1-мавзу Tarbiyaviy ishlarni boshqarishning nazariy aspektlari


farzandning ota-ona oldidagi burch va majburiyatlari


Download 0.56 Mb.
bet3/8
Sana31.01.2024
Hajmi0.56 Mb.
#1818488
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-ma\'ruza

farzandning ota-ona oldidagi burch va majburiyatlari
- Ota-onaning pand-nasihatlariga quloq solish, ularga har doim yordam berish, mehribon, e’tiborli bo’lish, oila ishlariga ham ma’naviy, ham iqtisodiy yordam berish;
- har bir farzand o’z singil va ukalariga mehribon, yo’lboshchi va yo’ldosh, odobda, axloqda, ishda, ilm-hunar o’rganishda o’rnak bo’lish;
- ota-onalarining nimaga muhtoj ekanliklarini qalban his qilish, ularga bu borada amaliy mehribonlik ko’rsatish;
-oilaga berayotgan ma’naviy va iqtisodiy yordamini minnat qilmaslik;
- tavallud, bayram va hayit kunlarida yo’qlab turishni kanda qilmaslik;
- keksa ota-onalariga alohida g’amxo’rlik qilishi, shirin muomalada bo’lishi, orzu-niyatlarining amalga oshishida yordam berish;
- vaqti-soati yetib, bandalikni bajo keltirsalar, izzat-ikrom bilan oxirgi manzilga kuzatish, ma’rakalarini kamtarona, dabdabasiz, qarindosh-urug’lar, uni bilgan, hurmat qilgan eng yaqin odamlar bilan o’tkazish.
Oila a’zolarining huquqlari
Oilada va jamiyatda er va xotin teng huquqlarga ega. Bu yerda qonunda belgilangan huquqlar haqida gap ketmoqda. Bunday tenglik saylash, saylanish, kasb tanlash, ishlash, bilim olish, o’ziga yor tanlash va hokazo huquqlarda o’z ifodasini topadi. Lekin ikki jinsning biologik, ruhiy tuzilishi nuqtai-nazaridan bunday tenglik yo’q. SHuning uchun ayol va erkakning oilada ro’zg’or tebratish, farzandlarni tarbiyalash, farzandlarning oila yumushlari va vazifalaridagi mehnat taqsimoti masalalaridagi huquq va burchlarida birmuncha tafovutlar mavjud.
Erkakning vazifasi – oilani ma’naviy, iqtisodiy qo’llab-quvvatlash. Ayoli va farzandlarining tashvishlariga sherik bo’lish. Oilaga soya solayotgan xavf-xatarlarga qalqon bo’la bilish. Oila a’zolariga g’amxo’r bo’la bilish.
Ayolning vazifasi – oilada farzand tarbiyasi bilan shug’ullanish. Ularni oq yuvib, oq tarash. Erkaknning tashib kelgan oziq-ovqatlarini pishirish, mehmon kutish. Er va bolalarini ishga va o’qishga kuzatish, kutib olish.
Er va ayolning vazifalari yuqorida sanab o’tilganlardangina iborat emas, albatta. Bu vazifalarning barchasini sanab o’tishning hech qanday iloji yo’q. Oila sharoitidan kelib chiqqan holda, har bir inson o’z tafakkurini ishga solib, vazifalarini belgilab olmog’i va ularni shunday bajarmoqlari lozimki, uyga kelgan har bir mehmon tuz-nasibasini totib, qaytayotganida oila a’zolari orasidagi o’zaro hurmat, ularning har birini aqlu farosatiga tasannolar o’qib ketsinlar.
Oila deb atalmish aravani tortib borayotgan er va xotinning bir-biriga yelkadosh bo’lishini, o’zaro odoblarini, bir-biriga bo’lgan mehribonliklarini ko’rgan farzandlar ulardan o’rnak oladilar va ularga o’xshashga harakat qiladilar. Chunki farzand aytgan nasihatingizni esidan chiqarishi mumkin, ammo ko’rganini hech esidan chiqarmaydi. Oilada farzand tarbiyasining bu jihatini hech qachon esdan chiqarmaslik lozim.
Farzandlaringizga bir ko’z bilan qarangiz, kattasini katta, kichigini kichik deb, shunga yarasha ish tutsangiz, kichiklarning kattalari bilan maslahatlashib ish tutishlariga, kattalarining kichiklarini izzat qilishga, ularni himoya qilishga odatlantirsangiz, ularni yaxshi ishlarini ma’qullab, rag’batlantirib borsangiz, yomon ishlarini o’z vaqtida qaytarib, bu ishning nima uchun yomonligini yotig’i bilan tushuntirib borsangiz, farzandlaringizning kamoli, o’zingizning kelajakdagi rohat-farog’atingiz uchun juda muhim va katta tarbiyaviy ishni amalga oshirgan bo’lasiz. Ulardagi mehr-oqibatni, obro’larini ko’rib, o’z hayotingizdan mamnun bo’lasiz, farzandlaringiz tarbiyasi borasidagi chekkan zahmatlaringiz, mashaqqatlaringiz unutiladi.
Quyidagi tarbiyaviy masalalarni tahlil qiling:
Masala-1. o’ziga to’q otaxonning uch qiz, bir o’g’li bor edi. U kishi qariganlarida mehrni shu yagona o’g’illaridan kutgan edi. Ammo kelini noboproq chiqib, ular otaga qarashmadi. Ikki katta qizi ham o’z oilalari bilan bo’lib, otadan xabar olmas edilar. Otaning kuniga kenja qizi yaradi. Oq yuvib, oq taradi, ko’nglini ko’tarishga harakat qildi. Otaxon olamdan o’tganlaridan keyin kenja qizdan tashqari hamma meros talashib, yettisi o’tmasdan janjallashishdi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling