Mavzu: inson huquqlari va o'zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya qonunchiligi


Download 26.78 Kb.
bet3/4
Sana25.11.2021
Hajmi26.78 Kb.
#177394
1   2   3   4
Bog'liq
IHUN — копия

birinchidan, hech kimning sud hukmi yoki qarorisiz ozodlikdan mahrum

etilishi mumkin emas;



ikkinchidan, mahkumlarni irqiy, til, diniy, siyosiy yoki boshqa e'tiqod, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, jinsiy, yosh, mulkiy holati belgilariga ko'ra har qanday kamsitish taqiqlanadi;

uchinchidan, ozodlikdan mahrum etilgan barcha shaxslar insoniy munosabatda bo'lish, inson shaxsiga xos bo'lgan qadr-qimmatining hurmatlanishi, jamiyatdan qayta ijtimoiylashuvi uchun har taraflama yordam olish huquqiga egadirlar.

Sanab o'tilgan holatlarning jazoning ijro etilishini tartibga soluvchi O'zbekiston milliy qonunchiligi bilan qay tarzda muvofiqlashtirilganini ko'rib chiqamiz. O'zbekiston jinoyat-ijroiya qonunchiligida mazkur prinsiplarni aks ettiruvchi maxsus normalar mavjud. Ular alohida institutlar va qonunchilik aktlarining normalaridan o'rin olgan yoki ulardan kelib chiqadi. Haqiqatan ham, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 5-moddasida “jazoni ijro etish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi yoki qarori hamda amnistiya yoki afv akti asos bo'ladi”, deb ko'rsatilgan. Jinoyat- ijroiya kodeksining 2-moddasida ta'kidlanishicha, “jinoyat-ijroiya qonunchilikning vazifalari jazoni ijro etish, mahkumlarni tuzatish, jinoyat sodir etilishining oldini olish, mahkumlarning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoyalashdan iborat”.

Normalar-prinsipdan o'zak deb atash mumkin: qonunchilikning ushbu sohasiga tegishli barcha institutlar ularga asoslanadi. Shuning uchun ular Jinoiy-ijroiy kodeksning 6-moddasida qayd etilgan. Mazkur prinsiplarning jinoyat-ijroiya qonunchiligi uchun ijtimoiy ahamiyati shundan iboratki, mahkumning, ayniqsa, ozodlikdan mahrum etilgan shaxsning huquqlari cheklanadi va tabiiyki, u tegishli ijtimoiy-huquqiy himoyaga muhtoj bo'ladi. Jinoyat-ijroiya kodeksda bayon etilgan jazoni ijro etish prinsiplari inson huquqlari bo'yicha va ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan munosabatda bo'lish to'g'risidagi xalqaro shartnomalarning qoidalarini yetarlicha to'liq aks ettiradi. Ular qatoriga qonuniylik va mahkumlarning qonun oldida tengligi, insonparvarlik va demokratizm prinsiplari ham kiradi. Ular JIKning asosiy institutlari va normalarida, xususan, mahkumlarning huquqiy maqomi, ularni tuzatish vositalari va boshqalarga berilgan ta'riflarda o'z aksini topgan.

O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksida Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyaga kiritilgan asosiy g'oyalarni aks ettiruvchi prinsiplar bayon etilgan. Ular jazoni ijro etish muassasalari va jazoni ijro etuvchi boshqa organlar xodimlarini mahkumlar bilan insoniy munosabatlarda bo'lishga yo'naltiradi.



Inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro shartnomalar va mahkumlarning huquqiy maqomi.

Yuqorida nomlari tilga olingan xalqaro aktlarning ko'pchilik holatlari jinoiy yustisiya organlari faoliyati sohasidagi inson huquqlariga, shu jumladan, hibsga olingan va sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga tegishlidir. Shu sababdan “Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt”da, “Mahbuslar bilan munosabatda bo'lishning minimal standart qoidalari”da, “Har qanday shaklda ushlanishi va hibsga olinishi lozim bo'lgan barcha shaxslarni himoyalash prinsiplari majmuasi”da mahkumlarning huquqiy maqomiga katta e'tibor qaratilgan. Mahkumga huquqning subyekti sifatida qaralishi lozimligi haqidagi qoida o'zak holat hisoblanadi. Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to'g'risidagi paktning 16-moddasida “har bir kishi, qayerda bo'lishidan qat'iy nazar, huquq subyekti deb tan olinish huquqiga egadir”, deya e'tirof etilgan.

Minimal standart qoidalarda “mahbuslar bilan muomalada bo'lishda ularning jamiyatdan chiqarib qo'yilganligi emas, hamon uning a'zosi bo'lishda davom etayotganliklariga urg'u berish darkor”, degan holat bilan ushbu prinsip rivoj toptirilgan. BMT “Minimal qoidalar”ining 61 bandida ta'kidlanganidk, “mahbuslarning qonunga va ular uchun chiqarilgan hukm shartlariga mos keluvchi fuqaroviy manfaatlar, ijtimoiy ta'minot va boshqa ijtimoiy imtiyozlar sohasidagi maksimal huquqlarini saqlab qolish choralarini ko'rish lozim”.

Qayd etish lozimki, O'zbekistonning jinoiy-ijroiy qonunchiligi ham mazkur xalqaro prinsipdan kelib chiqadi. Jinoyat-ijroiya kodeksning 8-moddasida “mahkumlar mahrum etilish va cheklovlar bilan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan huquqlar, erkinliklar va majburiyatlarga egadirlar”, deb ta'kidlanadi.

Shu bilan birga, shaxsning huquqiy maqomi umumiy formulasini (huquq subyekti bo'lish) rivojlantirib borib, inson huquqlari bo'yicha xalqaro shartnomalar asosiy e'tiborni fuqarolarning qonun oldida tengliklari, vijdon erkinligi, ona tilidan foydalanish erkinligi va boshqalarga qaratadilar. Ushbu huquqiy prinsiplar har bir insonga, shu jumladan, mahkumga ham tegishlidir. Masalan, Minimal standart qoidalar, mahkumlar bilan muomalada bo'lish prinsiplarini bayon etarkan, ularni irqiy, tana rangi, jinsiy, diniy va boshqa e'tiqod belgilariga ko'ra kamsitishni taqiqlaydi, dinga e'tiqod qilish, ona tilidan foydalanish erkinligini e'lon qiladi. Shu munosabat bilan “Minimal qoidalar”da o'rnatilgan bir qoida e'tiborni o'ziga tortadi. Unga ko'ra “axloq tuzatish muassasasi direktori, uning o'rinbosari va ko'pchilik xizmatchilar mahbuslarning aksariyati gaplashadigan tilni bilishlari shart” (51 band).

Jazoni o'tashda ona tilidan foydalanish erkinligi prinsipi ko'p millatli davlatlar, shu jumladan O'zbekiston uchun ham favqulotda muhim ahamiyatni kasb etadi. JIKning 9-moddasida mahkumlarning asosiy huquqlaridan biri bo'lgan o'z ona tilida yoki boshqa tilda murojaat qilish huquqining mustahkamlab qo'yilishi, shubhasiz, jazoni o'tash tartibini demokratlashtirish yo'lidagi yana bir qadam bo'ldi.



O'zbekiston Respublikasining jazoni ijro etishni tartibga soluvchi jinoyat-ijroiya qonunchiligida vijdon erkinligini ta'minlash kabi mahkumlar bilan munosabatda bo'lish prinsipi mustahkamlab qo'yilgan. JIKning 12-moddasida shunday deyiladi: “Mahkumlarga vijdon erkinligi kafolatlanadi. Ular har qanday dinga e'tiqod qilish yoki hech qanday dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga egadirlar”.

Diniy marosimlarni ado etish ixtiyoriy hisoblanadi va jazoni ijro etuvchi muassasaning ichki tartib-qoidalarini buzmasligi hamda boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitmasligi lozim.


Download 26.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling