Mavzu: investitsiya loyihasini boshqarishni rejalashtirish


Investitsiya oldi bosqichi


Download 410 Kb.
bet3/11
Sana04.11.2021
Hajmi410 Kb.
#170506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHASINI BOSHQARISHNI REJALASHTIRISH

Investitsiya oldi bosqichi: a) investitsiya imkoniyatlarining tahlili; b) dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash; v) texnik-iqtisodiy asoslash va b.

  • Investitsiya bosqichi: a) muzokaralar olib borish va shartnomalar tuzish; b) loyihalashtirish; v) qurilish (qurilish ishlarini amalga oshirish); g) marketing; d) xodimlarni o’qitish va b.

  • Ekspluatatsiya bosqichi: a) qabul qilish va ishga tushirish; b) uskunalarni almashtirish (yangilash); v) kengaytirish, innovatsiya va b.

  • Likvidatsiya bosqichi: a) korxonaning kreditorlar oldidagi qarzlarini aniqlash; b) korxona aktivlarini baholash; v) korxonaning aktivlari hisobidan davlat, kreditorlar va xodimlar oldidagi qarz majburiyatlarini ta’minlash; g) korxonani yopish va tugallash va b.

    Investitsiya loyihalarini boshqarishni rejalashtirishda investitsiya oldi fazasi muhim hisoblanadi (investitsiya loyihalarining har jihatdan samaradorligini ta’minlashda esa investitsiya oldi tadqiqotlari bosqichi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi). Chunki loyihani boshqarish loyiha ishlab chiqilishidan boshlanadi. Ushbu fazada loyiha ishlab chiqiladi, uning imkoniyatlari o’rganiladi, dastlabki texnik-iqtisodiy tadqiqot va kuzatishlar o’tkaziladi, potentsial investor va loyihaning boshqa ishtirokchilari bilan muzokaralar olib boriladi, xom ashyo va uskunalarni etkazib beruvchilari tanlanadi.

    Agar investitsion loyihaga kredit jalb qilish ko’zda tutilgan bo’lsa, unda bu fazada kreditni olish bo’yicha bitimlar tuziladi; investitsion loyiha yuridik jihatdan rasmiylashtiriladi; hujjatlarni tayyorlash, shartnomalarni rasmiylashtirish va korxonani ro’yxatga olish amalga oshiriladi.






    Download 410 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling