Mavzu Investisiya loyihalari tahlili bilan bog‘liq iqtisodiy konsepsiyalar. Reja


Makroiqtisodiyot va investisnyalar aloqadorligi


Download 58.5 Kb.
bet2/2
Sana10.11.2021
Hajmi58.5 Kb.
#173190
1   2
Bog'liq
Mavzu-2.

2. Makroiqtisodiyot va investisnyalar aloqadorligi.

Makroiqtisodiyot investisiyalarni jalb etish uchun eng avvalo muhit yaratadi va investisiya jarayonini rag‘batlantiradi. Makroiqtisodiy nazariyada investisiyalar - I, uy xo‘jaliklarining iste'mol xarajatlari – S, hukumat xarajatlari - G hamda sof eksport xarajatlari - Xn bilan birga jami xarajatlarni (jami talab) tashkil etadi yoki uning bir qismi deb qaraladi. Ya'ni:

YaMM = S + I + G + Xn

Investisiya mablag‘larining asosiy manbai bo‘lib, yopik iqtisodiyot sharoitida mamlakatdagi uy xo‘jaliklari jamg‘armalari - Sp hamda hukumat jamg‘armalari - Sg hisoblanadi.

S = Sp + Sg

Ochiq iqtisodiyot sharoitida bunga xorijga chiqariladigan mamlakat ichki jamg‘armalari bilan xorijdan investisiyalar va kreditlar ko‘rinishida kirib keladigan jamg‘armalar o‘rtasidagi farq - Sxn ham qo‘shiladi:

S = Sp + Sg+ Sxn

Investisiyalar hajmidagi biror bir manba ulushi mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, mamlakatdagi daromadlar darajasiga, ijtimoiy tuzilmaga, amalga oshirilayotgan iqtisodiy vazifalar, iqtisodiy siyosat strategiyasiga bog‘lik.

Investisiyalar xajmini belgilovchi asosiy omillar foiz stavkasi va kutilayotgan o‘rtacha foyda me'yori xisoblanadi. Iqtisodiyotga kilinadiga investisiyalar xajmi foiz stavkasiga teskari proporsional kattalik hisoblanadi.

Investisiyaga talab funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega:

It = Ye-dR + nY

Bu yerda: It- iqtisodiyotda investisiyalarga talab hajmi;

Ye - foiz stavkasi nolga teng bo‘lgandagi investisiyalarga

maksimal talab xajmi;

d - foiz stavkasi o‘zgarishiga investisiyalar hajmi o‘zgarishi

bog‘liqligini ko‘rsatuvchi empirik koeffisient;

R - bank foiz stavkasi;

n - investisiyalashga cheklangan moyillik;

Y - jami daromad (yalpi milliy mahsulot);

1.3. Investisiyalar tahlilida asoslaniladigan asosiy iqtisodiy konsepsiyalar.

Investisiyalarni tahlil qilish, ularning samaradorligi darajasini aniqlash bir qancha iqtisodiy konsepsiyalarga tayanib amalga oshiriladi.

1. Investisiyalarning firma boyligini oshirishdagi roli.

Har qanday firma investisiya jalb qilar ekan, avvalo, o‘z boyliklarini oshirishni maqsad qilib qo‘yadi. Bu maqsad firmaning foydani ko‘paytirish kabi ko‘pincha asosiy deb qaraladigan boshqa bir maqsadidan ancha kengroqdir.

Firma boyligi o‘z ichiga firma o‘z kapitalining bozor qiymatini (O‘KBQ hamda firma majburiyatlarining bozor (MBQ) qiymatini oladi.

Ya'ni:

Firma boyligi = O‘KBQ + MBQ



Firmaning real boyligi uning kapitali (yuqori likvidli aktivlar ko‘rinishida turgan kapitalni istisno qilgan holda) qanchalik ko‘pligi bilan emas, balki bu kapital tovarlar va xizmatlar bozorida firmaga qanday holatni ta'minlab berishi bilan belgilanadi.

2. Pul tushumlari haqida tushuncha.

Pul tushumlari iqtisodiy adabiyotlarimizda yaqindan buyon qo‘llanilayotgan atama bo‘lib firma tijorat faoliyati natijasida olingan tushumlarni, ya'ni pul kirimlari va chiqimlari ko‘rsatadi.

Pul tushumlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1. Asosiy faoliyat bo‘yicha:

• naqd pul evaziga sotishdan olingan pul tushumi;

• pul o‘tkazish yo‘li bilan sotishdan olingan pul tushumlari.

2. Investisiyalar bo‘yicha:

• qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalardan daromadlar;

• sho‘'ba korxonalar va xorijdan tushumlar;

• aktivlarni sotishdan keladigan tushumlar.

3. Moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha:

• qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan tushumlar;

• qarzlar.

Firmaning pul chiqimlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1. Asosiy faoliyat bo‘yicha:

 xom ashyo va materiallar uchun to‘lovlar;

 ish haqi to‘lovlari:

 soliq to‘lovlari;

 sug‘urta to‘lovlari.

2. Investisiyalar bo‘yicha:

 asosiy kapitalni sotib olishga;

 asosiy kapitalni montaj qilishga.

3. Moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha:

 foizlar va dividendlar to‘lashga;

 ssudalar va obligasiyalar bo‘yicha majburiyatlarni so‘ndirishga.

Pul tushumlari va chiqimlari o‘rtasidagi farq, ya'ni sof pul tushumlari firma boyligi oshishini ga'minlovchi sof pul qoldig‘idir.

Buxgalteriya xisobining Amerika standartlari GAAP (General'niy Assepted Assounging Prinsiples) atamalaridan foydalansak, pul tushumlarini aniqlash tenglamasi quyidagicha yoziladi:

IIT= MRT- (JX-A) - FT-Sto‘l

Bu yerda: PT - pul tushumlari;

MRT - mahsulot realizasisidan tushum;

JX - jami xarajatlar;

A - amortizasiya;

FT - foiz to‘lovlari;

S to‘l - to‘langan soliqlar.

1.4. O‘zbekiston Respublikasida investisiya siyosatining yo‘nalishlari.

O‘zbekiston Respublikasida 2015-2019 yillarga mo‘ljallangan ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta qurollantirish dasturi hozirda muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan investisiya siyosati mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yoqilg‘i energetika va don mustaqilligini ta'minlash, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, eksport salohiyatini oshirish va import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun ustuvor sohalarni qo‘llab-quvvatlash, chet el investisiyalarini jalb qilish uchun ochiq eshiklar siyosatini olib borish kabilarga qaratildi. Investisiya siyosatni olib borishda quyidagi tamoyillarga asoslanildi:

 belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlar va faoliyat sohalarini tanlab qo‘llab-quvvatlash;

 ijtimoiy ahamiyatli tarmoqlarni (sog‘liqni saqlash ta'lim, madaniyat va h.k.) aholi turmush darajasini yaxshilish, umrini uzaytirish, ijtimoiy jihatdan keskin tabaqalanishning oldini olish, iste'mol talabining faollashuvini ta'minlash maqsadida yetarli darajada qo‘llab-quvvatlash;

 chet el investisiyalarini o‘zaro manfaatdorlik asosida ustuvor sohalarga jalb qilish;

 potensial investisiya resurslarini savdo sohasi va pul bozoridan sanoat sohasiga qayta taqsimlash;

 ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini qo‘llab-quvvatlash, xorijdan yangi texnikalar uchun lisenziyalar sotib olish, katta laboratoriyalarni saqlab turishga quvvati yetadigan yirik korporatsiyalar tuzish orqali ishlab chiqarish kapitalini jamlash hisobiga intelektual kapital va ilmiy-texnik potensialni oshirish;

 qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va mineral xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va ularni tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘ladigan darajaga olib chiqishga yo‘naltirilgan investisiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash;

 aholining oziq-ovqat va iste'mol tovarlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan ishlab chiqarish quvvatlarini jadal rivojlantirishni investisiyalar bilan ta'minlash;

 investisiya jarayonlari ishtirokchilarining o‘zaro aloqalarini tartibga solib turuvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish.

1.5. Iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy yo‘li - loyihalarni yaratish va amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni modernizasiyalash dasturi asosida 2015-2019 yillarda ko‘plab loyihani amalga oshirish nazarda tutilmoqda. Ularning bir qismi innovasion loyihalar bo‘lib, qiymati bir necha o‘n milliard dollarga teng.

AQShning alohida shtatlariga xorijiy investisiyalarni jalb etishni rag‘batlangirish dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: soliq imtiyozlari; korxonani qurayotgan yoki modernizasiyalashtirayotgan xorijiy investor uchun bozordagi stavkalardan pastroq darajada qarzlar va subsidiyalar ajratish; kasbga o‘qitish va bandlikka ko‘maklashish; transport tarmog‘ini takomillashtirish; yer uchastkasini qurilish uchun tayyorlash; tekinga foydalanish uchun yer uchastkasini ajratish va boshqlar(1.1-jadval).

1.1-jadval

O‘zbekiston Respublikasi va ayrim mamlakatlar iqtisodiyotiga xorijiy kapitalni qo‘yish sharoitlarining qiyosiy tavsifi

Davlatlar Xorijiy investisiya itltirokida barpo etilgan korxona ustav fondida xorijiy investisiya ishtirokining chegarasi Solikdan

butunlay yoki qisman ozod qilish muddati (yil) Ish

haftasining

davomiyligi

(soatda)

O‘zbekiston 30% dan kam bo‘lmagan 2-7 48

Rossiya Cheklanmagan 2 47-49

Xitoy 25% dan kam bo‘lmagan 2-5 40

Singapur Cheklanmagan 5-10 48

Janubiy Koreya 50% dan kam bo‘lmagan 5 47-49

Malayziya 70% dan kam bo‘lmagan 2-5 50-60

Tailand 49% dan kam bo‘lmagan 3-8 45-50

Indoneziya Cheklanmagan 2-6 47-51
Jadval ma'lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda ayrim sharoitlar ko‘pgina boshqa davlatlar sharoiti bilan deyarli o‘xshash. Masalan, soliq stavkasining pastligi. Milliy valyutamizning AQSh valyutasiga nisbatan pastligi, hozircha valyutani konvertasiyalash ishlari olib borilayotganligi sababli boshqa davlatlardagi bu ko‘rsatkichdan pastdir.

O‘zbekistonda investisiya siyosatining asosiy tamoyillari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

1. Ishlab chiqarishni texnik jihatdan qurollatggirish va modernizasiyalash; yangi ish o‘rinlarini yaratish asosida iqtisodiy o‘sish barqarorligini ta'minlash.

2. Vazirliklar, konsernlar, korporatsiyalar va iqtisodiyotning boshqa bo‘limlari ishtirokida va adres dasturlariga qat'iy rioya qilgan holda moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan markazlashgan va markazlashmagan kapital qo‘yilmalar hajmini aniqlash.

3. Iqtisodiy samaradorlikni taqsimlash maqsadida eksportga mo‘ljallangan va import o‘rnini bosuvchi loyihalar nuqtai nazaridan ustuvor investisiya takliflari ro‘yxatini ishlab chiqish va chuqur ekspertizadan o‘tkazishlarni ta'minlash.

4. Iqtisodiyotning turli sohalarini rivojlantirishda investisiyalarni amalga oshirish tenderlar asosida o‘tkazilishi lozim.



Tayanch so‘z va iboralar: investisiyalar. Tavakkal xavfi darajasiga ko‘ra real aktivlarga qilingan investisiyalarning tasniflanishi. Loyiha tahlilining uslubiy asoslari. Iste'molchining hatti-harakati. Talab funksiyasi. Daromadlar yaratish va korxona xarajatlari. Foydani maksimallashtirish. Xarajatlar egri chizig‘i. Noaniqlik sharoitidagi investisiyalar. Loyiha tahlilida pul tushumlari va chiqimlari.
Download 58.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling