Mavzu: Infuzoriya paramitsiya Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 0.64 Mb.
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1588142
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Infuzoriya paramitsiya

Ko'payishi. Jinssiz ko'payish infuzoriyalar lanasining ko'ndalangiga teng ikkiga bo'linish yo‘li bilan boradi. Ko'pchilik infuzoriyalarning mak- ronukleusida jinssiz ko'payishda mitozga o'xshash jarayon sodir bo'ladi. Dastlab xromosomalar hosil bo'ladi, ulaming soni ikki marta oshadi, lekin yadro bo'linmaydi. Yadro bo'linmasdan xromosomalar sonining ortishi endomitozdeyiladi. Shundan so'ng infuzoriyalarningbo'linishi boshlana- di. Xromosomalar ingichkalashib (despiralizatsiya) ko'rinmaydigan bo'lib qoladi. Makronukleus cho'zilib, o'rtasi ingichkalashadi, xromosomalar yangi hosil bo'layotgan ikkita yadrolar o'rtasida taqsimlanadi. Mikronukleus esamitoz yo’li bilan ikkigabo'linadi. Ana shundan keyin infuzoriya tanasi ikkiga bo'linadi. Har ikki infuzoriyada ham tanasining yetishmagan qism- lari (og'iz apparati, kipriklar, qisqaruvchi vakuolalar va boshqalar) qay- tadan hosil bo'ladi. Normal uy haroratida tufelka bir sutkada 1-2 marta bo'linadi. Ko'pchilik infuzoriyalar jinssiz ko'payishdan oldin sista hosil qiladi. Sista ichida palintomiya yo'li bilan infuzoriya tanasi yiriklashmasdan ketma-ket bo'linib, 4 ta yoki ko'proq juda mayda infuzoriyalar hosil qila­ di. Sistadan yosh infuzoriyalar chiqadi. Ularoziqlanib, tez o'sadi va yana sista hosil qilib, uning ichida bo'lina boshlaydi. Infuzoriyalarning k o 'p m arta jinssiz ko'payishdan so 'n g kon’yugatsiya boshlanadi. Kon'yugatsiyada ikkita infuzoriya qorin to- moni bilan bir-biriga yaqinlashadi. Ayrim infuzoriyalar kon’yugatsiyasida pellikulaning tegib turgan joyi eriydi va ikki kon’yugant o'rtasida si- toplazmatik ko'prikcha hosil bo'ladi (22-rasrn). Boshqa infuzoriyalarda esabunday ko'prikcha hosil bo'lmaydi. Kon’yugatsiya davomida makro­ nukleus yemirilib, sitoplazmaga so'riladi. Mikronukleuslar 2 marta meyoz bo'linishi natijasida 4 ta gaploid xromosomali yadrolar hosil bo'ladi. Ular- dan uchtasi yemirilib, sitoplazmaga singib ketadi; to'rtinchisi yana bo'linib jinsiy yadrolar-pronukleuslami hosil qiladi. Pronukleuslardan biri, har- akatchan (migratsion) bo'lib urug' hujayraga, ikkinchisi statsionar (har- akatsiz) bo'lib, tuxum hujayraga to'g'ri keladi. Bir kon’yugantning ко‘china pronukleusi ikkinchi konyugantgao'tib, uning statsionar yadrosi bilan qo'shiladi, ya’ni infuzoriyalar harakatchan yadrolar bilan almashin- ishadi. Buning natijasida kon’ yugatsiya oxirida har qaysi infuzoriyada dip­ loid xromosomali bitta yadro sinkarionga ega bo'lib qoladi. Shundan so'ng infuzoriyalar ajralib ketadi; ulaming yadrolari qaytadan tiklanadi. Buning uchun uning sinkarioni bir necha marta bo'linadi. Ularning bir ismidan mikronukleus, qolgan qismlaridan makronukleus hosil bo'ladi. Makromolekulalaming ko‘p marta replikatsiyasi natijasida uning DNK (arkibi ortadi vapoliploid bo ‘lib qoladi. Shundan so'ng infuzoriyalar jinssiz ko'payishga kirishadi. Shunday qilib, kon’yugatsiya natijasida infuzoriyalaming soni ortmaydi, ya’ni hech qanday ko'payish bodmaydi. Shunday bo‘lsa-da kon’yugatsiya infuzoriyalar hayotida juda muhim ahamiyatga ega. Chunki bu jarayonda birinchidan, har qanday jinsiy ko‘payishda bo‘lganidek, bir organizmdan ikki (ota va ona) organizmlarining irsiy belgilari mujassamlashuvi natijas- ida naslning yashovchanligi ortadi. Ikkinchidan, kon’yugatsiya natijasida eski makronukleus yemirilib, yangisi hosil bo‘ladi. Bu bilan makronukleus yosharib, uning eskirishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Chunk! makronukleus infu- zoriya tanasidagi barcha asosiy hayot jarayonlarini, xususan sitoplazman- ing asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan oqsillar sintezini boshqarib turadi. Shu sababli ko‘pchilik infuzoriyalar faqat jinssiz ko‘payish bilan uzoq yashay olmaydi, ular jinsiy ko'payish orqali yadrosini yangilab turishi kerak.
Infuzoriyalarda kon’yugatsiya bilan birga yadro apparatini yangilan- ishining boshqa yo‘llari ham bor. Bir qancha infuzoriyalarda bu jarayon avtogamiya usulida boradi. Paramaecium aurelia infuzoriyasida avtog- amiya jarayonida makronukleus va mikronukleuslarda o‘zgarishlar xuddi kon’yugatsiyadagidek boradi. Lekin avtogamiyada bu o ‘zgarishlar faqat bittainfuzoriyaningо ‘zidaboradi. Sinkarion esa mikronukleusning uchin- chi bo‘linishidan keyin hosil bo‘lgan ikkitapronukleuslaming bir-biri bilan qo‘shilishi natijasida shakllanadi. Shunday qilib, avtogamiyani o‘z-o‘zini urug'lantirishdan iborat jarayonga tenglashtirish mumkin.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling