Mavzu: Infuzoriya paramitsiya Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Doira kiprikli infuzoriyalar (Peritricha) kenja sinfi


Download 1.43 Mb.
bet7/12
Sana18.06.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1592163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Infuzoriya paramitsiya

3. Doira kiprikli infuzoriyalar (Peritricha) kenja sinfi vakillarin- ingko‘pchiligi o'troq, koloniyabo'lib yashaydi. Faqat ayrim turlari yakka yashaydi. Uzun poyachasi yordamida o ’simliklar, qisqichbaqasimonlarn- ing tanasi, mollyuskalaming chig‘anog"iga yopishib oladi. Ko‘pchilik turlarining poyachasi qisqarish xususiyatiga ega. Ayrim vakillarining poy­ achasi bo‘lmaydi. Kipriklar parallel uch qator bo‘lib og‘iz atrofini o ‘rab turadi. Ko‘pchilik turlari bakteriyalar bilan oziqlanib, suv havzalarining biologik tozalanishida katta ahamiyatga ega. Alohida yashovchi turlari 100 mkm gacha, kolonial vakillari 1 sm gacha kattalikda bo‘ladi. Ikkita turkumga: o ‘troq yashovchilar (Sessiliaj va daydib yuruvchilar (Mobilia)ga bo‘linadi. Birinchi turkumga tipik misol tariqasida chuchuk suvlarda ko‘p uchray- digan suvoykalar (V orticella)ni k o ‘rsatish mumkin (19-rasmga qarang). Suvoykalar yakka yashaydi, ta­ nasi q o ‘ng‘iroqsimon gulga o‘xshash bo‘lib, uzun qisqaruv- chi ipcha yordamida biron substratga yopishib turadi. Kiprikli apparati o g ‘iz diski chetida uch qator hilpirovchi membranalami hosil qiladi. Bu diskning markazidagi og‘izoldi chuqurchasida og‘iz teshigi bo‘ladi. Suvoykaerkin suzib yuruvchi stadiya hosil qilish orqali suv havzasida tarqaladi. Bu davrda uning og‘iz diski membranalari tortilib, tanasining keyingi uchida bir qator kipriklar hosil bo‘ladi. Suvoyka poyachasini tashlab, daydi (erkin suzib yuruvchi) stadi yasini hosil qiladi.
Koloniya hosil qiluvchi Zoothamnium arbuscula bitta umumiy poy- ada joylashgan 8-9 ta shoxchalardan iborat. Har bir shoxchada o ‘nlab mayda individlar va 1 -2 ta yirik individlar joylashadi. Yirik individlar kipriklar hosil qilib, umumiy poyadan ajralib chiqadi va suzib ketadi. Ulardan yangi koloniya rivojlanib chiqadi. Shunday qilib, koloniya individlari xilma-xillik, ya’ni poliniorfizni xususiyatiga ega.
Daydib yuruvchi (M obilia) turkumi vakillarida og'izoldi mem­ branalari bilan birga tanasining keyingi qismida ham kipriklar va yopishu- vchi disk bo‘ladi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling