Mavzu: Investetsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar. Jamg’arma va investitsiya urtasidagi nisbatni taminlash muammolari. Reja


Download 110.52 Kb.
bet1/2
Sana07.03.2023
Hajmi110.52 Kb.
#1245546
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
tolib


Denov pedagokika va tadbirkorlik institute iqtisod yualishi 1-22-guruh talabasi Ulashev Tolibning iqtisodiyod nazariyasi fanidan yozgan referati
Mavzu: Investetsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar . Jamg’arma va investitsiya urtasidagi nisbatni taminlash muammolari.
Reja:
-1§. Iste’mol va jamg‘armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi
2-§. Jamg‘arishning mohiyati, omillari va samaradorligi
3-§. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar
4. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash muamollari

Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya’ni milliy daromad iste’mol va jamg‘arish maqsadlarida sarflanadi. Keng ma’noda iste’mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste’mol farqlanadi.Unumli iste’mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lib, ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste’mol qilinishini, ya’ni ulardan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi.


SHaxsiy iste’mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro‘y berib, bunda iste’mol buyumlaridan bevosita foydalaniladi.
Iste’mol jarayonida turli xil moddiy va ma’naviy ne’matlardan foydalaniladi. Iste’mol qilinadigan ne’mat turiga bog‘liq ravishda moddiy hamda nomoddiy ne’mat va xizmatlarni iste’mol qilish farqlanadi.
YAkka tartibdagi yoki jamoa bo‘lib iste’mol qilish ham farqlanadi. Alohida shaxsning o‘z ixtiyorida bo‘lgan ne’matlarni iste’mol qilishi yakka tartibdagi iste’molga, jamiyat a’zolari turli guruhlarining ne’matlardan  jamoa bo‘lib iste’mol qilishga kiradi. Milliy daromadning jamiyat a’zolaring moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga sarflanuvchi qismi iste’mol fondi deb ataladi. Iste’mol fondi butun aholining shaxsiy iste’molini, aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi,shuningdek ilmiy muassasalar va boshqarishdagi barcha oladi.
Iste’mol fondining shaxsiy daromad shaklida aholi qo‘liga kelib tushadigan qismi iste’mol sarflari maqsadida ishlatiladi. Iste’mol sarflari – bu aholi joriy daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi. Aholi o‘z daromadini sarflar ekan, bugungi (joriy) iste’mol hamda kelgusidagi iste’mol hajmini oshirish o‘rtasida tanlovni amalga oshiradi.
Kelgusida iste’mol hajmini oshirish imkoniyati joriy davrdagi jamg‘armaga ham bog‘liq bo‘ladi. Jamg‘arma – bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to‘planib borishi. Uning hajmi barcha xo‘jaliklar daromadidan iste’mol sarflarini ayirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Daromad tarkibida iste’mol sarflari ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, jamg‘arma hajmi shunchalik kam bo‘ladi. Jamg‘armaning o‘sishi esa iqtisodiy ma’noda mablag‘larning iste’mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlar xarid qilishga yo‘naltirilishini bildiradi.
SHunga ko‘ra, jamg‘arma – bu muddat jihatidan kechiktirilgan iste’molni anglatadi. SHu bilan birga joriy davrda amalga oshirilgan jamg‘arma joriy iste’molning , chunki jamg‘arma aholi va korxonalar ixtiyordagi daromadning iste’molga sarflanmagan qismi hisoblanadi:bu erda: Y – barcha xo‘jaliklar ixtiyoridagi daromad;jamg‘arma miqdori.
SHu sababli daromad tarkibidagi iste’mol sarflari va jamg‘arma nisbatining o‘zgarishi bir qator, ba’zan qarama-qarshi oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Birinchidan, daromadlarning qandaydir qismini jamg‘armaga qo‘yish oqibatida u tovarlarda bo‘lgan talabda o‘z aksini topmaydi. Mahsulotning har qanday hajmini ishlab chiqarishdan olingan daromad to‘liq sarflangandagina jami talabni ta’minlash uchun etarli bo‘ladi. Demak, jamg‘arma «daromadlar-xarajatlar» oqimida nomutanosiblik paydo bo‘lishiga olib keladi.
Jamg‘arma, yuqorida ta’kidlanganidek, daromadlarning ma’lum bir qismini iste’mol qilishdan chegirib qo‘yishni bildirib, natijada iste’mol sarflari hajmi barcha ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarni sotib olish uchun etarli bo‘lmay qoladi. Aholi daromadining jamg‘arilgan qismi o‘zining xususiy talabini vujudga keltirmaydi. Buning natijasida sotilmay qolgan tovarlarning ko‘payishi, ishlab chiqarishning qisqarishi ishsizlik va daromadlarning pasayishi ro‘y berishi mumkin.Ikkinchi tomondan, jamg‘arma talabning etishmasligiga olib kelmasligi ham mumkin, chunki jamg‘arilgan mablag‘lar tadbirkorlar tomonidan investitsion maqsadlarda ishlatiladi. Bu jamg‘arma keltirib chiqaradigan iste’mol sarflaridagi har qanday etishmaslikn ito‘ldiradi.Uchinchidan, korxonalar ham o‘zining barcha mahsulotini pirovard iste’molchilarga sotishni ko‘zda tutmaydi, balki uning bir qismidan o‘z ishlab chiqarishida foydalanishi mumkin.Shunday qilib agar tadbirkorlar aholining jamg‘armalariga teng miqdordagi mablag‘larni investitsiyalarga qo‘yishni ko‘zda tutsa, ishlab chiqarish darajasi doimiy bo‘lib qoladi.
Iste’mol va jamg‘arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil milliy daromad hisoblanadi. Lekin milliy daromad tarkibida to‘g‘ri soliqlar ham mavjud bo‘ladi. SHu sababli soliqlar to‘langandan keyin aholi qo‘lida qoladigan daromad iste’mol sarflari va shaxsiy jamg‘arma yig‘indisiga teng bo‘ladi. Iste’mol va shaxsiy jamg‘armaning darajasi bevosita soliqlar to‘langandan keyingi qolgan daromad bilan aniqlanadi. Bu daromadni biz tahlil chog‘ida ixtiyordagi yoki sof daromad deb ataymiz. Demak bu daromad iste’molning ham, jamg‘armaning ham umumiy omili hisoblanadi. CHunki jamg‘arma daromadning iste’mol qilinmaydigan qismi hisoblansa, soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy jamg‘armani aniqlab beradigan asosiy omil bo‘lib chiqadi. Har yilgi haqiqiy iste’mol miqdori va soliqlar to‘langandan keyingi daromad o‘rtasidagi farq shu yildagi jamg‘arma miqdorini aniqlaydi.
Iste’mol va jamg‘arma hajmi hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omilar o‘rtasidagi bog‘liqlik iste’mol va jamg‘arma unksiyuasif deyiladi. Bu funksiyalarni bayon etishda klassik iqtisodchilar va keynschilarning nuqtai nazarlari farqlanadi. Klassik iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, kishilar o‘z mablag‘larini qo‘shimcha daromad keltirgan taqdirda jamg‘armaga yo‘naltirishga harakat qiladilar. SHunga ko‘ra, banklarning real foiz stavkasi qanchalik yuqori bo‘lsa, ularning jamg‘armaga qiziqishlari shu qadar kuchli bo‘ladi, ya’ni jamg‘arma real foiz stavkasining o‘sib boruvchi funksiyasi hisoblanadi. Aholi daromadlari iste’mol va jamg‘arma mablag‘larining yig‘indisidan iborat ekan, real foiz stavkasining o‘sishi bilan iste’mol kamayib, pasayishi bilan esa ko‘payib boradi. Boshqacha aytganda, klassik iqtisodchilar fikriga ko‘ra iste’mol real foiz stavkasining pasayib boruvchi funksiyasi hisoblanadi.J.M.Keyns klassik iqtisodchilarning bu fikirga qarshi chiqib, uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari real foiz stavkasiga u qadar bog‘liq emasligini, kishilar uchun hamma vaqt joriy iste’molning kelgusidagi iste’moldan afzalligini ta’kidlaydi. U iste’mol sarflari darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil sifatida uy xo‘jaliklarining joriy daromadlarini ko‘rsatadi. Demak, Keyns fikriga ko‘ra, iste’mol uy xo‘jaliklari joriy daromadlarining o‘sib boruvchi funksiyasi hisoblanadi:.Iste’mol funksiyasini grafik ko‘rinishida ham tasvirlash mumkin (1-chizma). Bunda tik o‘qqa iste’mol sarflari, yotiq o‘qqa esa aholi ixtiyoridagi daromad miqdori joylashtiriladi.
Jamg'arma ta'rifi Jamg'arma iste'molchining bir martalik daromadining joriy iste'mol uchun ishlatilmaydigan, kelgusida foydalanish uchun ajratilgan qismi sifatida tavsiflanadi. U kutilmagan holatlar yoki favqulodda vaziyat talablariga javob berish uchun qilingan. Bu odamni moddiy jihatdan kuchli va xavfsiz qiladi. Inson pulni tejash, pul mablag'lari shaklida to'plash yoki omonat hisobvarag'iga, pensiya hisobvarag'iga yoki har qanday investitsiya jamg'armasiga saqlashning bir necha yo'li mavjud.Boylikni shakllantirishning asosiy poydevori - bu pulni tejash, bu odamning daromad darajasi bilan belgilanadi. Insonning daromadi qancha yuqori bo'lsa, uning tejash qobiliyati shunchalik yuqori bo'ladi, chunki daromadning o'sishi jamg'arishga moyillikni oshiradi va iste'mol qilishga moyillikni pasaytiradi. Shuni ham aytish mumkinki, odamni tejash qobiliyati emas, balki uni tejashga undaydi, ammo tejashga tayyorligi uni bunga majbur qiladi. Tayyorlik uning tashvishi yoki moliyaviy holati va boshqalar kabi ba'zi omillarga bog'liq. Investitsiya ta'rifiBiror narsani investitsiya qilish jarayoni investitsiya deb nomlanadi. Bu kelajakda daromad olish uchun almashadigan har qanday narsa, ya'ni pul, vaqt, kuch yoki boshqa manbalar bo'lishi mumkin. Agar aktivni o'sishi va kelgusi yillarda yaxshi daromad keltiradi degan umid bilan sotib olganingizda, bu sarmoyadir. Keyinchalik yuqori daromad olish uchun mavjud iste'mol oldindan belgilanishi kerak.Sarmoyaning ortida turgan asosiy maqsad boylik yaratishdir, bu kapitalni qadrlash, foizlar tushumi, dividend daromadi, ijara daromadi shaklida bo'lishi mumkin. Investitsiyalar aktsiyalar, obligatsiyalar, o'zaro fondlar, tovar, optsionlar, valyuta, depozit hisobvarag'i yoki boshqa har qanday qimmatli qog'ozlar yoki aktivlar kabi turli xil investitsiya vositalarida amalga oshirilishi mumkin.Sarmoyalar har doim pul yo'qotish xavfi bilan birga kelganligi sababli, xuddi shu investitsiya vositasi bilan ko'proq pul yig'ishingiz mumkinligi ham haqiqatdir. Bu ishlab chiqarish xususiyatiga ega; bu mamlakat iqtisodiy o'sishiga yordam beradi. «Investitsiyalar» atamasi lotin tilidagi «invest» so'zidan olingan bo'lib, pul sarf qilmoq, qo'ymoq ma'nosini anglatadi. «Investitsiya» tushunchasi bir qator ma'nolarga ega bo'lib, foyda olish maqsadida aksiya, obligatsiya sotib olish, tovar ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan real aktivlarni sotib olish va ishlab chiqarish uchun sarflanishi tushuniladi, ya'ni investitsiyalar har qanday vosita bo'lib, pulning qiymatini saqlaydi yoki uning qiymatini ko'paytiradi va ijobiy daromadlar olishni ta'minlaydi. Investitsiya mamlakat iqtisodiyotini o'stirish va rivojlantirish uchun zarur bo'lgan mexanizmlardan biri hisoblanadi. Kapitalning joylashtirish shakllari turlicha bo'lib, qator omillar asosida farqlanadi, ya'ni kapital pul va buyum ko'rinishdagi kapitalga bo'linganligi uchun ushbu jihatlardan kelib chiqqan holda investitsiyalarni moddiy-buyumlar va pul ko'rinishidagi investitsiya turlariga ajratish mumkin. Moddiy buyumlar deganda, ko'rinishidagi investitsiyalarga qo'yilayotgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obyektlari, mashina va uskunalar, moddiy zaxirani ko'paytirish uchun olingan tovarlar tushuniladi. Pul ko'rinishdagi investitsiyalarga investitsiyali tovarlarni ishlab chiqarishni ta'minlaydigan moddiy buyumlar ko'rinishdagi investitsiyalarga yo'naltirilgan pul mablag'lari kiradi. Investitsiyalar — aniq yoki noaniq, lekin ehtimoli bor risklar sharoitida kapitalni muayyan jarayonlarga, muayyan vaqtga bog'lash bo'lib, uning joriy qiymatini saqlash, kapitallashtirish va jamg'arilishini ta'minlash maqsadida moliyaviy va real aktivlarga maqsadli qo'yilma qilish jarayonidir. Demak, investitsiya tushunchasining mohiyatini yoritganda uning jamg'arish, qo'yish va daromad olishdan iborat dinamik jarayonini 5 olib qarash lozim. Investitsiyaning bunday doiraviy harakati asosan investitsion faoliyat orqali amalga oshiriladi. Ko'plab mamlakatlar xorijiy qo'yilmalarni jalb etish maqsadida imtiyozli sharoitlarni yaratadi, xususan kapitallarni saqlash va zararlarni qoplashni kafolatlaydi, imtiyozli soliq olishni kiritadi va foydani xorijga erkin o'tkazishga ruxsat beradi, olingan daromadlar va boshqalarni qayta investitsiyalashga sharoitlar yaratadi. Investitsiyaning milliy daromaddagi hissasi investitsiya me'yori deb ataladi. Bu quyidagi formula asosida hisoblanadi: YalS YaIM = x 100 (1) YaMD Bunda, YaTM — yalpi investitsiya me'yori; YalS — yalpi investitsiya summasi; YaMD — yalpi milliy daromad. Moliyaviy resurslarning turlariga qarab investitsiyalar quyidagicha shakllarda bo'ladi: — shaxsiy mablag'lar, depozitlar, ulushlar, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog'ozlar; — harakatdagi (asbob-uskunalar va boshqa moddiy boyliklar) va ko'chmas (binolar, inshootlar, kommunikatsiya va boshqa boyliklar) mol-mulklar; — mualliflik huquqlar, nou xau va boshqa (aqliy) boyliklar; — yerdan, tabiiy boyliklardan va boshqa mol-mulklardan foydalanish huquqlari (nomoddiy aktivlar qiymati). Shuni aloliida ta'kidlash lozimki, shakllaridan qat'iy nazar investitsiyalar kapitalni jamg'arish jarayonining natijasi hisoblanadi. Jamg'arish investitsiya qo'yishning asosi bo'lib, u qo'yiladigan investitsiyalarning hajmini belgilaydi. 1.2. Investitsion jarayonning subyektlari va obyektlari Investitsiya jarayonining subyektlarini quyidagicha turkumlash maqsadga muvofiq: 1) buyurtmachilar; 6 2) investorlar; 3) investitsiya faoliyati obyektlaridan foydalanuvchilar; 4) pudratchilar; 5) ish bajaruvchilar; 6) tijorat, qo'shma, xususiy va xorijiy banklar; 7) sug'urta kompaniyalari; 8) investitsion fondlar; 9) ta'minotchilar. Investorlar — investitsiya jarayonining asosiy subyektlari bo'lib, o'z mablag'lari, qarz va jalb qilingan mablag'larning investitsiyalar shaklida kiritishni va ulardan foyda olish maqsadida foydalanishni amalga oshiradi. Investitsion jarayonning subyektlari sifatida tadbirkorlar, tashkilot (korxona)lar va ularning birlashmalari, muayyan obyektga mablagiar kiritishdan foyda (yoki boshqa foydali samara) olishni rejalashtirgan davlat organlari va investitsion fondlar qatnashishi mumkin. Quyidagilar investorlar bo'lishi mumkin: — O'zbekiston Respublikasi hukumati davlat mulkini boshqarish yoki mulk huquqlari bilan ta'minlangan organlar shaklida; — mahalliy o'zini-o'zi boshqarish organlari qommchilik tartibida belgilangan organlar va xizmatlar shaklida; — mahalliy korxonalar, shuningdek, nizomida zarur huquqlar bilan ta'minlangan tadbirkorlik birlashmalari, tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar; — xorijiy mamlakatlar bilan tashkil qilingan qo'shma korxonalar, tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar; — milliy va xorijiy kredit tashkilotlari; — xorijiy yuridik shaxslar; — xorijiy davlatlar ularning hukumatlari tomonidan vakil qilingan organlar shaklida; — xalqaro tashkilotlar. Jamg'arilgan resurslar investitsion obyektlariga qarab real, moliyaviy va intellektual investitsiyalarga bo'linadi. Investitsion jarayonining obyektlar.


Investitsiya (lotincha: investio — „oʻrash“) — iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq, muddatli kapital kiritish (qoʻyish). Pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saqlab qolish yoki boʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga boʻlgan huquqlarni aks ettiradi. Investitsiya sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk boʻlgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va b. ishlatiladi. Investitsiya loyihalariga mablagʻ qoʻyuvchilar — investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va boshqalar boʻlishi mumkin.Uning quyidagi turlari mavjud: davlat investitsiyasi — davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi; chet el investitsiyasi — xorijiy davlatlar banklar, kompaniyalar, tadbirkorlar tomonidan kiritiladi; xususiy investitsiya — xususiy, korporativ xoʻjalik va tashkilotlar, fuqarolar mablagʻlari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan qoʻyiladi. Investitsiya qoʻyilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish) investitsiyaga boʻlinadi. Moliyaviy (portfel) investitsiya — aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan investitsiya, ; real investitsiya — moddiy ishlab chiqarish (sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish va b.) sohasiga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzoq, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasida investitsiyani moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari, bank kreditlari lizing, bevosita chet el investitsiyalari, ipoteka, byudjetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.Keyingi davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda investitsion hamkorlik rivoj topdi. Bunday hamkorlikning real, moliyaviy, intellektual (litsenziyalar, nou-xauni berish, hamkorlikda bajariladigan ilmiy ishlanmalar va b.ga mablagʻ sarflash) koʻrinishlari bor.Investitsion hamkorlik umumjahon va milliy muammolarni hal qilishga xizmat qiladi. Jahondagi bevosita investitsiya faol oʻsib bormoqda: 1980-yillar oʻrtalarida jahon boʻyicha umumiy yillik investitsiya hajmi 450 milliard dollarni tashkil qilgan boʻlsa, 1990-yillar oʻrtalariga kelib investitsiya hajmi 2 trillion dollardan oshdi.Oʻzbekiston Respublikasidabozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida respublika iqtisodiyotida tuzilmaviy oʻzgarishlarni amalga oshirishda investitsiyadan samarali foydalanilmoqda. OʻzRda 1996-yildan boshlab respublika hukumati har yili davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalar limitlari, chet el investitsiyalari va hukumat kafolati bilan olingan kreditlar hisobiga aniq qurilishlar dasturi shuningdek, bevosita chet el investitsiya va kreditlari hisobiga qurilishlar dasturidan iborat boʻlgan Davlat investitsiya dasturini qabul qiladi. Respublika iqtisodiyotiga investitsiya kiritishda davlat byudjeti mablagʻlari, chet el investitsiyalari, korxonalarning oʻz mablagʻlari va aholi jamgʻarmalari qatnashmoqda. Respublikada aholining qimmatli qogʻozlarga jamoaviy investitsiyani amalga oshiradigan xususiylashtirish investitsiya fondlari (XIF) va kompaniyalari tarmogʻi rivoj topdi. 2000-yilda moliyalashtirishning jami manbalari hisobidan mamlakat iqtisodiyotiga salkam 700 milliard soʻm, shu jumladan, 810 million AQSH dollari investitsiyalandi. Uning 30,3 % ni respublika byudjeti, 39,1 % ni korxonalar va aholi mablagʻlari, 7,5 % ni banklar kreditlari va b. qarz mablagʻlar, 21,7 % ini chet el investitsiyalari va kreditlari, 1,4 % ni byudjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari tashkil qiladi. Respublikada investitsiya faoliyatining huquqiy bazasini yaratishda „Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida“ (1995-yil 5-may), „Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida“ (1998-yil 12-dekabr), „Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida“ (1998-yil 30-aprel), „Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida“ (1998-yil 30-aprel), „Lizing toʻgʻrisida“ (1999-yil 14-aprel), „Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida“ (2001-yil 30-avgust) qonunlarining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Investitsiya faoliyatida investorlar har bir mamlakatdagi investitsiya muhiti bilan bogʻliq boʻlgan koʻpdan-koʻp xatarlarga duch keladilar. Shu sababli investitsiyani, ayniqsa, chet el investitsiyalarini su-gʻurta qilish muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda xorijiy investitsiyalarni sugʻurtalash sohasida 1994-yilda tashkil etilgan „Oʻzbekinvest“ eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi faoliyat olib boradi[1].


Download 110.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling