Mavzu: Inson ma’naviyatida etiketning o`rni


Download 0.8 Mb.
Sana27.01.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1134496
Bog'liq
inson ma\'naviyatida etiketning o\'rni

Mavzu: Inson ma’naviyatida etiketning o`rni.

Reja:

1.“Etiket” so`zining ma’no va mazmuni.

2. “Etiket”ning oltin qoidalari.

3. “Xamsa” asarida “Etiket” haqidagi fikr va mulohazalari.

4.Kiyinish madaniyati.

“Etiket” (fransuzcha, etiquette – ma’lum joyda o`rnatilga tartib-qoida) – inson va jamiyat tashqi madaniyatining asosiy qismi bo`lib, asrlar davomida go`zallik,intizom,aql va idrokning uyg`unligi asosida shakllangan estetik me’yorlar majmuasidir. Etiket insonni boshqalar bilan samimiy munosabati, uning ma’naviy-madaniy saviyasi,axloqiy me’yorlar sari yetaklovchi tarbiyani o`z ichiga oladi. Har bir insonda etiket rivojlanish xususiyatiga ega va u har kimda har xil darajada shakllanadi. Bu insonning tashqi madaniyati, o`zaro munosabatlarda o`zini tutishi, odob-axloq qonun-qoidalariga qay darajada amal qilishi bilan belgilanadi.

Etiketning oltin qoidalari: 1. Salomlashish

Salomlashish – tilimizdagi mehr-oqibat, mehr-muhabbat, mehr-shavqat, qadr-qimmat degan chuqur ma’no-mazmunni o`zida mujassam etgan ma’naviy qadriyatlarimizdan hisoblanadi.

Salomlashosh – mohiyat-e’tibori bilan xayrixohlikni ko`rsatuvchi va hurmatni bildiruvchi odat. Salomlashish kundalik hayotimizda ko`p ishlatiladigan fazilat hisoblanib, kishidan xushmuomalikni talab qiladi.

2. Xushmuomalalik

“Xushmuomalalik va odob har qanday insonning boshqa qobiliyatlarini bezab turish uchun zarur”, – degan edi ingliz diplomati

F. Chesterfild.

Xushmuomalalik insonning o‘ziga xos sifatlaridan biridir. Kirishuvchanlik, atrofdagilarni hurmat qilish va kelisha olish kabi sifatlar ko‘pchilik kishilarda topilmaydigan muhim fazilatlardandir. Suhbatdoshini tinglayotganida iloji boricha, boshqa narsaga chalg`imaslik kerak. Aytgan gaplarini tasdiqlash ma’nosida boshingizni silkitib, “darhaqiqat”, “to`g`ri”, “topib aytdingiz”, “men ham qo`shilaman”, “chiroyli ta’rifladingiz” kabi ma’qullash ma’nosidagi so`zlarni aytish maqsadga muvofiq.

Telefonda so`zlashish odobi


So`zlashish qisqa, lo`nda , aniq maqsadga yo`naltirilgan bo`lishi kerak
Yanglishib qo`ng`iroq qilgan odamga ters va keskin emas, muloyimlik bilan javob qaytariladi
Nutqimizdagi “uzr”, “iltimos”, “tashakkur”, “minnatdorman” singari muloyim so`zlardan foydalanish maqsadga muvofiq sanaladi.

Kiyinish madaniyati

Kiyim – inson madaniy darajasini ko`rsatuvchi asosiy belgilardan biri.

Kiyinish madaniyati – insonning tashqi qiyofasi, uning ma’naviy dunyosi, estetik didi, shuningdek, axloqiy sifatlari va aqliy salohiyatini ifoda etadigan tushuncha. Ajdodlarimizdan qolgan ma’naviy meroslarda kiyinish madaniyati did, farosat, xayo kabi insoniy fazilarlar bilan bog`liq holda talqin etilgan.

Kiyinish insonning g`ozallik, nafosat, nazokat, odob borasidagi qarashlarini aks ettiradi.


Test
“Etiket” so`zi qanday ma’noni anglatadi?
  • fransuzcha, etiquette – o`rnatilgan tartib-qoida

  • b) Inglizcha toat-ibodat
    v) Xitoycha bilmoq-o`rganmoq
    s) Nemischa intilmoq, o`qimoq

Muammoli savol:
Nodira ismli 10-sinf o`quvchisi uydan chiqishida tizzadan pastga tushgan yubka va sipo kofta kiyib chiqdi. Nodira qo`shni yo`lakning liftiga kirib yubkasini o`zinikiga nisbatan 30-40 sm kalta yubkaga, koftasini esa, jussasini qisib turadigan tor, o`ta yubqa matodan tikilgan koftaga almashtirib, beligacha tushadigan sochlarini yoyib chiqib ketdi. Uyga qaytishda esa vu holat aksincha takrorlandi.

Bunday holatga sizning fikringiz?

Rasmga qarab fikr-mulohazangizni bering

Amaliy ko`nikma Chiston – topishmoq
O`z-o`zingdan qoyich, imkonsiz bekor….
U nima?

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling