Mavzu: Innоvаtsiya lоyihаlаri vа ulаrdan foydalanish. Reja: «Innоvаtsiya lоyihаsi»


Innоvаtsiya lоyihаsi» tushunchаsi. Innоvаtsiya lоyihаsining tuzilishi


Download 22.77 Kb.
bet2/6
Sana03.11.2023
Hajmi22.77 Kb.
#1742488
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
siddiqov fanidan

Innоvаtsiya lоyihаsi» tushunchаsi. Innоvаtsiya lоyihаsining tuzilishi.
Innоvаtsiya lоyihаsi tushunchаsi. Innоvаtsiya lоyihаsining tuzilishi.
Innovatsiya loyihaning asosiy maqsadlaridan biri – korxona yuqori sifatga ega bo’lgan kerakli miqdorda mahsulot ishlab chiqarish layoqatiga ega ekanligini raqobatchilarga isbotlashdan iborat.
Innovatsiya loyihasi‖ tushunchasi bir qancha nuqtai nazardan qaralishi mumkin:
Ushbu uch jihatlar innovatsiya loyihasining innovatsiya faoliyatini tashkil qilish va maqsadli boshqarish shakllari sifatidagi o’z ahamiyatini ko’rsatadi.
1
2
3
ushbu tadbirlarni asoslovchi va bayon qiluvchi hujjatlar paketi sifatida.
innovatsiya maqsadlariga erishishga xizmat qiladigan tadbirlar yig’indisi sifatida;
innovatsiya faoliyatini amalga oshirish jarayoni sifatida;
Innоvаtsiya lоyihаsi tushunchаsi. Innоvаtsiya lоyihаsining tuzilishi.
Innovatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ularni moliyaviy asoslash va investitsiyalash muhim ahamiyatga ega. Bunda loyihaviy moliyalashtirish jarayonlari nuqtai nazaridan o’ziga xos xususiyatlarga ega innovatsion loyihalarni farqlash kerak:
a) investitsich loyihalari, masalan, yangi sanoat ob’ektlari qurilishiga (energetika, transport, aloqa va h.k.) yirik kapital qo’yilmalar;
b) ilmiy-texnik (innovatsiya) – ilg’or texnologiyalar, yangiliklar, mahsulotlar va xizmatlar.
Ushbu ikki xil loyiha o’rtasida muhim farqlar mavjud:
1. Sanoat ob’ektlariga kapital qo’yilmalar haqidagi mavjud moliyaviy axborot, hattoki eng oddiy ilmiy-texnik loyihalarga qaraganda, ayniqsa, ularning erta bosqichlarida, ishonchliroqdir;
2. Innovatsion ilmiy-texnik loyihalar mavhumlikning yuqori darajasiga ega ekanligi bilan farq qilib, ular shunday afzallikka egaki, ular ishlanmaning erta bosqichidayoq katta bo’lmagan moliyaviy yo’qotishlar bilan to’xtatib qo’yilishi mumkin;
3. Ilmiy-texnik loyihalarda axborot investitsiyaviy loyihalarga qaraganda ko’proq cheklanganligi va mos emasligi bilan farq qiladi. Bu esa mustaqil ekspertlarning loyihalarini baholash bo’yicha fikrlarini korrelyatsiyalashni nihoyatda qiyinlashtiradi;
4. Innovatsiya loyihalari ko’p mezonliligi va yuqori darajali mavhumliligi bilangina farq qilmasdan, balki sifatli baholash bo’yicha ham farqlanadi.
Bizning nazarimizda, har qanday innovatsiya loyihasi uch tomonlama, ya’ni birinchidan, innovatsiya loyihasini tadbiq etish uchun zarur bo’lgan turli moliyaviy resurslar narxlari bilan, ikkinchidan, jami safarbar etiladigan kapital qiymati, bozor munosabatlari talabidan kelib chiqib, tadbiq etilish vaqt birligi bilan, uchinchidan, qo’yilgan maqsadga erishish ichki kuchi bilan cheklanadi. Bular bilan bir qatorda innovatsiya loyihalari tadbiq etilishi jarayonida ehtimoli bo’lmish risklarni boshqarishni ham talab etadi. Har qanday investitsiya loyihalari kabi innovatsiya loyihalari to’rt bosqichdan iborat bo’lmish hayotiy tsiklga, ya’ni investitsiya oldi, investitsiya va ekspluatatsiya hamda likvidatsiya (tugallanish) bosqichlaridan iborat hayotiy tsikllarga egadirlar. Innovatsiya loyihasi xususiyatlariga qarab, qayd etilgan to’rt bosqichda investitsiyalar turli nisbatda shakllanadi va turli manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Innovatsiya jarayoni ma’lum bir davrni o’z ichiga olib, yangilikni yaratishda ifodalanishi uning iqtisodiy samaradorligi bilan bog’liqdir. Chunki innovatsiya strategiyasi ishlab chiqarish jarayonida yangi fan-texnika yutuqlarini qo’llash asosida raqobatchi sub’ektlarga nisbatan yuqoriroq iqtisodiy salohiyatga ega bo’lishida ifodalanadi. Innovatsiya jarayoni tuzilmasi 1-rasmda ko’rsatilgan.
Innovatsiya loyihalarining turlari, ularning hayotiy tsikllarining davomiyligiga qarab turlicha, ya’ni qisqa, o’rta va uzoq muddatli bo’lishi mumkin. Fan va texnika taraqqiyoti yutuqlari qanchalik tez shiddat bilan o’zgarsa, innovatsiya loyihalari hayotiy tsikllari muddatlari ham shunchalik qisqarib boradi.
Shunday qilib, yangilik yaratuvchi ijodkorlarning g’oyalari, ixtirolari, kashfiyotlari va h.k., ya’ni innovatsiya jarayonii asosini tashkil etuvchi novatorlarning mahsulotlari eksperimental tariqasida tekshirilib, innovatsiya loyihasi shaklida ehtimoli bo’lmish risklar asosida amaliyotga joriy etiladi. XXI asrda asosiy e’tibor texnik va texnologik yangiliklarni joriy etilishiga, energoresurslarni tejash texnologiyalariga asoslanadi.

Download 22.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling