Mavzu: inson huquqlari va o'zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya qonunchiligi


Download 26.78 Kb.
bet4/4
Sana25.11.2021
Hajmi26.78 Kb.
#177394
1   2   3   4
Bog'liq
IHUN — копия

Inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro shartnomalar va mahkumlarni saqlash sharoitlari.

Asosiy inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi nuqtai nazaridan mahkumlarni

saqlash sharoitlariga alohida ahamiyat berilishi Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to'risidagi xalqaro paktning 10-moddasida bayon qilingan quyidagi holat bilan yaqqol ko'rsatib berilgan: “Axloq tuzatish tizimining asosiy maqsadi mahbuslarni tuzatish va ijtimoiy qayta tarbiyalash bo'lgan tartibni nazarda tutadi”. Ushbu holat Mahbuslar bilan muomalada bo'lishning minimal standart qoidalarida batafsil bayon etilgan. Unda joylashish, ovqatlanish, tibbiy xizmat ko'rsatish, intizom va jazo, xavfsizlik choralarini ko'rish, tashqi dunyo bilan aloqa qilish, mehnat qilish, ta'lim va tarbiya masalalari hal etilgan.

O'zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat-ijroiya qonunchiligiga baho berilar ekan, ta'kidlash joizki, mazkur hujjat va inson huquqlari bo'yicha boshqa xalqaro aktlarda bayon etilgan talablarga to'liq mos keladi.O'zbekiston Respublikasining jinoyat-ijroiya qonunchiligida jazoni o'tash sharoitlarini yanada demokratlashtirish yo'lida katta ishlar amalga oshirildi. Bu ayniqsa, axloq tuzatish muassasalarida, xususan, voyaga yetmaganlar va ayollar saqlanadigan joylarda mahkumlarning ijtimoiy foydali aloqalarining kengaytirilishi va jazoni o'tash tartib-qoidalariga taalluqlidir.

Jazoni ijro etish va mahkumlar bilan munosabatda bo'lishga taalluqli xalqaro tavsiya-normalar

Ushbu normalarning vazifasi jinoiy jazolarni ijro etishni tartibga soluvchi qonunchilikning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatishidir. Masalan, BMT EKOSOS tomonidan 1984 yil 25 mayda qabul qilingan “Mahbuslar bilan muomalada bo'lishning minimal standart qoidalarini samarali amalga oshirish tartibi” da ta'kidlanadiki, “har qanday shaklda ushlanishi va hibsga olinishi lozim bo'lgan barcha shaxslarni himoyalash borasidagi normalari, mahbuslar bilan munosabatda bo'lishning minimal standart qoidalari mos kelmaydigan barcha davlatlar ushbu normalarni qabul qilishlari shart”. Ushbu holat 1989 yildagi Vena uchrashuvining yakuniy hujjatlari bilan tasdiqlangan. Ular davlat organlari va mahkumlar o'rtasida tartib, ularning moddiy-maishiy va tibbiy ta'minoti, mehnati, ta'lim-tarbiyasi va boshqa sohalarda yuzaga keladigan keng qamrovli munosabatlarni o'z ichiga oladi va insonparvarlik xarakteridagi tavsiyalarni aks ettiradi. Ular O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksida o'z ifodasini topgan.

Jazoni ijro etish muassasalari xizmatchilarini tayyorlash

Demokratik va insonparvarlik prinsiplariga asoslangan eng mukammal qonunchilik malakali, professional tayyorgarlikdan o'tgan va uni qo'llash uchun safarbar etilgan xizmatchilarsiz oldiga qo'yilgan vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishini kafolatlay olmaydi. Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi xalqaro shartnomalarda asosiy e'tibor jinoyat yustisiyasi organlari xodimlarini, ayniqsa ularning asosiy inson huquqlari va erkinliklarini o'zlashtirishlari va ularga rioya qilishlari nuqtai nazaridan tayyorlashga qaratilishi bejiz emas. Masalan, Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyaning 10-moddasida “har bir davlat qiynoqlarning taqiqlanganligi haqidagi ma'lumotning to'la ravishda huquqni tadbiq etuvchi organlar, ayniqsa, hibsda saqlanayotgan, ushlangan yoki qamoqqa olingan shaxslarni so'roq qilish yoki ular bilan o'zaro munosabatda bo'lgan xodimlarni tayyorlash dasturlariga kiritilishini ta'minlaydi” deyiladi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1979 yil 17 dekabrida qabul qilingan Hukuq-tartibotni saqlash bo'yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor kodeksi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Minimal standart qoidalarda qayd etilishicha, axloq tuzatish muassasalari ishining muvaffaqiyati xodimlarning halolligi, insonparvar-ligi, bunday ishga layoqatliligi, shaxsiy yaroqliligiga bog'liq. Bu O'zbekiston Respublikasidagi jazoni ijro etish muassasalari va organlari xodimlarining tayyorlashga ham taalluqli. Hozirgi kunda ushbu organ xodimlarini tayyorlovchi oliy va o'rta o'quv yurtlari tizimi yaratilgan.



Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, mahbuslar bilan muomalada bo'lishning minimalstandartqoidalariratifikasiyaqilgandavlatlardanbarchamahbuslarganisbatan ularning axloq tuzatish muassasasiga qabul qilinishidan tortib, to ushbu muassasada saqlanish muddatining tugashiga qadar tatbiq etilishini ta'minlash talabetadi.

Buyuk Britaniya qirolligi xalqaro huquq kolledji professori R. Myullerson O'zbekistonning axloq tuzatish siyosati haqida gapirar ekan, shunday degan edi: “So'ngi yillarda nodavlat tashkilotlari vakillariga, Xalqaro hoj tashkilotiga mamlakatning axloqtuzatishmuassasalaribilankengroqtanishishimkoniyatiningberilishiborasida hukumat tomonidan ko'rilgan ijobiy choralar mahbuslarni saqlash sharoitlarining xalqaro standartlarga mos kelishining kafolati bo'lmoqda”.
Download 26.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling