Mavzu: investitsiya loyihasini boshqarishni rejalashtirish


Loyihaning iqtisodiy hayotiy davrini aniqlashda turli xil omillarni baholashga to’g’ri keladi, bular quyidagilardir


Download 410 Kb.
bet6/11
Sana04.11.2021
Hajmi410 Kb.
#170506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHASINI BOSHQARISHNI REJALASHTIRISH

Loyihaning iqtisodiy hayotiy davrini aniqlashda turli xil omillarni baholashga to’g’ri keladi, bular quyidagilardir:

talabning davomiyligi;

– xom ashyoni saqlash va etkazib berishning davomiyligi;

– texnik yuksalish darajalari;

– bino va uskunalardan foydalanishning davomiyligi;

– muqobil investitsiyalash imkoniyatlari;

– boshqaruvdagi chegaralanishlar.

Loyihani rejalashtirishda faqat uning iqtisodiy hayoti ahamiyatli hisoblanadi. Investitsiya loyihalarini baholash jarayonida gorizont rejalashtirish bilan loyiha hayotiyligi o’rtasidagi aloqadorlik, albatta, hisobga olinishi lozim.

Investitsiya loyihalarni boshqarishda investitsiya bosqichi ham investitsiya oldi bosqichidan kam ahamiyat kasb etmaydi. Bu bosqichda investorlarga investitsiyalsh hajmi va muddatlarini aniqlash imkonini beruvchi strategik rejali qarorlarni, shuningdek, loyihani moliyalashtirishning optimal rejasini ishlab chiqish amalga oshiriladi. (loyihalashtirish pudrat asosida qurilish-montaj ishlarini olib borish uchun shartnomalar imzolash va qurilishmontaj ishlarini olib borish, kapital qo’yilmalarni amalga oshirish).

Investitsiya fazasi bevosita investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liqdir. Bu bosqichda mablag’larning ma’lum bir qismi riskka duchor bo’ladi. Ushbu faza quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi: – loyiha rejasi va holatining tahlili; – loyihani amalga oshirishni rejalashtirish; – loyiha ko’rsatkichlaridagi farqlarni nazorat qilish; – tartibga solish.

Ishlab chiqarish (operatsion) fazasi (korxona xo’jalik faoliyatining yuritilishi). Bunda xom ashyo va materiallar sotib olish, ishlab chiqarishni amalga oshirish, mahsulotni bozorga olib chiqish, marketing izlanishlarini olib borish, raqobatchi, iste’molchilar tarkibi va munosabatlarining o’zgarishi omillarini o’rganish, yangi bozorlarni kashf etish, reklama vositalarini kuchaytirish tadbirlari kabilar amalga oshiriladi (yangi mahsulot, to’lov qobiliyati, sifat va baho o’zgarishi, korxona imidji, korxona mahsulotlari qalbakiligi to’g’risida axborot va boshq.). Bu bosqichda hamkorlar bilan bevosita va o’zaro hisoblashish amaliyoti yuz beradi va shunga bog’liq holda ishlab chiqarish tashkil etiladi va uning natijalariga ta’sir ko’rsatiladi (jumladan, mol etkazib beruvchilar, pudratchilar, xaridorlar, vositachilar, davlat, ta’sischilari, tijorat banklari, sug’urta kompaniyasi va shu kabilar bilan). Buning oqibatida mazkur investitsiya loyihasining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholash imkonini beruvchi pul oqimi va uning harakati yuzaga keladi.

Rеjаlаshtirish – bu ishtirokchi-tаshkilotlаr hаmdа ishlаr o'rtаsidаgi munosаbаtning mаqsаd vа pаrаmеtrlаrini аniqlаshni, loyihа oldigа qo'yilgаn mаqsаdlаrgа erishishni tа'minlаydigаn boshqа tаshkiliy tеxnologik vа iqtisodiy yechimlаrni tаnlаsh vа rеsurlаrni tаqsimlаshni ko'zdа tutuvchi hаrаkаtlаr mаjmui.



An'аnаviy rаvishdа quyidagi rejalar tizimi vujudgа kеlаdi. Invеstitsiyаlаshdаn oldingi bosqichdа TIA vа invеstitsiyаlаrning tаrkib topishidа - birlаshtirilgаn loyihаni аmаlgа oshirish rеjаsi, rеsurslаrning аsosiy ko'rinishlаrigа bo'lgаn ehtiyojni hisobga olgan holda loyihani hujjаtlаshtirishni ishlаb chiqish bosqichidа qurilishni tashkillshtirish loyihаsining tаrkibidа (QTL):


Download 410 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling