Mavzu: Infuzoriya paramitsiya Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Teng kipriklilar (H olotricha) kenja sinfi
Download 1.43 Mb.
|
Infuzoriya paramitsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Spiral kipriklilar (Spirotricha) kenja sinfi
1. Teng kipriklilar (H olotricha) kenja sinfi eng sodda tuzilgan lekin keng tarqalgan va xilma-xil turlami o ‘z ichiga oladi. Tanasi k o ‘p sonli, ko'pincha bir xil tuzilgan, ya’ni juda ham ixtisoslashgan kipriklar bilan qoplangan. Ayrim turlari tanasining bir qismida kipriklari b o ‘lmaydi yoki ular to ‘p bo‘lib joylashgan. Ayrim vakillarining og‘iz teshigi reduk- siyaga uchragan. K o'pchilik teng kipriklilaming yaxshi rivojlangan og'iz teshigi bor. O g'iz teshigi terminal (tanasi uchki qismida) joylashgan (Hol- ophrya. Didinium avlodlari) yoki tanasining yon tomoniga siljigan (Nas- suia, Paramaecium). Teng kipriklilaming aksariyat ko'pchilik turlari er- kin yashaydi. Bakteriyalar, mayda suv o'tlari hamda boshqa organik zarralar bilan oziqlanadi. Didinium avlodi turlari yirtqich hayot kechiradi. Bu kenja sinfga kavsh qaytaru vchi hay vonlar oshqozonida simbioz yashay- digan (Endodiniomorfa), shuningdek hay vonlar va odamlar organizmiua parazitlikqiluvchi (Jxtioftirius, Balantidiy), turlari ham kiradi. K o‘pchilikka yaxshi m a’lum b o ‘lgan tufelka infuzoriyasi ham teng kipriklilar kenja sinfi va gimenostomata (Hymenostomata) turkumiga kiradi.
2. Spiral kipriklilar (Spirotricha) kenja sinfi vakillarida kipriklar og‘iz atrofida soat mili aylanadigan tomonga spiralga o ‘xshash buralib joylashgan. Bu kipriklar og'iz oldida bir necha qator membranellalami hosil qiladi. Spiral kipriklilar' tuzilishi va hayot kechirishi bilan xilma-xil bo'lgan bir hujayralilardan iborat. Bu kenja sinfningko'pchilik turlari eng yirik infuzoriyalar- hisoblanadi (2 3 ,24-rasmlarga qarang).Spiral kipriklilar har xil kipriklilar (Heterotricha), qorin kiprikli lar (Hypotricha) va kam kipriklilar (Oligotricha) turkumlariga bo‘linadi. Har xil kipriklilar (Heterotricha) turkumi turlarida og'iz atrofidan tashqari butun tana yuzasi bir xil mayda kipriklar bilan qoplangan. Har xil kipriklilar eng yirik infuzoriyalardir. Ulaming katta yadrosi zanjirsimon (trubach - Stentor avlodi), spiralsimon (Spirostomium) bo'ladi. Boshqa bir vakili bursariya (Bursaria )nmg juda keng qopga o'xshash og'izoldi chuqurchasi bo'ladi. Ayrim vakillari baqalarda parazitlik qiladi. Qorin kipriklilar (Hypotricha) turkum iga mansub bo'lgan turlar chuchuk suvlarda va dengizlarda ko'p uchraydi. Qorin qismida joylash- gan bir qancha kipriklari birlashib, ancha yo‘g‘on pixlar - tsirrilami hosil qiladi. Chuchuk suvlarda keng tarqalgan yirik infuzoriya stilonixiya (Stylonishia) ana shu tsirrilari yordamida suv tubidagi narsalar ustida yugurib yurishi mumkin .Kam kipriklilar (Oligotrisha) turkumida kipriklar faqat og‘iz yonida- gi membranalardan iborat. Ulaming tanasi yengil konussimon chig‘anoq, ichida joylashgan. Chig'anoqdan og'izoldi membranalari chiqib turadi. Hamma vakillari dengiz planktoni tarkibiga kiradi. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling