Mavzu: inqurozlari va uning kelib chiqish sabablari Figures Bank inqirozlarining kelib chiqish sabablari


Bank inqirozlari kelib chiqish sabablarini bir qancha omillar


Download 38.87 Kb.
bet2/2
Sana14.04.2023
Hajmi38.87 Kb.
#1358071
1   2
Bog'liq
Mavzu inqurozlari va uning kelib chiqish sabablari Figures Bank

Bank inqirozlari kelib chiqish sabablarini bir qancha omillar


  • Haddan ortiq kredit ekspansiyasi. Mazkur omil natijasida kredit portfeli sifati yomonlashadi, kreditlar ta’minoti bo‘yicha ortiqcha qiymat yuzaga keladi va kredit riski ortadi. Kredit portfeli tarkibida kreditlar miqdorining ortishi natijasida ularning monitoringini yuritish bilan bog‘liq qiyinchiliklar yuzaga keladi. Bunga misol sifatida, Yaponiya, 80-yillardagi Lotin Amerika va 90-yillardagi Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuzaga kelgan bank inqirozlarini keltirishimiz mumkin.

  • Inflyatsiya. Inflyatsiya foiz stavkalari orqali bank tizimiga bir qator yo‘nalishlar doirasida ta’sir etishi mumkin. Bularga milliy kapitalning chetga oqib ketishi, jamg‘arishga bo‘lgan moyillikning pasayishi, aktiv va passiv operatsiyalar tuzilishidagi o‘zgarishlarni keltirish mumkin.

  • Tovar, moliyaviy aktivlar narxlari va foiz stavkalarining keskin tebranishiBunday holatda banklar kredit va bozor risklarini aniqlashda, omonatchilar va nazorat organlari bank moliyaviy holatini baholashda noaniqliklarga duch keladi. 1980 yillarda Shvetsiyada kredit bozorini liberalizatsiya qilish natijasida kredit spekulyatsiyasi va moliyaviy bozorda narxlarning asossiz oshishi jiddiy bank inqiroziga olib kelgan.

  • Savdo qoidalarining buzilishiMazkur holat bank inqirozlarini boshidan kechirgan deyarli barcha mamlakatlarda kuzatildi. Eksport tarkibida asosiy o‘rin egallovchi moddalar bo‘yicha narxlarning keskin tushishi eksport qiluvchi korxonalar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi banklar faoliyatiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

  • Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda moliviy bozorlarni libe­ralizatsiyalashMazkur holatning barcha ijobiy tomonlarini hisobga olgan holda yana shuni ta’kidlash mumkinki, Lotin Amerikasi (80-90 yillarning birinchi yarmi) va Janubiy-Sharqiy Osiyo (1997-1998 yy.) mamlakatlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qisqa muddatli spekulyativ pullar va portfel investitsiyalar moliyaviy tizimning foiz stavkalari va valyuta kurslari tebranishlariga bo‘lgan ta’sirchanligini oshiradi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalarning chiqib ketishi iqtisodiyotni tang ahvolga keltirib qo‘yadi.

  • Belgilangan valyuta kursiBunday sharoitda mamlakatda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida valyuta kursini sun’iy ravishda ushlab turilishi Markaziy bank valyuta zahiralari kamayishiga sabab bo‘ladi. Tashqi qarzlar bilan bog‘liq hisob-kitoblarda muammolar kuchayib, parallel valyuta bozori vujudga keladi. Bu esa, o‘z navbatida foiz stavkalarining oshishi va qarzdorlar to‘lovga layoqatliligining yomonlashuviga olib keladi.

Download 38.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling