Mavzu: Investitsion loyihalarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish Reja: Kirish


O‘zbekiston Respublikasida investitsion loyihalarni tadbiq qilishning o‘ziga xos xususiyatlari tahlili


Download 114.86 Kb.
bet5/9
Sana14.03.2023
Hajmi114.86 Kb.
#1266597
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi 1

3. O‘zbekiston Respublikasida investitsion loyihalarni tadbiq qilishning o‘ziga xos xususiyatlari tahlili
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida 2020-yil 21-sentyabrda o‘tkazilgan yig‘ilishda milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashning 8 ta asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Alohida e’tibor investitsiya masalalariga va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmining ko‘payishiga qaratildi. Investitsion loyihalarning samaradorligini oshirishdagi yangiliklardan biri investitsion loyihalarni monitoring qilishning 3 bosqichli yangi tizimni joriy etish bo‘lib, unga sanoatni va umuman iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi va ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirni oldindan baholash kiradi. Shuningdek, investitsiya davrida, ya’ni shartnomalar imzolangan paytdan boshlab ob’yektni foydalanishga topshirishgacha doimiy monitoring o‘tkazilib, ob’yektni foydalanishga topshirilgandan keyin maqsadli parametrlarni baholash uchun investitsiyadan keyingi davrda monitoring olib boriladi.
Qurilishi 43 soatdan kamroq vaqt davom etgan Xitoydagi Snyun ko‘prigi qurilishiga e’tibor qaratish, investitsiya loyihalarini samarali monitoring qilish ishlarini ko‘rsatishning eng yaxshi usullaridan biri. Ilk 24 soatda eski ko‘prik buzildi va qolgan 19 soatda uning o‘rnida yangi va takomillashtirilgan ob’yekt qurildi. Xitoyda loyihalarni amalga oshirishning afzalliklari biri nafaqat xarajatlarda, balki ijro etilishi boshqa mamlakatlar bilan taqqoslagandagi tezligida ham.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish odatda uchta alohida bosqichni o‘z ichiga oladi:
• Dastlabki bosqich loyiha bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilishgacha davom etadi;
Keyingi bosqich, loyiha natijalarini amalga oshirilgunga qadar davom etadigan implementatsiya;
• Yakuniy bosqich esa loyihaning foydalari amalga oshiriladigan operatsion bosqichidir.
Yuqorida qayd etilgan dastlabki baholash bosqichi – investitsiyalardan oldingi bosqichda bo‘ladi. Loyihalarning bunday oldindan baholanishi erta bosqichda strategik axborotni taqdim etadi. Bu yerda voqealar jarayoniga ta’sir qilish imkoniyati eng tez hisoblanadi. Ushbu yondashuv eng yaxshi loyihalarni tanlash va mumkin bo‘lgan muqobil loyihalarni konseptual yechim topish imkonini beradi. Boshqacha qilib aytganda, dastlabki baholash, eng yaxshi alternativni taxmin qilingan investitsiya loyihalaridan foyda ko‘rish nuqtai nazaridan aniqlashga qaratilgan. Loyihani amalga oshirishning investitsiya bosqichida oraliq monitoring loyihaning kutilgan natijalari va muvaffaqiyat ko‘rsatkichlarini o‘rta yo‘lda baholaydi. Investitsiyadan keyingi baholash bo‘yicha uning maqsadi, loyihani amalga oshirishdan olingan natijalarni, uning uzoq muddatli barqarorligini va muvaffaqiyatini baholashdan iborat.
Investitsiya loyihalarini monitoring qilish mexanizmini namoyish qilish uchun Yevropa Ittifoqi "investitsiya loyihalarining xarajatlari va foydasini tahlil qilish to‘g‘risida" qo‘llanmasiga murojaat qilish mumkin. Loyihalarni iqtisodiy baholashning ahamiyati shundaki, u nafaqat loyihaning moliyaviy xarajatlarini, balki boshqa jihatlarni ham qamrab oladi. Muqobil loyihalarning samaradorligini iqtisodiy tahlil qilish investitsiya loyihasining pul oqimlarini tahlil qilishga asoslangan va quyidagi bosqichlardan iborat:
* Bozor narxlarini buxgalteriya narxlariga o‘tkazish. Ba’zi hollarda bozor narxlari hukumat tomonidan belgilanadi va loyihaning ijtimoiy ahamiyatini aks ettirmaydi. Ushbu bosqichda soya narxlari (soyali ish haqi) va fiskal o‘zgarishlar (QQS, subsidiyalar va sof o‘tkazmalar) hisobga olinishi kerak;
* Iqtisodiy bo‘lmagan ta’sirlarni monetizatsiya qilish. Ushbu bosqich loyihaning bozor qiymatiga ega bo‘lmagan jamiyatga nisbatan ta’sirini baholashni talab qiladi va shuning uchun haqiqiy pul qiymatini belgilash orqali aniqlanishi kerak.
* Qo‘shimcha bilvosita ta’sirlarni kiritish. Bilvosita ta’sirlar ikkilamchi bozorda paydo bo‘lgan narx yoki miqdor o‘zgarishiga ishora qiladi. Buzilgan ikkilamchi bozor-bu narxlar imkoniyatlarining maksimal ijtimoiy qiymatiga teng bo‘lmagan bozor. Soliqlar, subsidiyalar, monopol hokimiyat va tashqi omillarning mavjudligi bozor buzilishining asosiy sababidir. Shu bilan birga, bunday ta’sirlar faqat buzilishning miqdori yetarli darajada va o‘lchab bo‘lganda hisobga olinishi kerak, umuman olganda, bilvosita ta’sirlarni hisobga olish uchun soya narxlaridan samarali foydalanish va tashqi omillarni yaxshi monetizatsiya qilish kifoya qiladi.
* Xarajatlar va imtiyozlarni baholashni yangilash. Investitsiyalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan xarajatlar va imtiyozlar vaqti-vaqti bilan ijtimoiy chegirma stavkasidan foydalanib, yangilanib turilishi kerak. Bu kelajakda foyda va xarajatlarni qanday o‘lchash kerakligi haqidagi ijtimoiy tasavvurni aks ettiradi.
* Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash. Iqtisodiy tahlilda, narx-navoning buzilishini hisobga olgan holda va ijtimoiy diskontlash stavkasini tanlagandan so‘ng, bir qator iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash kerak. Shu jumladan, iqtisodiy aniq joriy qiymat (diskontlangan ijtimoiy foyda va xarajatlar o‘rtasidagi farq), iqtisodiy rentabellik darajasi va yangilangan foyda va xarajatlar o‘rtasidagi munosabatlar.
Yuqoridagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ahamiyatiga qarab, ayrim investitsiya loyihalarini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Qoida tariqasida, iqtisodiy rentabellik koeffitsiyenti ijtimoiy chegirma stavkasidan past yoki salbiy sof qiymati bo‘lgan loyihalar rad etilishi kerak, chunki bunday loyihalar kam foyda evaziga juda ko‘p ijtimoiy resurslarni iste’mol qiladi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda birinchi chorakdan tashqari asosiy kapitalga investitsiyalarning o‘sish sur’atlari tezlashmoqda. 2020 yil pandemiya oqibatlari tufayli biroz pasayish yuz bergan (2-rasm). Shuningdek, asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining YaIMga nisbati, shu jumladan 2018 – 30,6%, 2019 – 37,1% da o‘sish kuzatilmoqda.

Download 114.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling