Mavzu: inson huquqi reja: inson huquqlari huquq va majburiyatlar


Download 161.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana15.03.2023
Hajmi161.09 Kb.
#1270649
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAVZU.docx 2

Inson Huquqlari barcha insonlarning umumbashariy va ajralmas huquqlari boʻlib, 
qaysidir davlatga, millatga, fuqarolikka yoki dinga tegishli boʻlmasin hamma 
uchun bir hildir. Bu huquqlar 
Inson huquqlari umumjahon 
deklaratsiyasiga
 asoslangan. Inson Huquqlari xalqaro koʻlamda amal qilinib, 
xalqaro qonunlar, dunyoviy va diniy muassasalar, hukumatlar siyosati va nodavlat 
tashkilotlari tomonidan dunyo siyosatiga juda ham katta taʼsir koʻrsatadigan 
doktrinadir. Inson Huquqlari bu insonlarga berilgan imtiyoz boʻlib u dunyoning 
koʻpchilik taraqqiy etgan mamlakatlarida qonunlar, konstitutsiyaviy qadriyatlar 
normalari yoki halqaro konventsiyalar orqali tan olingan. 
Inson huquqlari - insonning davlat bilan munosabatidagi huquqiy maqomini, 
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoni-yatlari hamda 
daʼvolarini tavsiflovchi tushuncha. Inson huquqlarini erkin va samarali tarzda 
amalga oshirish fuqarolik ja-miyati va huquqiy davlatning asosiy belgilaridan 
biridir. Inson huquqlarini mutlaq va nisbiy Inson huquqlariga boʻlish qabul 
qilingan. Yashash huquqi, qiynoklarga, zoʻravonlikka, inson shaʼnini yerga 
uradigan boshqa xil muomalaga yoki jazoga duchor etilmaslik huquqi, shaxsiy 
hayotning daxlsizligi huquqi, shaxsiy va oilaviy sir saklash huquqi, oʻz shaʼni 
hamda yaxshi nomini himoya etish huquqi, vijdon erkinligi va dinga eʼtiqod qilish 
huquqi, shuningdek, sud tomonidan himoya qilinish va odil sudlov huquqi hamda 
shular bilan bogʻliq eng muhim protsessual huquqlar mut-laq Inson huquqlari 
sirasiga kiradi. Qolgan hamma Inson huquqlari nisbiy boʻlib, favqulodda yoki 
harbiy holat tartibi joriy qilingan vaziyatda cheklab yoki toʻxtatib qoʻyilishi 
mumkin. Demokratik davlatda mutlaq Inson huquqlarini har qanday vaziyatda ham 
cheklashga yoki vaqtincha toʻxtatishga (bekor qilishga) yoʻl qoʻyilmaydi. 
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson va fuqarolarning asosiy 
huquqlari, erkinliklari va burchlari, jumladan, shaxsiy huquq va erkinliklari, 
siyosiy huquklari, iq-tisodiy va ijtimoiy huquklari, shuningdek, Inson huquqlari va 
erkinliklarining kafolatlari belgilab berilgan (18— 52-moddalar). Oʻzbekiston 
Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, 
irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan 


qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar (18-modda). Jumladan, yashash huquqi — har 
bir insonning uzviy huquqi. Inson hayotiga suiqasd qilish — eng ogʻir jinoyat 
hisoblanadi (24-modda). Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. 
Hech kim konunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi; 
qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini 
kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas (25—26-
moddalar). Har kim oʻz shaʼni va obroʻsiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy 
hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga; fikrlash, 
soʻz va eʼtiqod erkinligi xuquqiga ega (27—29-moddalar). Hamma uchun vijdon 
erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xoh-lagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech 
qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan 
singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi (31-modda). 
Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda Inson huquqlari va erkinliklarining 
ustunligidan kelib chiqadigan, xalqaro miq-yosda qabul qilingan yangi yuridik ta-
moyil va talablarga asoslangan keng hukuqiy muhit vujudga keltirildi. Totalitar 
tuzumning tazyiq va zoʻravonligidan huquqiy meʼyorlar sari keskin burilish 
yasaldi. Respublika qonunlarini Inson huquqlari sohasidagi xalqaro meʼyorlar va 
andozalarga muvofiklashtirish, mazkur sohada Milliy harakat dasturini ishlab 
chiqish, Inson huquqlarini himoya qiladigan muassasalarning yaxlit tizimini barpo 
etish, Inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalar va hujjatlarga qoʻshilishda 
davom etib, bu hujjatlar boʻyicha majburiyatlarni bajarishning, barcha davlat 
organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar shu hujjatlar talablariga soʻzsiz rioya 
qilishining mexanizmi yaratildi.Inson huquqlari va kafolatlari O'z. Res. Konst.ning 
7,8,9,10 boblarida berilgan. 
Inson huquqlari nima? 
Inson huquqlari - har bir insonning millati, yashash joyi, jinsi, etnik kelib chiqishi, 
tanasining rangi, dini, tili va boshqa belgilaridan qat'i nazar, ajralmas huquqlaridir. 
Barcha odamlar har qanday turdagi kamsitishlarni istisno qilgan holda, inson 
huquqlaridan bir xilda foydalanish huquqiga egadirlar. Ushbu huquqlar o'zaro 
bog'liq va ajralmasdir. 
Insonning umumbashariy huquqlari ko'pincha shartnomalar, xalqaro odat huquqi
huquqning umumiy printsiplari va xalqaro huquqning boshqa manbalarida qonun 
ko'rinishida mustahkamlangan va kafolatlangan. Inson huquqlari bo'yicha xalqaro 
huquq davlatlarga inson huquqlari va asosiy erkinliklarini rivojlantirish hamda 
himoya qilish bo'yicha majburiyatlarni yuklaydi. 

Download 161.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling