Mavzu: Internet-marketing bilan ishlash


Internet-marketing afzalliklari


Download 1.04 Mb.
bet3/4
Sana07.04.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1339357
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish “Internet-Marketing”

Internet-marketing afzalliklari
Internet-marketing an'anaviy marketingga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
• Kompaniyaning tez-tez o‘zgarib turadigan bozor sharoitlariga tez moslashishi;
• Kompaniya internet-resurs (sayt)i foydalanuvchilaridan tezkor qayta aloqaning mavjudligi;
• Kompaniya internet-resurs (sayt)iga kirgan potensial xaridorlar soni haqidagi ma'lumotlarni avtomatik to‘plash;
• O‘z mahsulotini reklama qilish uchun cheklanmagan raqamli maydon. Shu asnoda, yer sharining 56% dan ortiq aholisi Internetdan foydalanadi [92].
• Rentabellik. Internet-marketing an'anaviy marketingdan arzonroq, chunki katta miqdordagi tabiiy resurslardan foydalanishni talab qilmaydi.
• Aniqlik. Internet-marketing texnologiyalari nuqtali reklama olib borishga, ya'ni tovarlarni kerakli joyda, kerakli vaqtda, kerakli mijozlarga reklama qilishga imkon beradi.
Xulosa qilib aytganda, internet-marketing tezkorligi, mijozlar bilan tez qayta aloqa va marketing tadbirlarga bo‘lgan kam xarajatliligi bilan tavsiflanadi.

2.
Hozirgi vaqtda Internet-marketingda ushbu hodisaning evolyutsiyasi jarayonini aks etadigan uch konsepsiya shakllandi


Internet-marketing konsepsiyasidan 1.0 Internet shakllanishi bosqichida foydalanilgan. Asosiy vazifa – Internetda bor bo‘lish edi, ya'ni marketing strategiyasi veb-sayt ishlab chiqish va nashr etish bilan cheklangan edi. Tashriflar soni, sahifani ko‘rishlar soni,
foydalanuvchilar saytda o‘tkazgan o‘rtacha vaqt va shu kabi son ko‘rsatkichlarini hisob-kitob qilish asosiysi edi.

Internet-marketing konsepsiyasi 2.0 (mavjud bo‘lgan va potensial mijozlar bilan o‘zaro ta'sirga qaratilgan Internet-marketingning rivojlanishi) hozirda ko‘plab tijorat tashkilotlari tomonidan foydalaniladi. Bu davrda oddiy korporativ veb-saytlar ham, yirik mavzuli portallar ham ishlab chiqiladi. Strategiya auditoriyani, misol uchun, ustuvor qidiruv talabnomalari bo‘yicha dastlabki pozisiyalarni egallash maqsadida, maksimal miqdordagi maqsadli auditoriyani jalb etib, qamrab olishga yo‘naltirilgan.


Samaradorlikni aniqlash reytinglarda pozitsiyalarning jalb qilingan auditoriyaning son ko‘rsatkichlari birikmasi bilan bog‘liq (qidiruv tizimlari, reyting portallari va mavzuli kataloglar).
Internet-marketing konsepsiyasi 3.0 (mijozlarni boshqarish hukmronligining jalb etilgan mutaxassislar yoki tizimli ma'murlar qo‘liga emas, balki kompaniya egalari, top-menedjment,
marketologlarga berilishi) mijozga qaratilganlik bilan ajralib turadi.
Bosh maqsad – veb-saytga kirgan foydalanuvchi muammosini hal qilish, son ko‘rsatkichlari va reytingdagi pozitsiyalar esa ikkinchi o‘ringa o‘tadi. Bu yerda maqsadlarga erishganlik sonini kuzatish (xaridlar qilish, ma'lumot olish, axborot yuklash va hk.), iqtisodiy samaradorlikni aniqlash (sarmoyalarni qaytarish, bitta potensial xaridorni jalb etish narxi yoki sotishlar rentabelligi) lozim. Interfeys ergonomligi va internet-resurs strukturasi qulayligiga alohida e'tibor berish kerak.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling