Mavzu: Internet marketing bilan ishlash Reja


Download 67.35 Kb.
bet4/4
Sana31.01.2023
Hajmi67.35 Kb.
#1144842
1   2   3   4
Bog'liq
вшнщк

Internet-marketing konsepsiyasi 2.0 (mavjud bo‘lgan va potensial mijozlar bilan o‘zaro ta'sirga qaratilgan Internet-marketingning rivojlanishi) hozirda ko‘plab tijorat tashkilotlari tomonidan foydalaniladi. Bu davrda oddiy korporativ veb-saytlar ham, yirik mavzuli portallar ham ishlab chiqiladi. Strategiya auditoriyani, misol uchun, ustuvor qidiruv talabnomalari bo‘yicha dastlabki pozisiyalarni egallash maqsadida, maksimal miqdordagi maqsadli auditoriyani jalb etib, qamrab olishga yo‘naltirilgan.
Samaradorlikni aniqlash reytinglarda pozitsiyalarning jalb qilingan auditoriyaning son ko‘rsatkichlari birikmasi bilan bog‘liq (qidiruv tizimlari, reyting portallari va mavzuli kataloglar).
Internet-marketing konsepsiyasi 3.0 (mijozlarni boshqarish hukmronligining jalb etilgan mutaxassislar yoki tizimli ma'murlar qo‘liga emas, balki kompaniya egalari, top-menedjment, marketologlarga berilishi) mijozga qaratilganlik bilan ajralib turadi.Bosh maqsad – veb-saytga kirgan foydalanuvchi muammosini hal qilish, son ko‘rsatkichlari va reytingdagi pozitsiyalar esa ikkinchi o‘ringa o‘tadi. Bu yerda maqsadlarga erishganlik sonini kuzatish (xaridlar qilish, ma'lumot olish, axborot yuklash va hk.), iqtisodiy samaradorlikni aniqlash (sarmoyalarni qaytarish, bitta potensial xaridorni jalb etish narxi yoki sotishlar rentabelligi) lozim. Interfeys ergonomligi va internet-resurs strukturasi qulayligiga alohida e'tibor berish kerak.
Internet – marketing ob'ekt va su'ektlari
Marketingning elektron bozordagi ta'rifini ko‘rib chiqqanda marketing faoliyatining ushbu bozorda ob'ekt va sub'ekti nimaligini aniqlash ham muhimdir.
Marketing faoliyatining elektron bozordagi ob'ekti – bu kompaniyaning tarmoq axborot tizimlari va texnologiyalardan foydalangan holdagi axborot-tahlil va ekspert-tadqiqot faoliyati:
· Kompaniya o‘z mahsuloti bilan chiqqan bozordagi raqobatli pozitsiyani tanlash bo‘yicha;
· Uni reklama qilish va taqsimlash strategiyasini aniqlash bo‘yicha; · Tashqi va ichki muhit omillarini xavf-xatar va noaniqlik
sharoitidagi majmuini hisobga olgan holda reklama va narx siyosatini tanlash bo‘yicha.
Marketing faoliyatining elektron bozordagi sub'ekti - bu, klassik marketingdagi singari, kompaniyaning muayyan mulkdorining qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun elektron bozorning raqamli axborotini tahlil etish va ishlov berish metodlari tizimidan foydalangan holda firma faoliyatini ma'lum bir texnologiyaga ko‘ra amalga oshirilayotgan maqsadli tartibga solish bo‘yicha faoliyatidir.
Download 67.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling