SAMARALI REKLAMA UCHUN ENG MAQBUL IJTIMOIY TARMOQLAR:
Facebook dunyodagi eng ommabop ijtimoiy tarmoq bo’lib, 1,4 milliard foydalanuvchisiga ega. Facebookdagi reklama mahsulot va xizmatlari to’g’risida yaxshiroq bilib olish va kompaniyaga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish imkonini beradi. Reklama orqali har qanday hodisa, e’lon va suratlarni keng targ`ib etish mumkin.
VKontakte ikki yuz milliondan oshiqroq foydalanuvchilariga ega Yevropaning eng yirik ijtimoiy tarmoqlaridan biridir. Unda maqsadli reklamalar yordamida tezda potensial mijozlar e’tiboriga tushishingiz mumkin. Reklama uchun to’lov namoyish vaqti va ko’rishlar soniga qarab amalga oshiriladi.

Odnoklassnikida reklama deyarli har qanday biznes uchun mos imkoniyatlarni taqdim etadi. Ushbu ijtimoiy tarmoq sozlangan maqsadli reklamani, xatto, ijtimoiy tarmoqdan tashqaridagi saytlar va hamkor-saytlarda ham keng targ’ib qilinishini ta’minlaydi.
Xulosa
Yuqorida internet reklamaning eng keng tarqalgan turlari haqida so‘z yuritildi. Uning boshqa turlari ham asta-sekin rivojlanib, ommalashib bormoqda. Reklama allaqachon hayotimizga kirib kelishga ulgurgan va o‘zining badiiy-estetik jihatlari bilan kundalik turmushimizning ajralmas qismiga aylanib qolgan. Endigi vazifa esa zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanib, uning samaradorligini yanada oshirish, ichki va tashqi bozorga tezroq chiqish vositasi sifatida to‘g‘ri foydalanishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |