Mavzu: ingliz tilida sinonimiya va omonimiya hodisasi
XULOSA……………………………………………………………………....76
Download 217.2 Kb.
|
Abdulfayzova Orzigul Magamadaminovna
XULOSA……………………………………………………………………....76
ADABIYOTLAR RO‘YXATI…….…………………...…………………....78 KIRISH Magistirlik dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: Dunyoda rivojlanmaydigan narsaning o‘zi yo‘q, tilshunoslik ham bundan mustasno emas. Bir tomondan til ijtimoyi hodisa va tizim sifatida kundan-kunga o‘zgarib takomillashib borsa, ikkinchi tomondan bu hodisani o‘rganuvchi fan ham katta qadamlar bilan ilgarilab ketmoqda. Bugungi kun – globallashuv davridir. Bu davr insoniyatning zamon bilan hamnafas odimlashini talab etadi. Shu boisdan, turli soha mutaxassislari o‘z ona tilini mukammal bilish bilan bir qatorda, bir nechta xorijiy tillarni bilishi va muloqat qila olishi maqsadga muvofiq. Buning uchun xorijiy tillarni o‘rganish va o‘qitish tizimini yanada zamonaviy metodlar bilan takomillashtirish hamda chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyani oshirish nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi.1 Respublikamizda so‘ngi yillarda ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri zamon talabi bo‘lgan raqamli ta’lim muhitida talabalarni mustaqil ishlash kompetensiyasini rivojlantirishda doimo o‘zgarishlarga tayyor,murakkab loyihalar bilan ishlash, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish, ta’lim faoliyatini kengaytirish imkonini beradigan yagona muhitni yaratishning me’yoriy asoslari ishlab chiqilmoqda. “Mamlakatimizni innovatsion rivojlantirish strategiyasi va mexanizmlari, eng avvalo, shu davlatda yaratilgan intellektual hamda ilmiy - texnikaviy salohiyatdan qanchalik samarali foydalanishimiz bilan chambarchas bog‘liq. Fanlarni chuqurlashtirilgan holda o‘qitish, ilmiy va innovatsion yutuqlarni amaliyotga joriy qilishning samarali mexanizmini yaratish” ustuvor vazifalar etib belgilandi.2 O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrda O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida” qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 8-oktabrdagi PF-5847-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 - yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” farmoni, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60 sonli “2020-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonni taraqqiyotstrategiyasi to‘g‘risida” farmoni, 2018- yil 5- iyundagi PQ-3775-sonli “Oliy ta’limmuassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora - tadbirlar to‘g‘risida” qarori, 2018-yil 21-noyabrdagi PQ-4022-sonli “Raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori, 2020 yil 6 noyabrdagi PQ-4884-sonli “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori, 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-sonli “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”qaror va boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori,Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-maydagi”Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda 2022-yil 19-yanvardagi”Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari shular jumlasidandir.3 Prezidentimiz ta’kidlaganidek,hozirgi davrda chet tilini o‘rganish va o‘qitish katta e’tibor kasb etmoqda.Bu,albatta, bejiz emas.Bugungi kunda jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashga intilayotgan davlatimiz uchun chet tillarni mukammal bilishning naqadar muhimligi mubolag‘a emas, zero xalqimiz o‘zining buyuk kelajagi chet ellik sheriklar bilan o‘zaro bog‘liq ekanini juda yaxshi biladi. O‘zbekiston jamiyatining milliy xususiyatlariga asoslangan va insoniyat qadr qimmatiga mos keluvchi,chet tilini tezroq o‘rganish metodini ishlab chiqishimiz kerak.4 Chet tillarni o‘rganish hamda o‘rgatishga berilgan bunday katta e’tibor ingliz tili sohasida yangidan-yangi tadqiqotlarni ochilishiga sabab bo‘lmoqda.Ma’lumki, kishilar o‘rtasidagi aloqaning eng muhim vositasi,fikrni boshqalarga yetkazuvchi qurol bu tildir.O‘tmish tariximizni til orqali ,til tomonidan berilgan imkoniyat darajasida bilishimiz mumkin.Tilda o‘z aksini topgan voqea-hodisalargina barcha sohalardagi bilimimizni belgilaydi.Istiqbolni ko‘rish,u to‘g‘risida boshqalarni xabardor etish ham til deb ataluvchi hodisa orqali amalga oshiriladi.O‘zligimizni anglash,ichki hissiyotlarimizni tushunish,ularni ifoda etish ham tilimizga,uning bergan imkoniyatlariga bog‘liqdir. Til haqida juda ko‘p o‘zbek tilshunoslari o‘z ilmiy qarashlarini bildirganlar.Jumladan,M.Irisqulov fikricha,til insoniyat tomonidan yaratilgan o‘ta murakkab hodisa sifatida namoyon bo‘lib,bir til ikkinchi boshqa tilga o‘zining tuzilishi bilan o‘xshamasa, bir narsa (fikr) ni ular har xil yo‘llar yani vositalar bilan ifoda etsa,ikkinchi tomondan dunyodagi mavjud tillarning barchasi yagona narsaga xizmat qiladi, u ham bo‘lsa,insonlar orasida kommunikasiya asosi,fikr almashish quroli sifatida namoyon bo‘ladi. Til –ham makonda,ham zamonda o‘zgarib,rivojlanib,takomillashib boruvchi o‘ta murakkab bir hodisadir.5Shuningdek Sh .Rahmatullayev til haqida shunday fikrni bildiradi: ”Til– kishilarga fikrlashuv,fikrlash quroli bo‘lib xizmat qiladigan noyob ijtimoiy hodisa.Har bir til uning sohibi bo‘lmish jamoaning bebaho mulki bo‘lib,o‘zi mansub jamoaning nomi bilan ataladi.Masalan,o‘zbek jamoasiga xizmat qiluvchi tilga o‘zbek tili deyiladi”.6 Shu bilan birga tilning lug‘at boyligi uning hozirgi holati va tarixan bosib o‘tgan yo‘lini o‘rganish ham muhim ahamiyat kasb etadi. A.Gardnnerning fikricha, har qanday lug‘at va har qanday sintaktik modellar yig‘indisi tildir.7 Leksema– asosiy,birlamchi til birligi bo‘lib,til qurilishining lug‘at boyligiga mansub. Shunga ko‘ra lug‘at birligi,leksik birlik deb ham yuritiladi.Lug‘at boyligidagi leksemalar qatlamini o‘rganuvchi sohaga leksemika deyiladi.(Adabiyotlarda leksikologiya termini ishlatiladi).8Tilning hozirgi holati va uning tarixiy bosib o‘tgan yo‘li jihatdan leksikologiya ikki turga,ya’ni sinxronik (zamonaviy ) va diaxronik (tarixiy) leksikologiyaga ajratiladi. Yuqorida qayd qilinganidek,tilning hamma jihatlari doimo rivojlanishda bo‘ladi. Tilning lug‘at boyligi ham bundan mustasno emas.Ma’lumki,so‘zning leksik ma’nosi muntazam o‘zgarib turadi ya’ni kengayish yoki torayish hodisalariga uchraydi va bu holat lug‘at tarkibining doimo yangilanib borishini ta’minlaydi. Dunyoda so‘z jihatidan eng badavlat til arab va ingliz tillari hisoblanadi.Ingliz tili hisobida ikki yarim milliondan ortiq,arab tili hisobida esa uch yarim milliondan ortiq lug‘at boyligi bor.O‘zbek tili zahirasi taxminan 1400000-1600000 atrofida so‘zga ega ekan.Bu ma’lumotlar,albatta,ijtimoiy sohalarga nisbatan olingan,xolos.Tilshunoslik fanidan ma’lumki,qaysi tilda sinonimlar – ma’nodosh so‘zlar ko‘p bo‘lsa,o‘sha til eng boy til.Shuningdek,qaysi tilda shakldoshlar-omonim so‘zlar ko‘p bo‘lsa, o‘sha til kambag‘al tillar sirasiga kiradi,deya yuritiladi.Masalan,shimoliy qutbda yashaydigan eskimos qabilasiga mansub millat tilida “qor” so‘zining20 xil sinonimi mavjud.Arab tilida esa “cho‘l” so ‘zining 100 dan ortiq varianti bor.9 Zamonaviy ingliz tilida sinonimiya va omonimiya hodisasi keng rivojlangan. Ushbu hodisa ko‘plab tilshunoslarni uning muammolarini o‘rganishga va ingliz tilidagi sinonim va omonimlarni tasniflashga harakat qilishga jalb qiladi. Ammo,sinonimiya va omonimiyani o‘rganish uzoq vaqtdan beri davom etayotganiga qaramay,hali ham sinonim va omonimlarni umumiy qabul qilingan ta’rifi,bu sohada o‘rnatilgan terminologiya mavjud emas.Har qanday til darajasiga mos keladigan sinonimiya va omonimiyaning eng umumiy ta’rifi sinonim va omonimlarni bir xil ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan,ammo turli xil belgilovchilarga ega bo‘lgan lingvistik belgilar sifatida ko‘rib chiqadi. Aytishimiz mumkinki, yangi, sinonimik va omonimik ma’nolarning paydo bo‘lishi zamonaviy ingliz tili,ayniqsa, uning so‘zlashuv qatlami rivojlanishining asosiy tendentsiyalaridan biri bo‘lib,bu o‘z navbatida,zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlantirish va soddalashtirish bilan yuqori darajada qo‘llab-quvvatlanadi.Bu jarayon ayniqsa jonli nutqda ko‘proq namoyon bo‘ladi.Shunday qilib,bu ilmiy ishning ahamiyatini quyidagi sabablar bilan isbotlash mumkin: a)So‘zlarning sinonim va omonimlarini o‘rganish hozirgi kunda leksikologiyaning rivojlanayotgan sohalaridan biridir. b)Sinonim va omonimlar tilning soddalashuvining umumiy tendentsiyasini aks ettiradi. v)So‘zlarning sinonim va omonimma’nolari zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq. Dunyodagi barcha tillarning asosini so‘z tashkil etadi.Shuningdek insonlarning nutqi ham aynan shu so‘zlarning qo‘llanilishiga bog‘liq. Nutqimizning ravon bo‘lishi va so‘zlagan so‘zlarimizning takrorlanmasligi so‘z boyligimiz ko‘p bo‘lishi va sinonim so‘zlarni qo‘llashimizga bog‘liq desak mubolag‘a bo‘lmaydi.Sinonimlar so‘zning ma’noli shakllaridan biri bo‘lib, talaffuzi,yozilishi har xil va birlashtiruvchi ma’nosi bir xil bo‘lgan qo‘shimcha ma’no nozikligi bilan emotsional ma’nosi qo‘llanishi kabi bir qator xususiyatlari bilan o‘zaro farqlanadigan so‘zlardan tashkil topgan.Hozirgi zamon ingliz tilida sinonimlarni nazariy va amaliy o‘rganishda lingvistlar va o‘qituvchilar oldiga qator vazifalar qo‘yiladi.Bu esa ingliz tilini o‘qitish,so‘zlashuv aloqalarini yo‘lga qo‘yish jarayonini osonlashtirishning ayrim tadbirlarini va talablarini ko‘rib chiqishni talab etiladi.10 Omonimiya hodisasi azaldan mahalliyva xorijiy tilshunoslarning e’tiborini tortdi. S Ulmanning fikricha,tilshunoslikning boshqa sohalari kabi omonimiya XX asrda jadal rivojlanishi bilan ajralib turadi.Ushbu masalaga bag‘ishlangan adabiyotlar juda keng,olingan natijalar juda kutilmagan va qo‘llaniladigan usullar shu qadar o‘ziga xoski,bu muammolarni hal qilish uchun tilshunoslikning maxsus bo‘limi paydo bo‘ldi,uni omonimiya deb atash mumkin.11 S.Ullmanning bu so‘zlari ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan ushbu masalaga qiziqish ortganidan dalolat beradi.RustilshunoslaridanS.Krasnikovaning e’tiroficha,omonimiya muammolariga e’tibor qaratishlari shundan iboratki,lingvistik universal bo‘lgan omonimiya tilning deyarli barcha darajalariga xos bo‘lib,unda mavjud tizimli munosabatlarni aks ettiradi.12 Download 217.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling