Mavzu: intellekt va kreativlik nazariyalari Reja
Download 1.17 Mb.
|
intellekt va kreativlik nazariyalari
Yakunlovchi suhbat. Yakunlovchi suhbat o‘quvchilar o‘rganilgan
mavzu bo‘yicha xulosa chiqara olishlari uchun o‘tkaziladi,. Masalan, “Granit” mavzusi o ‘rganilgandan keyin quyidagi savollar bo‘yicha yakunlovchi suhbat o ‘tkaziladi: Biz qanday mavzu bilan tanishdik? Qanday yangiliklami bildik? Granit qanday tuzilishga ega? Granit rangi nimaga bog‘liq? Granit tarkibiga nimalar kiradi? Granitdagi kvars qanday aniqlanadi? Granitning yemirilishi natijasida nimalar hosil bo‘ladi? Tasviriy qurollami ko ‘rsatish asosidagi suhbat. Tabiatshunoslik darslarida ko‘pincha suratlardan foydalaniladi. Masalan, “Dashtlar” mavzusini (4-sinf) o‘rganishda o‘qituvchi “Bahorda dasht” nomli su- ratni iladi va uning bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi. 0 ‘quvchilar ushbu 345 savollarga javob berishlari kerak: suratda nimalar tasvirlangan? Su- ratda qanday o‘simliklami ko‘ryapsiz? (qum giyohi, lola, gulsapsar, saksovul). Nima uchun dashtda o‘simliklar kam? Nima uchun dashtda baland daraxtlar yo‘q? Suratda tasvirlangan hayvonlami sanab bering (burgut, ilon, kalxat, dasht qarg‘asi, suvilon, qum quyoni). Bu hayvon lar nima bilan oziqlanadilar? Yordamchi savollar bo‘yicha suratni tahlil qilib, o‘quvchilar yan gi ma’lumot oladilar, chunki o‘qituvchi o‘quvchilaming javoblarini to‘ldiradi, tushuntiradi va aniqlaydi. 0 ‘qilgan darslik maqolasi asosida suhbat. Suhbatning maqsadi - u yoki bu tabiat hodisasini bolalar tomonidan to‘g ‘ri tushunilganligini aniqlash, tabiatshunoslik maqolasini o ‘qishdan olingan yangi bilim lami mustahkamlash va sistemalashtirishdir. Shunday maqolalami 1-sinfda o‘qishda qisqa suhbat o‘tkaziladi, unda bolalaming o ‘qilgan maqola mazmunini qanday tushunganlikla- rini aniqlashga yordam beruvchi 2-3 ta savol beriladi. Keyin maqola mantiqan tugallangan qismlar bo‘yicha о‘qiladi va o ‘qilganlaming mazmuni aniqlanadi. Shundan keyin o ‘quvchilarga o ‘qilgan qismda qancha jumla bo‘lsa, o ‘shancha savol beriladi. Matn albatta o‘qituvchi tomonidan sharhlab beriladi, uni hikoya, ko‘rgazmali qurollami, o‘qitishning texnika vositalarini namoyish qilish bilan birga olib bo riladi. Suhbat o‘quvchi bilimlarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash bi lan tugallanadi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling