O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`ona politexnika instituti
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
Zufarova Munisaxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- “ Iqtisodiyot nazariyasi ” fanidan
- Reja
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
- KIRISH
1
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI “ ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV ” fakulteti “ IQTISODIYOT ” kafedrasi “ Iqtisodiyot nazariyasi ” fanidan Kurs
ishi mavzusi: O'zbekistonda Bank tizimini takomillashtirish vazifalari va asosiy yo'nalishlari
Bajardi: 65-19 guruh talabasi Zufarova Munisa
Kurs ishi rahbari: Abdullayeva Sevara
Farg`ona-2020 2
Kirish Asosiy qism 1. Banklarning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o’rni va ahamiyati 2. Bank tizimi va uning operatsiyalari. 3. O’zbekistonda bank tizimini rivojlantirish yo’nalishlari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 3
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiya qilish jarayonlari va mamlakatimizni Yevro Osiyo iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a'zo bo'lishi hamda Umumjahon Savdo tashkilotlari bilan olib borayotgan aloqalari bevosita amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosatiga bog’liq. Chunki pul-kredit tizimi mamlakat iqtisodiyotini mablag' bilan ta’minlovchi va iqtisodiy islohotlarning samarasini belgilovchi infratuzilma bo'lib hisoblanadi. Shuning uchun oldimizga qo'yilgan bunday maqsadlarga erishish, avvalo o'z imkoniyat va resurslarimizni qay darajada safarbar etishimizga, hamon katta xavfi saqlanib qolayotgan inqiroz oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha 2020-2021-yillarga mo'ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturida ko'zda tutilgan chora tadbirlarni so'zsiz bajarishni nechog'liq ta'minlay olishimizga bog'liq. Ushbu muammolarni hal etish bevosita pul, kredit, banklarni o'rganishga bog'liq. Bular orqali zamonaviy pul, bank nazariyasi va moliyaviy boshqaruv, qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar, banklar tomonidan pul muomalasini boshqarishning nazariy asoslari va amaliy uslublari o'rganiladi. Bundan tashqari, zamonaviy moliya-kredit nazariyasida O'zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiya qilish jarayonlari bo’yicha qabul qilinayotgan qarorlar samaradorligini baholashning yo'llari va metodlari ko’rib chiqiladi. Respublikamiz mustaqillika erishgandan so'ng, tijorat bank tizimida ham sezilarli darajada o'zgarishlar yuzaga keldi. Mamlakatimizda tijorat bank tizimining uzluksiz rivojlanishi bozor munosabatlari sharoitidagi obyektiv zaruriyat bo'lib, bu o'z navbatida tijorat banklar faoliyatini uzluksiz nazorat qilishni va ularni samarali boshqarish uchun zarur ma'lumotlar bazasining yaratilishining uslubiy asoslarini takomillashtirishni talab etadi. Jahonning ko'plab mamlakatlarini qamrab olgan moliyaviy inqiroz ko'lami kengayayotganiga qaramay, O'zbekiston bank tizimi ishonchliligi va barqaror 4
rivojlanayotgani, xorijiy moliyalashtirish manbalariga qaramliligi yo'qligi va tashqi inqiroz holatlarini salbiy ta'siriga berilmaganligi bilan ajralib turadi. Birinchi Prezidentimiz o'z asarlarida global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo'lgan oqibatlariga doir materiallarni o'rganish va umumlashtirish natijasida kelib chiqqan quyidagi uchinchi xulosani ta'kidlab o'tdilar: «Uchinchidan,moliyaviy iqtisodiy inqirozning har qaysi davlatdagi miqyosi, ko'lami va oqibatlari qanday bo'lishi ko'p jihatdan bir qancha omillardan kelib chiqadi. Ya'ni, bu avvalo, ana shu davlatning moliya va valyuta tizimi nechog'liq mustahkam ekaniga, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi, ularning chet el va koperativ bank tuzilmalariga qanchalik qaram ekaniga, shuningdek, oltin-valyuta zaxirasining hajmi xorijiy kreditlarni qaytarish qobiliyati va pirovard natijada mamlakat iqtisodiyotining barqarorlik, diversifikatsiya va raqobatga bardoshlilik darajasiga bog'liq». O'zbekiston bank tizimi o'z sifatini yangi bosqichini boshidan kechirmoqda. Bu makroiqtisodiy vaziyatdagi jiddiy o'zgarishlar, umumiqtisodiy vazifalarni hal etishda bank potensiali va ta'sirining o'sishi bilan bog'liq. Chunki kredit va moliya operatsiyalarini asosiy qismini qamrab oladigan kredit tizimining hal qiluvchi bo'g'ini bank tizimidir. O'zbekistonda bank tizimi mustaqil davlat iqtisodiy siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri bo'ladi. Bank tizimining institutsional ahamiyat kasb etishda «O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki hamda banklar va bank faoliyati to'g'risidagi qonunnning qabul qilinishi hal qiluvchi ro'l o'ynaydi. Ikki darajali bank tizimining yaratilishi iqtisodiyot tarkibiy o'zgartirishlarga erishish va iqtisodiy islohotlarni mustaqil o'ziga xos modelni hayotga tatbiq etish uchun moliyaviy negizni barpo etdi. Dunyo mamlakatlari ijtimoiy -iqtisodiy taraqqiyoti o'zining ma'no-mazmuni jihatdan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat milliy iqtisodiyotning tobora integrallashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham keskinlashuviga har bir mamlakatning xalqaro
5
mehnat taqsimotidagi o'z mavqeyini mustahkamlash uchun kurashning kuchayishiga ham ta'sir ko'rsatadi. Shunga ko'ra biz mamlakatlarimizni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishining joriy va istiqboldagi chora-tadbirlarining belgilashda jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarini ta'sirini har tomonlama hisobga olishimiz iqtisodiy rivojlanish ushbu jarayonlar ta'siri nuqtai nazaridan shakillantirishini taqozo etiladi. Bu esa mazkur sohada ilmiy tadqiqotlar olib borish zaruriyatini va kurs ishi mavzusini dolzarbligidan dalolat beradi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling