Mavzu: Informatika xonasida o’quv-tarbiya ishlarini tashkil etish.
Reja:
1. O’qituvchining ta’limda yangi axborot texnologiyalari soxasidagi umumiy bilimlari va ko’nikmalari.
2. O’qituvchilarning Internet texnologiyalari soxasidagi maxsus bilimlari va ko’nikmalari.
3. O’qituvchining pedagogika va psixologiya soxasidagi umumiy bilimlari va ko’nikmalari.
4. O’qituvchining ta’limda boshqarish soxasidagi umumiy bilimlari va ko’nikmalari.
Distance Learning Studio si xaqida umumiy tushuncha.
6. O‘quv kursining strukturasini ishlab chiqish.
7. Tarkibiy birliklar jadvallari.
Tayanch iboralar: Distance Learning Studio, kursning strukturasi, tarkibiy birliklar.
Masofali ta’limda ishtirok etayotgan o’qituvchidan ma’lum bilim, ko’nikma va malaka i talab etiladi.Ushbu bilim,ko’nikma va malakalarni kuyidagi turt kismga bulish mumkin {8,10}
1.O’qituvchining ta’limda yangi axborot texnologiyalari soxasidagi umumiy bilimlari va ko’nikmalari:
-shaxsiy kompyuter va ularning tashki kurilmalarining ishlash tamoyillarini bilishi;
-Internet tarmog’ida ishlashning asosiy tamoyillari va dasturiy ta’minotini egallashi;
-ta’limda yangi axborot texnologiyalarning vositalaridan foydalanish muommosi buyicha uslubiy materiallarni va ilmiy adabiyotlarni bilishi;
-o’quv jarayonini boshqarish uchun kompyuterdan foydalanish imkoniyatlarini tushunishi;
-dasturiy ta’minotning didaktik imkoniyatini taxlil kila olishi;
-yangi axborot texnologiyalardan foydalangan xolda, mashg’ulotlarni tashkil eti shva o’tkazish uslubiyotini egallashi;
-mustaqil ravishda Internet, turli elektron ma’lumotnomalar, mu’lumotlar ombori,
-axborot izlash tizimlari va lug’atlardan izlay olishi;
-axborotlarni saqlash,taxlil qila bilish va tasvirlash shakllarini tanlay olishi;
-Olingan ma’lumotlarni xal qilinayotgan masalalarga qo’llay olishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |