Mavzu: Inson xotirasi abadiy va barhayot Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg'usi bilan barhayotdir


Download 275.72 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi275.72 Kb.
#256134
Bog'liq
xotira


Mavzu: Inson xotirasi abadiy va barhayot Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg'usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o'tmishni, ajdodlar o'gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko'taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag'ishlaydi. Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o'z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni ezozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag'rikeng, olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o‘tgan nuroniy otaxonlarni-onaxonlarni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, ularga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatish mustaqillik yillarida yangicha ma’no-mazmun bilan boyidi.Bu jihatlar yurtimizda keng nishonlanayotgan Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda, ona diyorimizni, xalqimizning ozodlik va istiqlolini, erkin va farovon hayotini mardlik va shijoat bilan himoya qilgan fidoiy yurtdoshlarimizga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, hurmat-ehtiromda yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirzieyovning 2017  yil 4- aprelda qabul qilingan «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi farmoni mamlakatimizda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ko‘rsatilayotgan ehtiromning yana bir yorqin ifodasidir. Mazkur farmonga muvofiq barcha shahar va tumanlarda, qishloq va mahallalarda urush qatnashchilari va nogironlariga pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi, sovg‘a-salomlar berilmoqda.



Xotira deganda, barchamiz qon-qonimiz, suyak-suyagimizga singib ketgan muqaddas tuyg‘uni tushunamiz. Chindan ham, o‘tganlarni xotirlash, ularning ruhini yod etish xalqimiz uchun asrlar davomida ezgu an’ana, ezgu odatga aylanib qolgan.

Yurtimizda xalqimiz o‘tmishini o‘rganish, ajdodlarimiz ruhini yod etish, ulardan bizga qadar yetib kelgan moddiy va nomoddiy merosni asrash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Har yili nishonlanadigan 9-may — Xotira va Qadrlash kunida xuddi shunday voqelikning yaqqol ifodasini ko‘rishimiz mumkin. Bu bayramni ko‘tarinki ruhda nishonlashga xalq ta’limi tizimida katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashda mardlarcha halok bo‘lganlar, bugungi kunda ulug‘ yoshga yetib, keksalik gashtini surayotgan sobiq jangchilar, mustaqillik yillarida o‘z xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasini abadiylashtirish, faxriylarga hurmat ko‘rsatish, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yana ham mustahkamlashda bu bayramning ta’siri katta.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘i qabul qilindi. Shu asosda Respublika ta’lim markazi tomonidan ta’lim muassasalarida Xotira va Qadrlash kuni tadbirlarini mazmunli o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar tayyorlandi.  Xotira va Qadrlash — xalqimizning asriy qadriyatlaridan. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘ida. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatganlar, jang maydonida jonini fido qilgan bobolar, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o‘tgan nuroniy momolarni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, ularga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatish xalqi¬mizga xos fazilatdir.

“Xotira”, “qadr” degan tushunchalar azal-azaldan el-yurtimizning tafakkuri, ma’naviy hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib kelgan. O‘zini, o‘z el-yurtining o‘tmishini, tarixini eslamaydigan, bilmaydigan, xotirlamaydigan insonni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Xotira deganda, barchamiz qon-qonimizga singib ketgan muqaddas tuyg‘uni tushunamiz. Tarixiy xotira — bu hayot mazmunini, avlodlar o‘rtasidagi vorislik tuyg‘usini anglash demakdir. Uzoq-yaqin o‘tmishda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan bugungi va ertangi kun uchun zarur saboq va xulosa chiqarib yashash demakdir. O‘z bolalari va avlodlariga, ularning ongu shuuriga, ajdodlar ruhiga hurmat va ehtirom tuyg‘usi bilan yashashni singdirish demakdir.

Ikkinchi jahon urushi, uning jarohatlari el-yurtimiz xotirasida umrbod saqlanadi. Ko‘pni ko‘rgan, jafokash xalqimiz bu urushda ne-ne asl farzandlaridan, oilaning tayanchi va suyanchi bo‘lmish qancha-qancha navqiron o‘g‘lonlaridan judo bo‘lgan. Agar urush arafasida O‘zbekistonda 6,5 millionga yaqin aholi yashagan bo‘lsa, shundan 1,5 millioni urushda ishtirok etgan. Go‘dak va bolalarni, qariyalar va ayollarni hisobga olmaganda, xalqimizning 40 foizdan ko‘prog‘i qo‘liga qurol olib, jangu jadalda qatnashgan. Bu dahshatli qirg‘inda qariyb 350 mingga yaqin yurtdoshimiz, ya’ni urushda qatnashgan¬larning 25 foizga yaqini halok bo‘lganini inobatga oladigan bo‘lsak, erishilgan g‘alabaning qadr-qimmati biz uchun nechog‘li baland ekani, O‘zbekiston xalqining fashizmga qarshi kurashga qanday katta hissa qo‘shgani yaqqol namoyon bo‘ladi.

Bizning mard va jasur yurtdoshlarimiz qandaydir noma’lum tepalikni egallash uchun emas, avvalo fashizm balosini yurtimiz ostonasiga yo‘latmaslik, ota-onasi, suyukli yori, aziz farzandlari, yoru do‘stlarini, el-yurtini himoyalash, asrash uchun jangga kirgan, jon fido qilgan.
Mustaqillikni qo‘lga kiritganimizdan keyin tinchlik va osoyishtaligimizni asrash maqsadida kurashib, halok bo‘lgan yurtdoshlarimizning ham xotirasi abadiydir. Mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatib, bugungi kunda hayot bo‘lganlar esa doimo qadr va e’zozda.
Download 275.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling