnish vа rivоjlаngаn huquqiy dеmоkrаtik dаvlаt qurilishi jаrаyonlаrigа mоslаshish; -kаdrlаr tаyyorlаsh tizimi muаssаsаlаrini yuqоri mаlаkаli mutахаssislаr bilаn tа‘minlаsh, pеdаgоg fаоliyatining nufuzi vа ijtimоiy mаvqеini ko‘tаrish; -tа‘lim оluvchilаrni mа‘nаviy-ахlоqiy tаrbiyalаshning vа mа‘rifiy ishlаrning sаmаrаli shаkllаri hаmdа uslublаrini ishlаb chiqish vа amalda jоriy etish; -tа‘lim vа kаdrlаr tаyyorlаsh, tа‘lim muаssаsаlаri xodimlarini 8 аttеstаtsiyadаn o‘tkаzish vа muassasani аkkrеditаtsiya qilish sifаtidа bаhо bеrishning хоlis tizimini jоriy etish; -kаdrlаr tаyyorlаsh sоhаsidа o‘zаrо mаnfааtli хаlqаrо hаmkоrlikni rivоjlаntirish vа hоkаzоlаr. qаrоr tоpgаn ijtimоiy sоg’lоm muhit dаrаjаsi, shuningdеk, ijtimоiy munоsаbаtlаr mаzmuni, аhоlining etnоpsiхоlоgik хususiyatlаri, ахlоqiy qаrаshlаri vа hаyotiy e‘tiqоdlаri аsоsidа shаkllаntirаdi. Kоmil insоn vа yеtuk mаlаkаli mutахаssis milliy mоdеl mоhiyatini to’lаqоnli ifоdа etаdi. Tarbiya, eng avvalo, insonning o‘ziga qaratilganligi mamlakatimizda ishlab chiqilgan, butun dunyo hamjamiyati tan olgan qadam-baqadam amalga oshirilayotgan ,,o‘zbek modeli“da juda to‘g‘ri belgilandi. Dunyoda birinchi bor insonning diqqat-e’tibori o‘zlikni anglashga qaratildi. 0‘zligini anglash, birinchidan, uning ozod, erkin, nodir, ulug‘ siymoligini anglash va o‘zida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish bo‘lsa, ikkinchidan, uning o‘ziga xos milliy-insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir. Yuqorida sanab o‘tilgan ikki sifat komil inson sifatining asosini tashkil etadi. Chunki komil inson sifatlarini, tarbiya sohasidagi ilmlarini xulosalab, mujassamlashtirsa. ular, asosan, 3 ta: Ezgu niyat, fikr; Ezgu so‘z, xushmuomila; Ezgu ish, ezgu faoliyatdan iboratdir. Shu uchta sifat o‘qitishning, ta’lim-tarbiyaning bosh maqsadi hisoblanadi. Bu bosh maqsad insonlarda, ayniqsa, yoshlarda komillik sifatlarini takomillashtirish, ularni zamonaviy bilim, malaka, ko'nikmalar bilan qurollantira borish, mutaxassislarda har bir sohaga mos ilm, bilim hosil qilishdan iborat bo‘lgan zamonaviy pedagogika fani asoslarining kengayganligini ko‘rsatadi. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani ta’lim-tarbiyaning zamonaviy usullari va ularning mazmuni, vositalari bilan qurollantiruvchi fan bo‘lganligi uchun, uning metodologik asoslari, maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uyg‘unligi qonuniyatlaridan kelib chiqadi. Ta’lim sohasida o‘qitishning vazifasi yoshlarning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo’lgan har bir kishining aqliy-axloqiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojini ta’minlash, o‘zi xohlagan kasbini tanlash. o‘zi xohlagan shu sohada faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy-ma’naviy tarbiyaviy-didaktik shart-sharoit yaratishdan iboratdir. Tarbiya ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda, o'qituvchining o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o'zaro amaliy va nazariy muloqotidir. Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyos. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undasn va bu xatti-harakatini asta-sekin ko'nikmaga aylantirib borish lozim. Insonni mushohada qilish qobiliyati tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’anaviv manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta-sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzoq davom etadigan mas’uliyat, sharafli mehnat va qunt, iroda talab etiladi. Buning uchun bolalarriing yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ma’naviy, insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va bolalarga bo’lgan munosabat muhim rol o'ynaydi. Ota-onalarimiz va atrofdagilaming bir-birlariga bo'lgan munosabatlarini ko'rgan bola shunga qarab shakllana boradi. Ular avval katlalarga taqlid qiladilar. So‘ng asta-sekin qilayotgan ishlarining mohiyatini anglaydilar. Bolalarni to'g‘ri tarbiyalashda ota-onaning ongi, ma’naviyati, bilimi tarbiyaianganligi ham muhim ahamiyatga ega. Olada bollalarni to’g’ri tarbiyalash ota-ona va barcha Yoshi kata oila a’zolari zimmasidadir. 2019 yil 31 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ma’naviy tarbiya kontseptsiyasi»ni tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi 1059-son qarori qabul qilindi. Kontseptsiyaning maqsadi - yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish, uni amalda ro’yobga chiqarish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi: ma’naviy-axloqiy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish; tarbiyaning homiladorlik davridan boshlanib voyaga yetgunga qadar davom etadigan, tadrijiylik va uzluksizlik tamoyillariga asoslangan metodikasini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish; bola tarbiyasida milliy va zamonaviy pedagogikaning ilg’or yutuqlaridan samarali foydalanish; tarbiyalanuvchilar bilan birga tarbiyachilarning ham bilimi va malakasini muntazam oshirib borish; ma’naviy tarbiyani shakllantirishda oila, mahalla va ta’lim muassasalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar o’rtasida samarali hamkorlik mexanizmini yo’lga qo’yish; ma’naviy tarbiyaning tadrijiy rivojlanish va uzluksizlik tamoyillariga asoslanishi. Uzluksiz ma’naviy tarbiya Kontseptsiyasi quyidagi bosqichlarni qamrab oladi: birinchi bosqich — oilalarda (ikki davr asosida: birinchi davr — homila davri, ikkinchi davr — bola tug’ilganidan 3 yoshgacha bo’lgan davr); ikkinchi bosqich — maktabgacha ta’lim 3 — 6 (7) yoshgacha bo’lgan davr; uchinchi bosqich — umumiy o’rta ta’lim tizimida (ikki davr asosida: birinchi davr — 7 (6) — 10 yosh boshlang’ich sinf, ikkinchi davr — 11 — 17 yosh o’rta va yuqori sinflar); to’rtinchi bosqich — ishlab chiqarishda faoliyat ko’rsatayotgan va band bo’lmagan yoshlar, shuningdek, o’rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari tizimida (ikki davr asosida: birinchi davr — o’rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim bilan qamrab olinmagan, shuningdek, ishlab chiqarishda faoliyat ko’rsatayotgan va band bo’lmagan yoshlar — 17 — 30 yosh, ikkinchi davr — o’rta maxsus kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalarining o’quvchi-talabalari 15 — 22 (24) yosh). Tarbiya ishlari bajarilish sharoitlariga qarab o‘ziga xos ko‘rinishlarda asoslanadi.Ular aqliy va jismoniy ko‘rinishda bo‘ladi: Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling