Mavzu: ingliz tilida sinonimiya va omonimiya hodisasi
Sinonimik qator(sinonimik uya)
Download 217.2 Kb.
|
Abdulfayzova Orzigul Magamadaminovna
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutqiy sinonimlar
- Ma’no sinonimlari
Sinonimik qator(sinonimik uya)- bir ma’no anglatishiga ko‘ra guruhlangan sinonim so‘zlar yig‘indisi.
To surprise –to astonish –to amaze- to astound - hayratda qolmoq To shout – to yell – to bellow - to roar – to howl - baqirmoq Dominanta- ( lot.dominans,dominantis - asosiy so‘z) Sinonomik qatorni chegarasini belgilash uchun , avvalo, shu sinonimik qatordagi dominant so ‘zni ( bosh so‘zni) aniq belgilash lozim bo‘ladi.15 Ingliz tilida quyidagicha izohlanadi. to shine – to flash – to blaze – to gleam - to glisten - to sparkle – to glitter – to shimmer – to glimmer – charaqlamoq,yaraqlamoq,yaltiramoq.( to shine dominanat so‘z) to make – to produce - to create – to manufacture - to fabricate – ishlab chiqmoq. (to make –dominant so‘z).16 Ma’no sinonimlari-bir umumiy ma’noga ega bo‘lsa-da,ma’no qirralari bilan farqlanuvchi sinonimlar. Uslubiy sinonimlar-leksik ma’nolari ijobiy yoki salbiy munosabat ifodalovchi semalar bilan qoplangan sinonimlar. Nutqiy sinonimlar- nutqning u yoki bu turiga xoslanganligi bilan farqlanadigan sinonimlar.Sinonimlarning turli xususiyatlarini o‘rganish sohasida o‘zbek tilshunosligida bir qator yutuqlarga erishilgan.Shunga qaramasdan, akademik Azim Hojiyev sinonimlarning o‘rganilishi tarixi haqida quydagicha mulohaza bildiradi: “Sinonimlar turli tillarda turli darajada o‘rganilgan. Bu masala ayrim tillarda ancha to‘la o‘rganilgan bo‘lsa, ayrim tillarda,shu jumladan, o‘zbek tilshunosligida deyarli ishlanmagan.Tilshunoslikda bayon qilingan fikrlar bir - biriga ko‘p hollarda mos kelmaydi. Bu holat, avvalo, sinonimlarning ta’rifida ko‘zga tashlanadi”17. Sinonimlar va ulardan foydalanishga e’tibor uzoq davrlardan boshlangan. O‘z davrida buyuk mutafakkir va shoir,tilshunos va adabiyotshunos olim Alisher Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida sinonim so‘zlarning nutqni boyitishdagi rolini chuqur tahlil qilib bergan edi.O‘zbek tilshunosligida frazeologiksinonimlarning turli xususiyatlarini o‘rganishga e’tibor XX asrda ancha kuchayganligi kuzatiladi.18 Rus tilshunosligida XX asrda sinonimiya hodisasi bo‘yicha qilingan ishlar ko‘lami jahon tilshunosligida qilingan ishlarga nisbatan ham salmoqli ekanligi ma’lum. Bu borada alohida ilmiy to‘plamlar, jiddiy tadqiqotlar, monografiyalar vujudgakeldi. XX asrning yetmishinchi yillarida E.Bolg‘anboyev ”Qazaq tilindegi sinonimder” monografiyasi yuzaga kelgan. O‘zbek tilshunosligida akademik A.Hojiyev to‘g‘ri ta’kidlaganidek, bu hodisaga bag‘ishlangan (lug‘aviy sinonimlar ko‘zda tutiladi) maxsus monografiyayaratilmagan edi. Albatta, affiksal va sintaktik sinonimiyaga oid monografiyalar yaratilganligi e’tiborlidir. O‘zbek tilshunosligida sinonimlarni atroflicha tadqiq qilish XX asrning 60-yillaridan boshlandi.U.Tursunov,N.Rajabov,S.Usmonov,S.Isamuhamedova, I.Qo‘chqortoev,A.Hojiyev,Yo.Tojiyev kabi olimlar bu hodisani o‘rganishga jiddiy kirishdilar. Akademik A.Hojiyev tilshunoslikda keng tarqalgan bir qator qarashlarni o‘rganib chiqqan holda sinonimiya hodisasiga o‘ziga xos ta’rif berdi.Professor Yo.Tojiyev XX asrning 70-yillaridan so‘ng rus va Evropa tilshunosligida paydo bo‘lgan ta’riflar,talqinlarga suyangan holda,faqat lug‘aviy sinonimlarnigina nazarda tutmasdan,umuman,bu hodisaga nisbatan boshqa bir ta ’rif berishga harakat qildi.A.Hojiyev “Birlashtiruvchi ma’nosi bir xil,talaffuz va yozilishi,shuningdek,qo‘shimcha ma’no ottenkalari har xil bo‘lgan so‘zlar sinonim hisoblanadi” desa,Yo.Tojiev “Tildagi alohida olingan birliklarning ayrim ma’nolariga ko‘ra teng kelib qolishidan hosil bo‘lgan til hodisasi sinonimlar deb ataladi” deydi. R.R.Sayfullayeva,B.R.Mengliyev,G.H.Boqiyeva,M.M.Qurbonova, Z.Q.Yunusova,M.Q.Abuzalovaning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” nomli darsligining “Leksik-semantik munosabatlar” qismida sinonimik munosabatlarga doir qimmatli fikrlar bildirilgan.Professor S.Karimov “O‘zbek tilining badiiy uslubi” nomli monografiyasida sinonimlar to‘g‘risida e’tiborli fikrlarni bildirgan.19 Sinonimlar bir tushunchani turli xil ma’no nozikliklari bilan ifoda qilishda undan foydalanuvchilar,xususan,shoir va yozuvchilar, jurnalistlar uchun muhim imkoniyatlardan biridir.O‘zbek tilshunosligida,yuqorida ham qayd etganimizdek, sinonimlarni o‘rganish sohasida salmoqli ilmiy ishlar yaratilgan.20 Ular qatorida A.Doniyorov, A.Hojiyev,R.Qo‘ng‘urovlarning ishlari alohida ahamiyatga ega.21 Darhaqiqat, leksik vositalar orasida sinonimlar tilimizning ijtimoiy va badiiy-estetik jilolarini namoyish qila olishi bilan eng muhim o‘rinni egallaydi.Sinonimiyani nutqiy ijodning chegaralanmagan imkoniyatlarini yuzaga keltira oluvchi o‘ziga xos maydon deyish mumkin.Shuning uchun ham A.M.Peshkovskiy va A.I.Efimov singari olimlar nutqiy vositalar sinonimiyasini o‘rganishni stilistikaning markaziy muammolaridan biri deb hisoblaganlar. Sinonimlar badiiy uslubda muhim stilistik vosita sifatida xizmat qilishini S.Karimov va A.Xojiyevning “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati” asosida qarab chiqib, diqqatga sazovor fikrlarni bildirgan.Masalan: -agar – basharti.Basharti shahzoda uning tilagini hurmat qilsa,o‘zixtiyori bilan saltanatdan voz kechib,o‘zini bus-butun ilm-fanga bag‘ishlashni ko‘ngliga tugib qo‘ydi (O.Yoqubov. Ulug‘bek xazinasi). Professor S. Karimovning ta’kidlashicha,har bir milliy tilda,jumladan, o‘zbek tilida ma’lum tushunchalarni anglatuvchi sinonimlarning mavjud bo‘lishi va sinonimik qatordagi birliklar soni bu tilning boyligini ko‘rsatuvchi sifat belgilari sanaladi. Sinonimik qatordagi so‘zlarning uslubiy tabaqalana borishi esa tilning bu fazilatlarini yana ham to‘ldirishi mumkin.Bir qadar emotsional bo‘lsa-da,bir tushunchani ifoda etuvchi bir necha so‘zdan nazarda tutilgan ma’no va his-tuyg‘uni ifoda eta oladigan shaklini topib va tanlab ishlatish naqadar huzurbaxsh ish ekanligini ta’kidlashga to‘g‘ri keladi. H.Jamolxonov “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kitobining “Leksik sinonimiya qismidaifoda semalarining har xilligidan kelib chiqib,leksik sinonimlarni quyidagi turlarga ajratadi:22 1.Ma’no sinonimlari (ideografik sinonimlar).Bunday sinonimlar ma’no qirralari bilan farqlanadi.Masalan,achchiqlanmoq,g‘azablanmoq,qahrlanmoq leksemalari “g‘azabi kelmoq” ma’nosi bilan bir sinonimik qatorga birlashadi, ammo ularda shu ma’noni ifodalash darajasi bir xil emas, u “achchiqlanmoq”dan “g‘azablanmoq”qa,”g‘azablanmoq”dan esa “qahrlanmoq”qa qarab kuchayib boradi. 2.Uslubiy sinonimlar (stilistik sinonimlar).Bunday sinonimlarning leksik ma’nosi ijobiy yoki salbiy bo‘yoqlar (uslubiy semalar) bilan qoplangan bo‘ladi,ayni shu uslubiy semalar sinonimlarning uslubiy vosita sifatidagi qiymatinibelgilaydi.Masalan,jilmaymoq,iljaymoq,irjaymoq,tirjaymoq, ishshaymoq va irshaymoq leksemalarining barchasida bitta leksik ma’no – “ovoz chiqarmay miyig‘ida kulish”hodisasini nomlash bor,ammo shu ma’no jilmaymoq leksemasida bir oz ijobiy,iljaymoq leksemasida esa bir oz salbiy bo‘yoq bilan qoplangan,bu salbiy bo‘yoq irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq va irshaymoq leksemalarida yanada ortib boradi. 3. Nutqiy sinonimlar – nutqning u yoki bu turiga xoslanishi bilan o‘zaro farqlanadigan sinonimlar.Masalan,ozgina, picha, sal, xiyol, jinday, qittay, jichcha qatoridagi ozgina leksemasi nutqning barcha ko‘rinishlarida(adabiy nutqda xam,so‘zlashuv nutqida ham) qo‘llana olgani holda, picha, xiyol, jinday, Sinonimlar nutqda ishlatilish doirasi jihatidan ham o‘zaro farqlanadi. Masalan,barcha nutq stillarida ishlatiladigan umumnutq so‘zi,dudoq - badiiy nutq so‘zi; shamol - umumnutq so‘zi; sabo - badiiy nutq so‘zi; rohat - umumnutq so‘zi; eslamoq - umumnutq so‘zi; xotirlamoq - rasmiy nutq so‘zi; yo‘qlamoq -so‘zlashuv nutqi so‘zi.Bu xil sinonimlar stil (uslub) sinonimlari deyiladi. V.D.Devkin sinonimlarni “yaqin so‘zlar” deb hisoblaydi.23 Aksariyat olimlar sinonimlarning mavjudligini ko‘rib chiqadilar. B.N.Golovinning taʼkidlashicha,“Nutq madaniyatini rivojlantirishda sinonimlarning oʻrni nihoyatda muhim.Inson oʻz tilining sinonimlarini qanchalik yaxshi bilsa, fikr va kayfiyat tuslarini shunchalik erkin va aniqroq ifodalay oladi”.24 L.A.Novikov sinonimiyani “tanlash” deb ataladigan hodisa bilan bog‘laydi. Til iborasidan foydalanib, shaxs ham kognitiv, ham kommunikativ funktsiyani bajaradigan lingvistik harakatni amalga oshiradi. Har safar o‘zining kommunikativ rejasini amalga oshirib,ona tilida so‘zlashuvchi til vositalarini “tanlash” muammosini hal qiladi. Tanlash muammosining mohiyati tegishli kognitiv-funktsional model yordamida ma’lum bir kommunikativ niyat va rejani amalga oshirishdan iborat.Shunday qilib, sinonimiyaning asosi “turli lisoniy ma’nolarga ega bo‘lgan” bir xil aqliy va lingvistik tarkibni lingvistik vositalar bilan ifodalashning ontologik imkoniyatidir.25 So‘nggi o‘n yilliklarda rivojlanayotgan kognitiv fan nuqtai nazaridan tilshunoslik dunyo ontologiyasi inson ongida kategoriyalar tizimi, shu jumladan tilshunoslik shaklida aks etishini ko‘rsatadi. Rus tilshunosi L.K.Graudina ta’kidlashicha,lingvistik kategoriyalar elementlari bir-biriga ekvivalent emas.Ularning ba’zilari psixologik jihatdan boshqalarga qaraganda ko‘proq ajralib turadi.Natijada, lingvistik kategoriya, jumladan,sinonimiya ham bosqichma-bosqich xarakterga ega bo‘lib,uning elementlari“uzluksiz davomiylikni tashkil qilishi” mumkin.26 Sinonimiya hodisasiga kelsak, bu yondashuv sinonimik qatorlar orasidagi chegaralar o‘tish zonasi xarakteriga ega, deb taxmin qilishga asos beradi. S.V.Grinev-Grinevich fikricha,sinonimlar ostida bir xil yoki o‘xshash ma’noga ega bo‘lgan va bir xil tushunchani nomlash uchun ishlatiladigan so‘zlar tushuniladi.So‘zlarning bir tushunchaga mansubligi sinonimiya mezoni hisoblanadi.27 V.F.Ilyina fikricha, yangi leksik birlikning paydo bo‘lishi allaqachon belgilangan kontseptsiyani intralingvistik omillar bilan emas,balki so‘zlovchining ehtiyojlari bilan ko‘rsatish bilan bog‘liq. Shunday qilib,tabiiy tilda sinonimik qatorlarning mavjudligi doimo bunga turtki bo‘ladi.”Sinonimik qator” atamasi a’zolari tegishli dominant,semantik jihatdan eng sodda,stilistik neytral va sintaktik jihatdan erkin foydalanishga nisbatan aniqlangan paradigmalarni anglatadi”28. Sinonimik qatorning mavjudligi har bir kontseptsiya uchun uning mumkin bo‘lgan soyalarining barcha xilma-xilligida og‘zaki ifodani topishga imkon beradi. Sinonimik qator kuchayib,rivojlansa,adekvat ifodalash imkoniyati shunchalik ortadi.”Sinonimlarning ma’nolarida soyalarni farqlash orqali bilimlarni uzatish va mustahkamlashga, his-tuyg‘ularimiz va g‘oyalarimizni ifodalashga yordam beramiz”.29 V.F.Ilyina nutqdagi sinonimik qatorlarni o‘rganishga e’tibor qaratib,nutq sinonimiyasi zamonaviy milliy tilning nutq amaliyotida haqiqatan ham mavjud bo‘lgan sinonimik ifoda vositalarini o‘rganishga qaratilganligini ta’kidlaydi. Leksik sinonimiyaning kengayishi so‘zlarning metaforik qo‘llanilishi bilan bog‘liq. Bu so‘zlar orasidagi sinonimik munosabatlarning o‘zgarishiga,tilda tarixiy rivojlanishining ushbu bosqichida allaqachon shakllangan sinonimik qatorlarning doimiy ravishda to‘ldirilishiga olib keladi.Jonli nutqda vujudga kelgan va qaytadan paydo bo‘lgan bu chinakam faol sinonimlar semantik jamoani birlashtirib,nutqiy sinonimik qatorni tashkil etadi.30 Binobarin,nutqda sinonimik qatorni o‘rganishning ikkita mumkin bo‘lgan yondashuvi mavjud: 1)tilning leksik-semantik tizimiga asoslangan sinonimik qatorning nutqda amalga oshirilishini tahlil qilish; 2)tilning funktsional xususiyatlarini hisobga olish. Sinonimik qator fikrlarni, his-tuyg‘ularni ifodalashda, narsa va hodisalarni tavsiflashda gradatsiyani etkazishga imkon beradi.Qoplangan so‘zlarbir tushuncha atrofida sinonimik munosabatlar, tebranishlarning ma’lum bir amplitudasi bilan bir qator hosil qiladi.Sinonimlar ma’nolarning yaqinligi bilan bog‘liq,ammo ma’nolarning o‘ziga xos konnotatsiyalari ularning ishlashida etakchi rol o‘ynaydi. Shuning uchun har bir sinonimdagi farqlarni tushunish juda muhimdir. Demak, ko‘rinib turibdiki, ko‘p sonli sinonimik qatorlarning paydo bo‘lishi voqelik predmetlari va hodisalariga ularni bilish jarayonida turlicha yondashish imkoniyati tufayli yuzaga keladi,buning natijasida jarayonda turli nominatsiyalar paydo bo‘ladi. Xulosa qilish mumkinki, sinonimik qatorning mavjudligi sinonimlarga xosdir. Sinonimiya muammosi ko‘p yillar davomida ilmiy qiziqish uyg‘otib kelayotganiga qaramay,bugungi kunda “sinonim” va “sinonimiya” tushunchalarining bir ma’noli talqini yo‘q. Tilshunoslik tarixi tilning o‘zgarishi va rivojlanishi bilan bog‘liq savollarni keltirib chiqaradigan doimiy qiziqishdan dalolat beradi. Omonimiya barcha tillarga xos, har bir tilning leksik-semantik tizimini tavsiflovchi hodisalardan biridir.Ushbu hodisa ko‘plab tillarda keng tarqalganligi va tilning leksik-semantik tizimini tavsiflash uchun katta ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli,omonimiya muammosi mahalliy va xorijiy tilshunoslarni o‘ziga jalb qiladi.Ham o‘zbek,ham chet el tilshunoslari omonimiyani o‘rganish zarurligiga e’tibor qaratdilar.Bu leksikografiya, ingliz tilini o‘qitish metodikasi ehtiyojlari bilan bog‘liq. Biroq, ushbu eng qiziqarli hodisani o‘rganishning aniq ahamiyatiga qaramay,uni o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘plab asarlar mavjud bo‘lishiga qaramay, omonimiyaga oid bir qator muammolar hali ham o‘z tadqiqotchisini kutmoqda. Omonimiya sinxroniyaga mansub til hodisasi bo‘lganligi sababli bu boradagi mavjud tadqiqotlarning mutloq ko‘pchiligi bu hodisani hozirgi tillar materialidan foydalangan holda faqat sinxron ma’noda o‘rgangan.31 Tilshunoslik adabiyotida bir til tarixining turli davrlari omonimiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadigan asarlar mutlaqo yo‘q. Zamonaviy tilshunoslikda har bir ma’lum davrda tilda paydo bo‘lgan va undan chiqib ketgan omonimlarning miqdoriy nisbatidagi o‘zgarishlar, turli tipdagi omonimlarning miqdoriy nisbati, xususan, genetik jihatdan bog‘liq bo‘lmaganligi haqida ma’lumot yo‘q.32 Tabiiy tillarda “belgi qonuni” ning buzilishi bilan bog‘liq hodisa bo‘lgan omonimiya ko‘plab olimlar tomonidan ko‘rib chiqildi, ammo bu hodisa bilan bog‘liq bir qator masalalarni aniq hal qilishga bo‘lgan barcha urinishlar muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Shuning uchun ham, hozirgacha omonimiya tilshunoslikning eng qiyin va eng kam o‘rganilgan muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Omonimlarni tavsiflashning nazariy shart-sharoitlari tilshunoslikning asosiy muammosi - lingvistik belgini assimilyatsiya qilish bilan chambarchas bog‘liq.Til belgisini assimilyatsiya qilishning bir jihati yakkama-yakka yozishmalardir. Zamonaviy tilshunoslikda omonimlarning ta’rifi,ularning tasnifi, omonimlarning manbalari kabi muammolarni ko‘rib chiquvchi ingliz omonimiyasiga oid tadqiqotlar mavjud.Hozirgi tilshunoslikda qadim zamonlardan to hozirgi kungacha omonimlarni o‘rganishga oid asarlar yo‘q. Omonimlarning tarixiy rivojlanishi, shuningdek, omonimiyaning lisoniy hodisa sifatida barqarorligi, omonim turkumlari va ularning alohida tarkibiy qismlarining barqarorligi, ko‘p yoki kamroq bo‘lgan omillar aniqlanmagan. Omonimiya muammosi umumiy nazariy jihatdan ko‘rib chiqilgan asarlar bilan bir qatorda, so‘nggi paytlarda omonimiya hodisasini ko‘rib chiqadigan bir qator maxsus lingvistik tadqiqotlar paydo bo‘ldi.Bu asarlar asosan leksik va leksik-grammatik omonimiyadir. Masalalarning butun majmuasi so‘zni tushunish, uning semantik hajmi, omonimlarning semantik chegaralarini aniqlash, omonimiya va polisemiya hodisalarini farqlash masalasida quyidagi rus tilshunoslar ya’ni V.V.Vinogradov, O.S.Axmanovaga va so‘z o‘ziga xosliklari bilan bog‘liq, ayniqsa, so‘zning o‘ziga xosligi va lug‘atlar tuzish bo‘yicha S.A.Ozhegov, V.I.Abaev, L.I.Kutina, E.A.Zverevalar, mashina tarjimasida V.V.Kopilovlardir. Omonimiyani ko‘rib chiqish bilan shug‘ullanadigan olimlarning diqqat markazida doimo omonim atamasini aniqlash muammosi bo‘ladi. Bu sohada V.Vinogradovning asarlari rag‘batlantirildi. V.V .Vinogradov va ayniqsaA.I.Smirnitskiy “omonim” atamasi haqida yangi tushunchani ilgari surgan, jumladan, nafaqat asl shakllari, balki paradigmaning boshqa a’zolarining o‘ziga xosligini ham o‘z ichiga olgan, shuningdek, so‘zlar va so‘z shakllarining omonimlarini tasniflashning yangi tamoyillarini ishlab chiqqan.33 “Omonim” atamasining ta’rifida ba’zi tadqiqotchilar omonimlarni bir xil so‘zlardan tashkil topgan ikki yoki undan ortiq so‘zlar deb ta’riflaganlar. Fonematik qatorlarning tabiati va faqat semantik yoki grammatik jihatdan yoki bir vaqtning o‘zida semantik va grammatik jihatdan farq qiladiganlar. Boshqa olimlar, bizning davrimizda ifoda rejasi faqat tovush tomoni bilan cheklanib qolishi mumkin emas, balki mazmunning kamida bitta belgisida majburiy farq bilan nafaqat tovush tomonini, balki grafik tomonini ham o‘z ichiga olishi kerak, deb hisoblashgan. Shuning uchun "omonim" atamasi so‘zning fonetik va grafik tarkibini hisobga olishga asoslangan. 34 Omonimlarning tasnifiga kelsak, A.I.Smirnitskiy tasnifi so‘zlarning tovush shakllarining mos kelishining obyektiv ravishda mumkin bo‘lgan holatlarini to‘liq va aniq aks ettiradi. A.I.Smirnitskiy tasnifiga ko‘ra, omonimlar- bir tomondan, to‘liq va qismanga bo‘linadi. Ikkinchi tomondan, leksik, grammatik va leksik-grammatik. To‘liq omonimlarda shakllarning tovush o‘ziga xosligi so‘zlarning butun paradigmasidan o‘tadi.35 Masalan: -MASS 1 “messa” va MASS 2 "massa". Qisman omonimiya hodisalariga alohida so‘z shakllarining tovushida turli xil tasodifiy holatlar kiradi. Masalan, -LIGHT 1 "Nur" va LIGHT 2 "Oson".Bu so‘zlarning faqat ba’zi shakllari mos keladi. Boshqa tomondan, A.I. Smirnitskiy barcha omonimlarni leksiklarga ajratadi. Ular faqat ma’no jihatidan farq qiladi. Grammatik jihatdan farq qiladigan grammatik omonimlar bir-biridan faqat leksik jihatdan emas,balki grammatik jihatdan farq qilsa leksik-grammatik omonimlardir.Shu bilan birga, leksik omonimlar to‘liq, qisman, grammatik va leksik-grammatik jihatdan bo‘linishi mumkin. Leksik va grammatik omonimiya, o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi: Oddiy leksik va grammatik omonimiya, ya’ni, so‘zlar nutqning bir xil qismiga tegishli bo‘lgan hollarda kuzatiladi. Masalan: FOUND 1 “topildi” va FOUND 2 “ asos solmoq” ; Murakkab leksik-grammatik omonimiya, ya’ni, turli xil so‘z turkumlarini ifodalash bilan bog‘liq. Masalan: LIGHT 1. n. “yorug‘lik” va LIGHT 2 adj. “oson”. A.I.Smirnitskiyning tasnifi turli tillar materiallariga asoslangan boshqa barcha mavjud tasniflarga asoslanadi. Ba’zi ishlarda esa ushbu tasnifdan chetga chiqishlar kiritiladi. Bu esa keyingi tushuntirishlarni kiritishga urinish bilan bog‘liq. L.V.Malaxovskiy tomonidan taklif qilingan omonimlarning tasnifiga e’tibor qaratish lozim.Omonim talqiniga asoslanib,omonimlarning ifoda tekisligi tomondan uchta asosiy turini ajratadi: fonetik-grafik, sof fonetik va sof grafik. Kontent rejasi tomondan, shuningdek, uchta asosiy tur mavjud. Bular leksik-grammatik, sof leksik va sof grammatik omonimlardir.36 Masalan, Download 217.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling