Mavzu: Innоvаtsiya lоyihаlаri vа ulаrdan foydalanish. Reja: «Innоvаtsiya lоyihаsi»


Innоvаtsion lоyihаlаrni rеjаlаshtirish. Lоyihаning muvаffаqiyati vа uni bеlgilоvchi mеzоnlаr


Download 22.77 Kb.
bet4/6
Sana03.11.2023
Hajmi22.77 Kb.
#1742488
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
siddiqov fanidan

Innоvаtsion lоyihаlаrni rеjаlаshtirish. Lоyihаning muvаffаqiyati vа uni bеlgilоvchi mеzоnlаr
Loyihaning ahamiyat darajasi uning murakkabligi, davomiyligi, ijrochilar tarkibi, ko’lami, natijalarni ilgari surish xususiyati bilan belgilanadi, bu loyihani boshqarish mazmuniga ham o’z ta’sirini o’tkazadi.
Innovatsiya loyihalarini ishlab chiqishda zamonaviy innovatsiya loyihalari, odatda, katta investitsiyalarni talab qilishini, ular esa doim ham bo’lavermasligini hisobga olish zarur. Shuning uchun investitsiyalar haqidagi masala ancha qiyin hal etiladigan muammodir, chunki mazkur loyihaning zarurligini, foydaliligini va samaraliligini isbotlash kerak bo’ladi. Bu holatda asosiysi moliyalashtirish manbaini tanlash, uning hajmini, vaqt bo’yicha to’lovlar darajasi va hokazodir. Bu holatda investor o’ziga loyihaning mohiyatini tushuntirib berish, hamkorlik qanday afzallik berishini, va eng asosiysi, ular oladigan eng minimal va eng yuqori foyda miqdorini namoyish qilish talab etiladi. Ushbu ko’rsatkichlarning hammasini investorlarni kapital ajratishga ishontirish uchun tegishli tarzda rasmiylashtirish kerak.
Innоvаtsion lоyihаlаrni rеjаlаshtirish. Lоyihаning muvаffаqiyati vа uni bеlgilоvchi mеzоnlаr
Innovatsiya loyihasini ishlab chiqish bosqichlarini quyidagicha ifodalash mumkin:
Kontseptual bosqich – bu eng muhim bosqich hisoblanadi. Bu bosqichda innovatsion kontseptsiya (mohiyat) to’liq shakllantiriladi, uning ta’rifi beriladi, ishlab chiqarilayotgan loyihaning iqtisodiy samarasi aniqlanadi, intellektual mulk ob’ekti portfeli shakllanadi.
Har bir innovatsiya loyihasini ishlab chiqish foydalanishga mo’ljallangan yoki innovatsiya loyihasi amalga oshirilayotganda ishlab chiqiladigan intellectual
mulk ob’ektlari portfelini shakllanishidan boshlanadi.
Innovatsiya loyihasini ishlab chiqarish intellektual faoliyat natijalariga asoslanar ekan, shuning uchun investorlarni (ishlab chiqaruvchilarni) xaridorni jalb eta oladigan, sifatli, yangi innovatsiya mahsulotini yaratish imkoniyati qiziqtiradi. Bunda intellektual faoliyat natijasi egasini va uning ilmiy texnik, texnologik, ayrim hollarda innovatsiya loyihasida foydalanilishi kerak bo’lgan konfidentsial tijoriy ma’lumot (nou-xau) o’z ichiga oluvchi intelektual mulkka bo’lgan huquqini aniqlash muammosi yuzaga keladi.

Download 22.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling