mavzu: innovatsion faoliyatni moliyalashtirish reja


-jadval 2008 yilda sanoatdagi kapital kiritmalarni moliyalashtirish manbalarining tuzilishi


Download 62.65 Kb.
bet2/5
Sana18.12.2022
Hajmi62.65 Kb.
#1031518
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-маруза (1)

7.1-jadval
2008 yilda sanoatdagi kapital kiritmalarni moliyalashtirish manbalarining tuzilishi





Manbalar

YAkuniga nisbatan %da

11.

SHaxsiy mablag‘lar

77,0




Ulardan:




22.

Korxona ixtiyorida qoluvchi foydali jamg‘armalar fondi

16,2

33.

Amortizatsiya va shaxsiy mablag‘larning boshqa manbalari

60,8

44.

Jalb qilingan mablag‘lar

23,0




Ulardan:




51.

Banklar kreditlari

7,0

62.

Boshqa tashkilotlarning qarz mablag‘lari

3,1

73.

Byudjet mablag‘lar

5,0

84.

Byudjetdan tashqari fondlar mablag‘lari

1,8

95.

Boshqa jalb qilingan mablag‘lar

6,1

1

Jami

100,0

Jadvaldan ko‘rinishicha, bank kreditlari va boshqa tashkilotlarning qarz mablag‘larining ulushi 10,1% ni tashkil qiladi. Ilmiy-texnik sohada kredit resurslari ITTKI ni moliyalashtirishning umumiy hajmida 79 ni qiladilar, shuning bilan bir vaqtda byudjetdan tashqari fondlar mablag‘lari va boshqa jalb qilingan mablag‘lar 20%dan ko‘proq tashkil qiladilar. Tijorat banklaritomonidan ishlab chiqarish innovatsiyalarga yo‘naltirilgan investitsiyalarning ulushi 2%dan oshmaydi. Bunga sababa bank krizisi, kreditlarning yuqori qiymati, banklarda manfaatdorlikni yo‘qligidadir.


Investitsiyalarni moliyalashtirishning eng keng tarqalgan shakllaridan biri aksiyalar va obligatsiyalarni bosib chiqarish yo‘li bilan moliyaviy resurslarni olish, ya’ni ulushli yoki qarzli turdagi emissiya (bosib chiqarish)dir.
Innovatsion jarayonlarni takomillashishi va rivojlanishida infratuzilmalarga birlashgan moliya-sanoat guruhlari, konsorsiumlar, strategik alyanslar hamda loyihaviy moliyalashtirish va venchurli biznes alohida rol qynashi kerak.
Innovatsion loyihalarning samaradorligini oshirish uchun yirik kompaniyalar innovatsion axborotlarni kelib tushishining ko‘pgina vositali kanallaridan foydalanadilar, norasmiy tashkilotlarga keng murojaat qiladilar. Ammo juda ko‘p hollarda tadbirkorlar moliyaviy xavfsizlikni radikal yangiliklarning noaniqligi va tavakkalchi innovatorlarni mustaqilligidan afzal ko‘radilar.
Loyihaviy moliyalashtirish va innovatsion fondlar, ixtisoslashtirilgan moliya kompaniyalari, xalqaro moliyaviy tashkilotlar, sug‘urta va lizing kompaniyalari yangilik kiritishlar institutsional tuzilmasining muhim shakli bo‘ladilar. Ammo tijorat banklari, shu jumladan ixtisoslashgan investitsion va innovatsion banklar kerditlarning asosiy manbalari bo‘ladilar.
O‘sishning innovatsion omillarini safarbar qilishda venchurli biznesga alohida rol ajratiladi, u iinovatsiyalarni amalga oshirish shakli sifatida sarmoyalarni safarbar qilish usullari, manbalarni tuzilishi va moliyaviy mablag‘larni taqdim etish shartlari bo‘yicha ancha farqlanadi. Venchurli biznes prinsipial yangiliklarni ishlab chiqishga qaratilgan va qoidaga ko‘ra, pioner (birinchi) sohalardagi yuqori ishga doir faollik bilan bog‘langan. Microsoft va boshqa kabi yirik firmalar o‘zlarining qudratlari uchun xuddi venchurli biznesga qarzdordirlar. Kaliforniyadagi Silikon vodiysida yuqori texnologiyalarni ishlab chiqilishi va tatbiq etilishi birinchilarning misoli bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Fan va texnologiyalarning yorib o‘tuvchi yo‘nalishlaridagi yaqqol o‘ziga jalb qilishlik bunday kompaniyalarning moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy harakatlarni talab qilgan. Mamlakatli xususiyatlar venchurli biznesni rivojlanishining ikkita tendensiyalarida namoyon bo‘lganlar: uni YAponiya, G‘arbiy evropa mamlakatlarida inkorellyasiyalanganligi (o‘z tarkibga qo‘shib olganligi va AQSHda institutlashtirilgangigi (qandaydir yangi ijtimoiy institutni ta’sis etganligi)da. 1980 yillarda OO‘YU, akademik fan, davlat va xayr-ehson fondlari, lizing va sug‘urta kompaniyalari bilan bog‘liq venchurli va innovatsion fondlar rivojlana boshlaganlar. Ammo AQSH venchurli sarmoyasining 90 %ga yaqini 2-3 yangi firmalarning birlashmasi tomonidan taqdim etilgan. Bu fan, texnika va biznesning mashhur “avangard turi”dagi korxonani tashkil qilishga qodir vakillarini jalb qilishga imkon bergan. Ammo bularning barchasi tadqiqotli va venchurli loyihalardan moliyaviy qaytarilishni oshishiga yordam berolmagan. Birgalikdagi davlat, institutsional va korporativ harakatlar talab qilingan.
Keyingi o‘n yillar ichida sanoati rivojlangan mamolakatlarda investitsiyalarni moliyalashtirishning yangi shakli-loyihali moliyalashtirish tez rivojlana boshlagan. Dastavval investitsiyon loyihalarni bank tomonidan uzoq muddatli kreditlash deb tushunilgan loyihaviy moliyalashtirish bugun ko‘pgina turli tumanliklarga ega.
Jahon amaliyotida qabul qilingan innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning asosiy tashkiliy shakllari 2-jadvalda berilgan.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda innovatsion jarayon sarmoyalarni ham xususiy va ham davlat manbalaridan oladi. AQSH va evropa mamlakatlarida ularning ulushi taxminan teng YAponiyada xususiy investitsiyalarning ulushi 80%dan oshib ketadi. Moliyalashtirishning eng ixcham shakli-xatarli sarmoyalar – xususiy manbalarga asoslanadilar. Innovatsion jarayonlar uchun, shubhasiz, ITTIR ni innovatsion jarayondagi belgilab beruvchi bo‘g‘in sifatida moliyalashtirish eng katta ahamiyatga ega.

Download 62.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling