Mavzu: Informatika xonasida o’quv-tarbiya ishlarini tashkil etish. Reja


Download 21.51 Kb.
bet5/6
Sana24.02.2023
Hajmi21.51 Kb.
#1226510
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5 Informatika xonasida o\'quv tarbiya ishlarini tashkil etish

7.Tarkibiy birliklar jadvallari

Tarkibiy birliklar (ma’ruzalar, savollar, atamalar) jadvallari Distance Learning Studio dasturi yordamida o‘quv kursini yig‘ish va testlash bosqichlarida kerak.


Har bir tarkibiy birlik (ma’ruza, savol, atama) dasturda alohida sahifaga ajratilganligi sababli, ularni yaratish bo‘yicha ishlar axborot obyektlarining joylashgan o‘rnini ko‘rsatgan holda dialog oynasini ma’lumotlar bilan to‘ldirishdan iborat. Dialog oynasida ko‘rsatish uchun barcha ma’lumotlardan iborat to‘ldirilgan jadvallarning mavjudligi o‘quv kursining tarkibiy birliklarini tez yig‘ishni bajarishimkonini beradi va dialog oynasini to‘ldirish bilan bog‘liq bo‘lgan noaniqliklar sonini kamaytiradi, shuningdek xatolarni tekshirish va o‘quv kursini tahrir qilish mashaqqatli jarayonini ancha qisqartirish imkonini beradi.
Jadvallarni to‘ldirish uchun, eng avvalo, kursning tarkibiy birligini yaratish uchun qanday ma’lumotlar kerakligini bilish kerak. Ba’zi ma’lumotlar Distance Learning Studio dasturi uchun majburiy hisoblanadi (masalan, Ma’ruza sahifasidagi matn), boshqalardan muallifning xohishi bo‘yicha foydalanish mumkin (masalan, Ma’ruza sahifasidagi ovoz, video, rasmlar).
Tarkibiy birliklar jadvallarini to‘ldirishning ikki usuli mavjud:
1. Ma’lumotlarning bor yoki yo‘qligi «+» belgisi bilan belgilanadi, keyin materiallar tayyor bo‘lishiga qarab jadval fayllar nomi bilan to‘ldiriladi.
2. Aniq ma’lumotlar darhol bilan to‘ldiriladi.
Birinchi usul ishlab chiqishning ko‘lamlari to‘g‘risida umumiy tasavvur beradi – ishlarning umumiy hajmini, texnik imkoniyatlar mavjudligi va ishlarning umumiy davomiyligini aniqlash imkonini beradi. Ammo kiritilayotgan ma’lumotlarning noaniqligi (masalan, slaydlar mavjud bo‘lganda, ularning soni aniqlanmagan bo‘lsa), shuningdek ma’lumotlarni ikki marta jadvalga kiritish zarurligi tufayli bu usul afzal ko‘rilmaydi. Bundan tashqari, u resurslar jadvallarini shakllantirish imkonini bermaydi.
Ikkinchi usul ancha mashaqqatli bo‘lib, ishlab chiquvchidan kurs umumiy strukturasi va uning har bir birligini aniq taqdim etilishini talab etadi. Jadvallarni to‘ldirishning bu usuli eng afzal ko‘riladi, chunki bu holatda ishlab chiquvchilar fayllarni nomlash tizimini oldindan o‘ylab qo‘yishlari kerak, bu axborot obyektlari yaratilishini tartibga keltirish hamda turli tarkibiy birliklar uchun fayllarning to‘g‘ri bo‘lmagan va bir xil nomlanishini, shuningdek yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan formatlardan foydalanishni istisno etish imkonini beradi.

Download 21.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling