Mavzu: Inson va tabiat aloqadorligi


IKKINCHI MUHIM MUAMMO BU ATROF-MUHIT TA’LIMI O'QUVCHILARGA MUAMMO NIMAGA KELIB CHIQQANLIGINI


Download 131.87 Kb.
bet2/4
Sana21.06.2023
Hajmi131.87 Kb.
#1638233
1   2   3   4
Bog'liq
MUNDARIJA

IKKINCHI MUHIM MUAMMO BU ATROF-MUHIT TA’LIMI O'QUVCHILARGA MUAMMO NIMAGA KELIB CHIQQANLIGINI


Bir tomondan qaraganda juda oson javob topish mumkin. Biz mahsulotlarni.iste’mol qilishimiz tezligi sayyoramizni shu mahsulotlarni vetkazib berish qobiliyatidan ancha balandroq. Shu bilan birgalikda dunyo aholisi ko'p miqdorda axlat tashlanishiga sababchi bo'lib kelmoqda. Bizning sayyoramizga axlatning bunaqa hajmini uddalash o'ta murakkab. Ammo bu vaziyat butun dunyoda bir xil emas. Dunyoning bir xil davlatlarida aholi juda ko'p mahsulotlar iste’mol qiladi va bir xil joylarda juda kam, lekin umuman olganda bizning turli mahsulotlarga talablarimiz va bizning sifatliroq hayot tarziga intilishimiz juda ko'p mahsulotlar iste'mol qilinishiga olib keladi.
Iste’mol qilishning ko'rsatkichlaridan biri ekologik izlar deb ataladi.
Ekologik iz ko'rsatkichi bir odamga kerak bo'lgan hamrna mahsulotlarni ta’minlash uchun qancha yer kerakligining o'rtacha ko'rsatkichidir. Mahsulotlar ichiga oziq-ovqat, energiya, transport, inson yaratgan ifloslanishni у tit ib olish uchun kerak bo'lgan yer, sotib olinadigan mahsulotlarni ta'minlash uchun kerak bo'lgan yer. masalan, kiyim-kechaklar kiradi.
Nimaga biz juda ko'p iste'mol qilib, juda ko'p axlat chiqaramiz? Buning sabablaridan biri biz mahsulotlarimiz manbayi bo'lmish Ona-tabiatning boyliklarini deyarli bepul va tuganmas deb o'rganib qolganmiz. Albatta, axlatni ham bepul tabiatga tashlash mumkin deb bilamiz. Biz Ona-tabiatga o'z munosabatlarimizni o'zgartirishimiz kerak. Tabiat bir tagi yo‘q kosa emas va Tabiatga xohlagancha axlat tashlab bo'lmaydi. Biz Tabiatga pul qiymati berishimiz kerak. Dunyoda bir xil odamlar iqtisodiy va inson kapitallari bilan bir toifada Tabiatni tabiiy kapital deya atamoqdalar.
Ikkinchi sabab birinchi sabab bilan bog'liq. Bizlar kamroq iste’mol qilisliga intilmaymiz. Biz dunyo miqyosida axlat chiqaradigan jamiyatmiz. Masalan, yo'llarda haydaladigan mashinalarimiz yaxshi o'ylanib qilinmagan.
Yong'in energiyasining 10% mashinani batafsil yurgizadi, qolgani esa yo'lning va motorning ishqalanish kuchini yengishga sarflanadi. Aslida bu ishqalanish kuchining ko'pini osongina yengish mumkin. Xuddi shu gap boshqa texnologiyalarga ham to'g'ri keladi. Bizda ishlab chiqarish jarayoni ham yaxshi tashkil qilinmagan.
Atrof-muhit ta’limi o'quvchilarga tabiiy kapital, o'ta ko'p iste'mol qilish va axlat chiqarish tushunchalarini anglab yetishda ko'makdosh bo'lishi lozim.
UCHINCHI MUHIM MUAMMO BU ATROF-MUHIT TA’LIMI
O'QUVCHILARGA MUAMMONING QANAQA YECHIMLARI

Download 131.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling