Mavzu: Inson ongida abstrakt tasavvurlarning yuzaga kelishi. Reja Ishlab chiqarish kuchlarining rivoji Fikr va nutqning vujudga kelishi
Mafkuraviy g’oyaviy (ideologik) tushunchalarning boshlanishi
Download 17.35 Kb.
|
1-ma\'ruza (2)
3. Mafkuraviy g’oyaviy (ideologik) tushunchalarning boshlanishi
Ibtidoiy to’da davrida mafkuraviy tasavvurlar qanday bo’lganligi masalasini ham rekonstruksiya qilish murakkab masala bo’lib kelgan. Bunday tasavvurlarni bilib olishda neandertal odamlarining qabr topilmalari katta ahamiyatga ega. Eng qadimgi odamlarning topilma suyak qoldiqlari asosan teginilgan qatlamlardan topilgan. Bunday holatning yuz berishiga, avvalo, to’rtlamchi davrda doimiy yuz berib turadigan tektonik faoliyat sabab bo’lgan. Tektonik harakatlar yer qatlamlari va qobig’ining birlamchi yotqizig’iga putur yetkazgan, ayrim holatlarda qatlamlar aralashib ketgan. Teginilmagan holatdagi qatlam bilan bog’liq bizgacha yetib kelgan topilmalar ashell va mustyer davrlariga tegishli bo’lib, neandertallarga taalluqlidir. Hozirgi vaqtda bunday topilmalar odatda qabr tipida bo’lib, bunday yodgorliklarning ko’plari fanda ma’lum. Arxeologlar antropologlarning hamkorligida izchillik bilan bunday yodgorliklarni o’rganishib, ularning maxsus o’ylab ko’milganligini ko’rsatmoqda. Bu topilmalarning deyarli barchasi g’or makonning chegara qismida, maxsus qazilgan chuqurda, madaniy qatlam bilan birga kuzatilingan. Dafn qilinganlar yon tomonga, uxlayotgan ko’rinishda ko’milgan. Nima sababdan neandertallar o’zlarining vafot etgan kishilarini ko’mishgan? Bu masala tadqiqotchilarda katta e’tibor tug’dirish bilan, qiziqarli va qizg’in mulohazalarni ham keltirib chiqardi. Shulardan bir nechasini ko’rib o’tamiz. Ayrim olimlar fikricha, neandertallarda o’zlarining o’lgan kishilariga nisbatan muayyan qayg’urish bo’lib, u vaqtlarda kishi o’limi to’la tushunilmagan yoki o’lganligiga ishonmagan, vaqtinchalik voqyea degan tushunchada bo’lgan. Bundan tashqari, dafn qilishdagi alohida ko’rinish – yonboshga yotqizib ko’mish ham shunday fikrga kelishga ko’maklashadi. Ayrim olimlar bu xususiyat kannibalizm – odamxo’rlik bilan ham bog’liq degan fikrni bildirishganlar. Neandertallar o’z to’dasiga taalluqli o’lganlarni shu maqsadlarda maxsus dafn qilgan bo’lishlari mumkin. Shunday qilib, neandertallar dafn marosimlarida sosial bog’liqlikni ko’rish mumkin. Sosial bog’liqlik va normaning paydo bo’lishi neandertal qabrlari bilan bog’liq birdan bir tushuncha emas. Olimlarning avvaldan kuzatishiga qaraganda, shu xususiyat ma’lum bo’ldiki, dafinalarda kishilar sharq-g’arb yo’nalishida yotqizib ko’milgan bo’lib, bu holat A.P.Okladnikov fikricha, quyosh harakati bilan qandaydir bog’liq. A.P.Okladnikov tomonidan o’rganilgan Teshiktosh g’oridan topilgan neandertal bolasi qabri tog’ kiyigi shoxlari bilan o’rab olinganligi holati kuzatilgan. Bu yerda yashagan neandertal guruhlar hayotida tog’ takasi (kiyigi) asosiy ov mashg’ulotlaridan biri bo’lgan. A.P.Okladnikovning qarashi bo’yicha, quyosh chizig’i yo’nalishi bo’yicha dafn qilishni quyoshga sig’inish kultining paydo bo’lishi bilan bog’laydi. Boshqa ko’pgina olimlar tomonidan ham neandertallarda qabrga dafn qilish bilan bog’liq kult - ilk diniy tushunchalarning paydo bo’lish mumkinligi inkor qilinmaydi. Italiyaning shimoliy-g’arbida o’rganilgan g’orda stalagmit (suv tomchisi orqali hosil bo’lgan hayvon siymosiga o’xshash qurtka tosh)da neandertal odamining izi topilgan. Fransiyaning janubiy-g’arbiy o’lkasida o’rganilgan Regurdu g’oridagi mustyer davri qatlamida sun’iy ravishda qurilgan bir necha tosh qatlamlar ostiga ayiq suyaklari qo’yilgan edi. Taxminan, aynan shunday topilmalar Petersxol va Draxenlox g’orlarida kuzatilgan. Bu topilmalar neandertal odamlariga magiya, ya’ni jinga sig’inish alomatlari begona bo’lmaganligini ko’rsatadi. Ko’pchilik olimlarning fikrlariga qaraganda, neandertal odamlarining miya rivoji hajmi hali barcha hodisalarni tasavvur qilish qobiliyatiga to’la ega emas edi. Shuning uchun ham bunday sig’inish diniy qarashlari neandertallarning so’nggi bosqichlarida vujudga kelgan bo’lsa kerak. Ammo neandertallarning boshlang’ich va o’rta rivojlanish bosqichlarida hali dafn bilan bog’liq hayot, ularga tegishli urf-odat, sig’inishlar to’la xos emas, zaif holatda bo’lganligi uchun mavjud edi. Ibtidoiy to’da davrining neandertallar zamonida ijtimoiy ongning yana bir boshqa shakli vujudga kelgan. Biz yuqori satrlarda arxeolog R.Soleski tomonidan Shanidar g’or madaniy qatlamlaridan topilgan neandertal jasadi bilan bog’liq dorivor o’simliklar changi kuzatilganligi haqida so’z yuritgan edik. Bu topilmani kuzatishdan shu xulosa kelib chiqadiki, ibtidoiy to’da davri odamlarining dorivor o’simliklardan turmushda foydalanganligi xalq tibbiyotining ilk ildizlaridan dalolat beradi. Fransiyaning Li Farass g’oridan kosasimon chuqurlikka ega tosh lavha topilgan bo’lib, unda oxra, ya’ni tabiiy bo’yoqdan chizilgan chiziqlar kuzatilgan. Bu hodisa san’atning kelib chiqishidagi ilk ko’rinish bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, ilk paleolit davriga oid g’or devorlarida makoronsimon, to’lqinga o’xshash chizmalar kuzatilgan, odamning qo’l tasviri solingan rasmlar topilgan. Ayrim olimlar bu topilmalarning hali ular san’at namunalari emasligi, balki ma’naviy ijod tushunchasining eng ilk tasavvurlari ekanligi haqida mulohazalar yuritishmoqda. Qandayligidan qat’iy nazar bu kabi topilmalar ahamiyatli bo’lib, biz bu orqali odamzodda dastlabki ma’naviy ajdodning ilk ildizlari ibtidoiy to’da davrida yuzaga kela boshlaganligi haqidagi tasavvurga ega bo’lamiz. Download 17.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling