Mavzu: Investitsiya risklari va ularni pasaytirish yo’llari


Download 11.15 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi11.15 Kb.
#1529519
  1   2   3   4
Bog'liq
Investitsiya risklari va ularni pasaytirish yo’llari

Mavzu: Investitsiya risklari va ularni pasaytirish yo’llari

Reja:

  • 1. Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi.
  • 2. Investitsiya faoliyatida risklarni boshqarishning mazmuni, mohiyati va bosqichlari.
  • 3. Risk va noaniqlik sharoitida investitsiya loyihalarini tahlil qilish va baholash usullari.

  • 4. Investitsiya risklarini pasaytirish yo’llari.

Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi.

  • Investitsion faoliyatda risk - bu investitsiyalarni qisman yoki to’liq yo’qotish, kutilgan daromaddan kamroq foyda olish va loyihada ko’zlangan maqsadlarga erisha olmaslik xataridir. Loyihadan qanchalik ko’p miqdorda daromad kutilsa, u shunchalik yuqori riskli hisoblanadi.
  • Hozirgi kunda loyiha risklari deganda loyihani amalga oshirish natijasida ko’zlangan daromadlarning pasayishiga sabab bo’ladigan vaziyatlar majmuasi tushuniladi. Shu bilan birga loyiha riski investitsion loyihani amalga oshirishga halaqit beradigan yoki loyiha samaradorligini pasaytiradigan risklarning yig’indisini ham anglatadi.
  • Riskni ma’lum bir qarorni qabul qilish natijasida zaxiralarni yo’qotish imkoniyati, daromadlarni ololmaslik yoki qo’shimcha xarajatlar zarurati sifatida belgilash mumkin

Risk tushunchasi

  • Risk - bu bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda xaqiqiy sharoitlardan ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning paydo bo’lib qolish ehtimolidir. Risk kutilishi mumkin bulgan xatar bo’lib, investitsiyadan mo’ljallangan foydani olish jarayoniga xos bo’lgan noumidsizlikdir.
  • Risklarning paydo bo’lish sabablari turlichadir. Masalan, ma’lumotlarning tanqisligi yoki to’liq bo’lmasligi, tashqi va ichki muhitdagi xarakatlar (raqobatchilar, ishchilar holati, xukumat va boshqalarning xarakatlari) va h.k.
  • “Risk” tushunchasiga juda yaqin bo’lgan “noaniqlik” tushunchasi riskning aniq turlarini tasniflash uchun sinonim sifatida qo’llaniladi. Noaniqlik – bu investitsion loyihani amalga oshirish shart-sharoitlari xaqidagi ma’lumotlarning to’liq yoki aniq emasligidir. Masalan, inflyatsiya xaqidagi, texnika-texnologiyalardagi o’zgarishlar haqidagi, loyiha quvvatining, ob’ektning qurilish va foydalanishga topshirish muddatlari, xarajat va natijalarning notug’ri hisob-kitob qilinishi kabi ma’lumotlarning to’liq yoki aniq emasligi natijasida noaniqlik yuzaga keladi.

Download 11.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling