Mavzu: Infuzoriya paramitsiya Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Download 0.64 Mb.
|
Infuzoriya paramitsiya
2.1. Infuzoriya haqida
Infuzoriyalai - eng murakkab tuzilgan bir hujayrali hay vonlar. Ulam- ing harakatlanish organoidlari tana sirtida joy lashgan juda ko'p kipriklar- dan iborat. Ayrim infuzoriyalarda kipriklar hayotning ma’lum bir davrida hosil bo‘ladi. Hamma infuzoriyalarda differensiyalashgan, tuzilishi va funk- siyasi bilan bir-biridan aniq farq qiladigan bitta katta yadro - makro nukleus va bitta yoki bir necha- mikronukleus, ya’ni kichik yadro bo'ladi. Katta yadro vegetativ yadro, kichik yadro generativ yadro deyiladi. Infuzoriyalaming jinsiy ko'payishi boshqabarcha hayvonlardan farq qila- di. Konyugatsiya deb ataladigan bunday ko'payish ikkita infuzoriyaning bir-birigayaqinlashuvi, ular o'rtasida muvaqqat bog‘lanishning hosil bo'lishi va yadrolar almashinuvi tariqasidaboradi. Ko‘pchilik infuzoriyalar dengi- zlarda va chuchuk suv havzalarida, ayrim turlari tuproqda hayot kechira- di. Ular orasida parazitlik qilib yashovchi turlari ham bor Infuzoriyalar tipiga 8000 dan ortiq tur kiradi. Ular kiprikli infuzoriy alar va so'ruvchi infuzoriyalar sinflariga ajratiladi. Bu sinfga infuzoriyalar tipining ko'pchilik turlari kiradi. Kiprikli infuzoriyalar bir hujayralilar orasida ancha yirik hay vonlar: tanas- ining kattaligi 30-40 inkm. dan 1 mm. gacha va undan ham yirikroq bo‘ladi. Kipriklar ular hayotining hamma davrlarida saqlanib qoladi. Sitoplazmasi tashqi ektoplazma va ichki endoplazmaga aniq ajralib turadi. Ektoplazma sirtdan elastik va pishiq pellikula bilan qoplangan. Pellikula ikki qavatli bo‘lib, har qaysi qavati ikkita membranadan tashkil topgan. Pellikula sirti o‘zaro tutashib, turli shakllar hosil qiluvchi yo‘g ‘on tolalar yordamida juda ko‘p katakchalarga bo'lingan. Katakchalar pellikula sirtini panjaraga o ‘xshab o ‘rab turadi. Katakchalaming shakli har xil, tufelka infuzoriyasida ular olti burchakli asalari kataklariga o'xshaydi. Tolalar tayanch skelet o ‘mida infuzoriya tanasining muayyan shaklini belgilab beradi. Infuzoriyalar kipriklarining ultrastrukturasi xivchinlarga o ’xshash bo‘ladi. K ipriklar ektoplazm ada joylashgan kinetosoma (bazal tanacha)lardan boshlanadi. Elektron mikroskopdakiprikningko'ndalang kesimini markazida ikkita yakka, chetlarida esa 9 juft fibrillalar (tolacha- lar) borligi aniqlangan. Qo'sh fibrillalar kinetosomaga o'tgandan keyin uchta bo‘lib qoladi. Kiprikchalar lokomotor funksiyasini bajaradi. Hujayra sirtida joylashgan kiprikchalar eshkakchalarga o'xshab bir tomonga sinxron silkinishi natijasida tufelka suzib ketadi. Tufelkaning bir xil uzunlikdagi kipriklari tana sirtida bir tekis bo‘lib joylashgan. Boshqa infuzoriyalaming kipriklari tananing ayrim joylarida to‘p-to‘p bo‘lib joylashadi yoki o ‘zaro yopishib, ancha yirik va kuchli lokomotor apparatni hosil qilishi mumkin. Agar kipriklar 1-2 qator bo‘lib qo‘shilgan bo‘lsa, todqinlanuvchi parda, ya’ni memhrana yoki membranella (pardaning uzunligiga qarab) hosil qiladi. Bir-biriga yaqin turgan kipriklar m o‘yqalamga o'xshab yopishib sirri hosil qiladi. Og‘iz teshigi atrofidagi kipriklar ixtisoslashib ozig‘i og‘iz teshigiga haydovchi apparat - og'izoldi membranasini hosil qiladi. Ko‘pchilik infuzoriyalaming ektoplazmasida kalta tayoqchaga o‘xshash tanachalar - trixosistalar joylashgan. Trixosistalar tana sirtiga nisbatan perpendikulyar joylashgan; pellikulaning sirtqi qavatiga maxsus o'simta orqali tegib turadi. Trixosistalar himoya vazifasini bajaradi. Biron qo‘zg‘alish ta’sirida, masalan, suvning kimyoviy tarkibi o ’zgarganda yoki yirtqich hayvonlar hujum qilganida trixosistalar tashqariga otilib chiqib, uzun tarang ipchalami hosil qiladi. Ipchalar dushman tanasiga botib kirib, uni cho‘chitadi. Yirtqich infuzoriyalarda trixosistalar o ‘ljani falajlash xusus- iyatiga ega. Trixosistalar qandaydir falajlovchi zaharli modda ishlab chiqa- rishi taxmin qilinadi. Ayrim parazit infuzoriyalar oziqni tana sirti bilan shimib oladi. Ak- sariyat hamma infuzoriyalaming oziqlanishi ancha murakkab tuzilgan ovqat hazm qilish organoidlarining faoliyati bilan bog‘liq. Eng sodda tuzilgan infuzoriyalar (Prorodon, Holophrya avlodi) og‘iz teshigi sitostom tanas- ining oldingi uchida joylashgan. Og‘iz atrofidagi kipriklar ixtisoslashma- gan; tanadagi boshqa kipriklar bilan bir xilda bo‘ladi. Boshqa infuzoriy alarda og‘iz teshigi tanasining yon (qorin) tomoniga o‘tadi va peristom deb ataluvchi maxsus og‘izoldi chuqurchasi tubida joylashgan. Og‘iz teshigi ektoplazma bilan endoplazma chegarasida joylashgan halqum (sitofar- inks} va u orqali endoplazma bilan bogdangan. Og‘iz teshigi atrofidagi kipriklar ko‘pincha bir-biri bilan yopishib, maxsus membranalami hosil qiladi. Tufelkaning og‘iz teshigi atrofida uch qator membranalar joylash- gan. Membranalar tebranib. oziqni og'iz teshigi tomonga suradi. Infu- zoriyalaming ko'pchiligi har qanday suv havzasida ham uchraydigan bak- teriyalar, o ‘simliklaming chiriyotgan bodaklari, mayda suv o'tlari bilan oziqlanadi. Ulaming ogliz teshigi doimo ochiq bo‘lganidan halqumga suv oqimi bilan kelgan har qanday zarralar (oziq uchun yaroqli bodmasa ham) kelaveradi. Suv oqimi bilan kelgan zarrachalar halqumning tubiga cho'kib qoladi. Bu cho‘kmagaendoplazmadan biroz suyuqlik ajralishi bilan hazm vakuoli hosil bo'ladi. Oziqga to'lgan vakuol halqumdan ajralib, endoplazma- ga o ‘tadi va sitoplazma oqimi bilan tana ichida aylanib yuradi. Endoplaz- mada bir necha vakuol bolishi mumkin. Vakuollar harakati davomida endoplazmadan ajraladigan fermentlar ta’sirida oziq hazm bo‘lib, si- toplazmaga so'riladi. Hazm bo'lmaydigan oziq qoldiqlari tananing keyingi qismida joylashgan maxsus chiqarish teshikchasi - poroshitsa orqali si- toplazmadan chiqarib tashlanadi. Tufelkaning ovqat hazm qilish vakuol- lari 1,5-2 daqiqada hosil bo ‘ lib turadi. Dastlab hazm vakuol ichidagi muhit kislotali, hazm bo‘lish jarayonining keyingi davrlarida ishqoriy bo‘ladi. Bu ko‘p hujayrali hayvonlar ichagi oziq moddalaming hazm bo‘lish jarayon- iga o ‘xshab ketadi. Tufelka hayoti davomida to'xtovsiz oziqlanadi. Yirtqich infuzoriyalaming og‘iz teshigi faqat oziq yutilishidan oldin ochiladi. Ulaming halqumi pishiq va elastik tayoqchalardan tarkib topgan xalqa bilan o‘ralgan. Tayoqchalar tomoqdan oziq o'tadigan vaqtda tay- anch vazifasini bajaradi. Shunday qilib, infuzoriyalar ham boshqa bir hu- jayralilar singari fagotsitoz oziqlanadi. Oziq hujayra ichiga yutilib, uning sitoplazmasi ajratib chiqaradigan fermentlar ta’sirida hazm boTadi. Aksariyat ко ‘ pchilik infuzoriyalar ektoplazma va endoplazmasi che- garasida qisqaruvchi vakuollar bor. Ayrim sodda tuzilgan vakillarida vakuol xuddi amyoba yoki xivchinlilarga o ‘xshash oddiy pufakchadan iborat. Lekin ко‘pchilik infuzoriyalaming qisqaruvchi vakuoli ancha murakkab tuzilgan sistemani hosil qiladi. Tufelkaning ikkita qisqaruvchi vakuoli ta- nasining oldingi va keyingi qismida joylashgan. Har qaysi vakuol marka- ziy rezervuardan va rezervuar atrofida radial joylashgan 5-7 ta yig'uvchi naylardan iborat. Rezervuar juda ingichka naycha orqali tashqi muhit bi lan bog'langan. Sitoplazmadan ajralayotgan suyuqlik dastlab yig‘uvchi naylarda to'planadi. Ular qisqarganda suyuqlik rezervuarga o ‘tib, uni to‘ldiradi. So‘ngrarezervuar qisqarib, suyuqlik naycha orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Yig'uvchi naylar va rezervuar faqat suyuqlikka to‘lgan davrdagina aniq ko‘rinadigan bo‘ladi. Odatda oldingi va keyingi vakuollar galma-galdan qisqarib turadi. Tufelka vakuolining pulsatsiya sikli uy haroratida 10-15 sekund davom etadi. Dengizda yashovchi va parazit infuzoriyalaming qisqaruvchi vakuoli qisqarishi ancha sekin sodirbo‘ladi. Qisqaruvchi vakuollar osmoregulyatsiya vazifasini bajaradi. Tufelka 40- 50 sekund davomida vakuollar orqali o ‘z tanasi hajmiga teng suyuqlikni chiqarib tashlaydi. Shunday qilib, qisqaruvchi vakuollar yordamida og‘iz teshigi va pellikula orqali sitoplazmaga doimo о ‘ tib turadigan suv chiqarib yuboriladi. Elektron mikroskop ostida olib borilgan kuzatishlar qisqaruv chi vakuollar juda mayda naychalar chigalidan tarkib topgan maxsus hu- jayra organoidi hisobiga vujudga kelishini ko'rsatdi. Ko‘pchilik infuzoriyalarkislorod miqdori har xil bo‘lgan muhitda hay- ot kechiraolishi mumkin. Masalan, odatda kislorodgaboy muhitdahayot kechiradigan tufelka, bu gaz juda kamayib ketgan muhitda ham bemalol yashay oladi. Lekin bu jarayonda aerob moddalar almashinuvi anaerob almashinuv (glikoliz)ga o'tadi. Ayrim infuzoriyalar (masalan, kavsh qay- taruvchi sut emizuvchilar oshqozonida yashovchilar) faqat kislorodsiz muhitda yashay oladi. Kislorod ular uchun zaharli hisoblanadi. Yadro infuzoriyalarda 2 katta yadro - makronukleus va kichik yadro- lar - mikronukleuslardan iborat, Tufelkaning bittadan katta va kichik yadrosi bor, ular ikkalasi ham tanasining o ‘rtasidajoylashgan. Infuzoriy alar makronukleusi har xil shaklda: yumaloq, loviyasimon (tufelka), taqasi- mon (suvoyka), zanjirsimon (kamaycha) bo‘ladi. Ko‘pchilik infuzoriyalar makronukleusi xromatin (DNK)ga boy poliploidli bo'ladi. Makronukleus xromosomalari replikatsiya (sonini ikki marta oshib ketishi) xususiyatiga ega. Makronukleusning DNKsi mikronukleusnikiga nisbatan bir necha o ‘nlab; hatto ming marta ko‘p bo'ladi. Makronukleusning poliploidligi evolyutsiya jarayonidakelib chiqqan bo'lib, odatda bir muncha murakkab tuzilgan turlar uchun xos. Sodda tuzilgan infuzoriyalaming makronukleusi poliploidlik xususiyatiga ega emas. Poliploidlik yadro funksiyasining kuchayishi bilan bog‘liq bo'ladi. Makronukleus - vegetativ yadro, unda DNK matritsasi (nusxasi) bo'yicha informatsion va boshqa RNKlar sin- tez qilinadi. Sitoplazma ribosomalarida RNK yordamida oqsil sintezlana- di. Mikronukleus yumaloq yoki tuxumga o'xshash bo'ladi. Mikronukleuslar poliploid emas, unda RNK sintez bo ‘Imaydi, lekin mikronukleuslar xromo somalari replikatsiya (ikki barobar oshish) xususiyatiga ega bo'ladi. Mikro nukleus xromosomalari irsiy belgilami tashuvchi substrat hisoblanadi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling